Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir.
Tarmoq xavfsizligi. Dasturiy va apparat ta’minoti xavfsizligi. Tarmoqlar va tarmoqlararo axborotlarni himoyalash usullari va vositalari.
Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi:
axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish (Eavesdropping);
xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service)
portlarni tekshirish (Port scanning).
Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud:
IPSec (Internet protocol security) protokoli;
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;
IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.
IpSec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish imkonini beradi.
Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k).
PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8 ta qatnashchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.
LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.
CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi.
MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.
WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet)
Do'stlaringiz bilan baham: |