Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet87/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

1-sahifa

2-sahifa







Jadval asosida tayanch tushunchalarning mohiyati yoritib be- riladi. Kundalikning birinchi sahifasida mavzuga oid eng muhim tushunchalar, ikkinchi sahifasida esa ularni mantiqan to‘ldiruvchi tushunchalar, ularning sharhlari yoki nazariya, bilimlarning asos- lari, ularning tarkibiy elementlari qayd etiladi. Masalan: “Mehnat
muhofazasi” o‘quv fanining “Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari” moduli bo‘yicha ishlash chog‘ida kundalikning sahifalarida quyidagi tayanch tushuncha- lar, bilimlar asoslari yoritilishi mumkin:



1-sahifa

2-sahifa

Baxtsiz hodisa




Kasb kasalliklari




Jarohat




Dalolatnoma




  1. Gugurt donalari” strategiyasi. U o‘quv materiallarining talabalar tomonidan o‘rganilgan qay darajada egallanganligini aniq- lash maqsadida qo‘llaniladi. Strategiya talabalarga o‘quv materiali- ning mavzusidan kelib chiqqan holda turli muammoli masala yoki vaziyatlarni yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ularni izohlash, tahlil qilish, ta’riflashda yordam be- radi. Shuningdek, strategiya mashg‘ulot davomida har bir talabaga turli topshiriqlarni individual bajarish, uning ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu strategiya talabalarda bir qator tarbiyaviy xa- rakterdagi, ya’ni mustaqil ishlay olish; muloqotga kirishuvchanlik; xushfe’llik; o‘zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatning samarali bo‘lishiga qiziqish va intilish; o‘zini-o‘zi baholash kabi sifatlarni shakllantirishga yordam beradi. Strategiya qo‘llanilgan mashg‘ulot talabalarni o‘rganilgan yoki o‘rganilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga olish, to‘plangan fikrlarni umumlashtirish, ularni yozma ravishda yoki rasm, chiz- ma, tasvir, sxema, model ko‘rinishida ifodalashga o‘rgatadi. Maz- kur strategiya orqali juftlik, kichik guruhlar yoki jamoada tashkil etiladi. Talabalar tushunchalarni yozma ravishda ta’riflaydi va ular-

ni taqdimot asosida jamoaga namoyish qiladi.
Mashg‘ulotda strategiyani qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:



O‘qituvchi talabalarga gugurt donalari yoki oddiy cho‘plardan istagancha tanlab olishni taklif etadi





Talaba o‘z xohishiga ko‘ra gururt donachalari yoki oddiy cho‘plarni tanlaydi

Har bir talaba tanlangan gugurt donalari yoki oddiy cho‘plarning soniga ko‘ra mavzuga oid tayanch tushunchalarni ajratib ko‘rsatib, ularning
har biriga izoh beradi yoki qoidalarni aytadi


Izoh: talabalar tomonidan tanlangan har bir gugurt donasi yoki oddiy cho‘p bittadan tushunchani ta’riflash shartligini anglatadi. Shunga ko‘ra talaba agarda ikkita gugurt donasini tanlagan bo‘lsa, u holda ikkita tushunchani ajratib ko‘rsatib, ularni ta’riflaydi. Gugurt donalari sonining ortib borishiga ko‘ra tushunchalar soni va ularga beriladigan ta’riflar ham ko‘payib boradi.

  1. Barcha omillarni hisobga ol!” (BOHO) metodi. Mazkur metod shaxs e’tiborini muayyan omillarga qaratishga xizmat qiluv- chi metod sanalib, uni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad shaxs ongini rivojlantirish, tasavvurini kengaytirish, tafakkurini boyitishga xiz- mat qiladi.

Metod qanchalik aniq maqsad asosida qo‘llanilsa, uning sama- radorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar talaba u yoki bu fikrni ochiq aytishga tortinsa, u holda metodni qo‘llash hech qanday samara ber- maydi.
Interfaol ta’lim texnologiyalari va uning muhim tarkibiy elmenti bo‘lgan interfaol metodlar ta’lim jarayonini tashkil etish ko‘rsatki- chlarining o‘zgarishini ta’minlaydi. Zero, zamonaviy ta’lim doimiy ravishda fan va texnologiya rivoji bilan bog‘liqlikda ta’lim maq- sadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining yangilanib borishini talab qiladi. Qolaversa, ta’lim muassasalari faoliyatini takomillash- tirishga qo‘yilayotgan talablar ham tobora ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida, o‘qitish tizimiga ilg‘or, shu jumladan, interfaol ta’lim texnologiyalari va metodlarini izchil tatbiq etishni taqozo etadi.

Mavzuni o‘zlashtirishda qanday omillar hisobga olinmadi

Mavzuni o‘zlashtirishda qaysi omillar hisobga olindi
Mashg‘ulotlar jarayonida metoddan foydalanishda quyidagi sa- vollarga javob topgan holda mavzuni samarali o‘zlashtirish imko- nini beradigan omillarning ro‘yxatini tuzib olish maqsadga muvo- fiqdir:

Masalaning yana qaysi jihatlariga e’tibor berish zarur

Ro‘yxatga yana qanday omillarni kiritish mumkin
Keyingi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda pedagogik texno- logiyani o‘rganish yo‘lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O‘z- bekiston olimlari bilan MDH davlatlari o‘rtasida ham pedagogik texnologiya loyihalarini tuzishda ancha ishlar qilindi.
Pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga olib kirish zarur- ligini MDHga kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P.Bes- palkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni lo- yihasidir».
Rossiya olimlaridan V.M.Monaxov: «Pedagogik texnologiya

  • avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir», degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. «Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg‘unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qila- di», - deydi.

V.M.Klarin fikricha, pedagogik texnologiya – o‘quv jarayoni- ga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, o‘quv jarayonini loyihalashdir.
O‘zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texno- logiyaga quyidagicha ta’rif beradi: Pedagogik texnologiya – ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-mu- handislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyat- lari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodi- sadir.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. “Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo‘llash, ularning o‘zaro ta’sirini
aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir”.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling