Технологиялари


Download 44.93 Kb.
bet3/7
Sana24.12.2022
Hajmi44.93 Kb.
#1053601
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
for AI

Стартаплар тўғрисида”ги қонун нималарни тақдим этади?

Бугунги кунгача стартап термини қатор норматив-ҳуқуқий ҳужжатларда қайд этилган бўлса-да, у ҳақида яхлит бир таъриф мавжуд эмас эди. Қонун, энг аввало, мазкур бўшлиқни бартараф этган ҳолда стартап тушунчасига таъриф тақдим этади. Қолаверса, қонун билан стартаплар фаолиятига янги субъектлар кириб келади ҳамда қонун ушбу субъектлар синфининг шакллантиришга хизмат қилади.


 Булар қаторига бизнес-инкубатор, стартап акселератор, индивидуал венчур инвестори (бизнес-ангел) ва малакали корпоратив венчур инвестори каби стартап фаолияти иштирокчилари мансуб. Умуман эса, мазкур қонуннинг қабул қилиниши мамлакатимизда стартапларнинг ривожланиш йўлидаги асосий фактор бўлиши билан бирга, уларнинг ҳуқуқий, ташкилий, инвестициялаш жабҳаларида истиқболга эришиши учун ташланган муҳим “қадам” ҳисобланади.
Startap” termini inglizcha start-up soʼzidan olingan boʼlib, uning “jarayonni boshlash”, “ishga tushirish” kabi maʼnolari mavjud. Dastavval “startap” atamasi 1939 yil АQShda yuqori texnologiyalari sohasidagi ishlanmalarga ixtisoslashgan Santa-Klara vodiysi (Kaliforniya)da paydo boʼlgan. Oʼsha vaqtda Stenford universiteti talabalari Devid Pakkard va Uilyam Xyulettlar oʼzlarining kichik loyihasini yaratadi va u ishni startap deb ataydi. Keyinchalik esa mazkur startap asta-sekinlik bilan katta va mashhur Xyulett-Pakkard (HP) korxonasiga aylandi.


Mijozlar istiqboli (customer development) metodi asoschilaridan amerikalik tadbirkor S.Blank oʼzining “Startap egalari uchun qoʼllanma” (“Steve Blank and Bob Dorf. The Startup Ownerʼs Manual”) kitobida startapni biznes-modelini kengaytirishni koʼzlagan vaqtinchalik tuzilma, deb hisoblaydi. Bir guruh olimlari startaplarni kichik tadbirkorlik subʼekti va faqat yuqori tavakkalchilik sifatida qabul qilsa, boshqa guruh olimlari esa startaplar oʼzining biznes modelini kengaytirish maqsadida investitsiya jalb qilishni maqsad qilgan yuridik shaxslar deb bilishadi. Demak, startap bu faoliyati yuqori tavakkalchilikka asoslangan va biznes modelini kengaytirish uchun investitsiyalarni jalb qilish maqsadini koʼzlaydigan vaqtinchalik boʼlgan tuzilmalar.


Startaplar qaysi sohalarda koʼp uchramoqda?


Bugungi kunga kelib startaplar axborot texnologiyalari (IT), tadbirkorlik mahsulotlari va xizmatlari (Business Products & Services), sunʼiy intellekt (AI), internet dasturlar va xizmatlar (Internet Software & Services), mobil dasturlar va xizmatlar (Mobile Software & Services), internet ashyolari (IoT), elektron tijorat (e-commerce), moliya texnologiya (Fintech), biotexnologiyalar (Biotech), reklama texnologiya (Adtech), 3 hajmli chop etish (3D Printing), logistik tashishilar (Supply chain & Logistics) kabi sohalarda dinamik tarzda oʼsishga erishmoqda. Taʼkidlash lozimki, hozirgi paytga kelib eng mashhur internet startaplar sifatida Facebook, videoroliklar bazasi – YouTube, fotosuratlarni saqlash xizmati – Flickr, xabarlar almashinuvi platformasi – Twitter kabilar tan olinadi.


Startaplar statistikasi qanaqa?


Innmind.com internet saytinig maʼlumotiga koʼra dunyo boʼyicha har yili 100 mln startaplar oʼz faoliyatini boshlaydi. Shu raqamlarning ichida 1.35 mln startaplar aynan texnologik sohaga ixtisoslashgan startaplar hissasiga toʼgʼri keladi. Har yildagi startap kompaniyalardan 5.7 mln startaplar muvaffaqiyatli tarzda akselerator dasturlariga saralab olinadi, ammo shulardan 824 startaplar global bozorga oʼzining tovar, ish va xizmatlarni taklif etish orqali chiqish imkoniyatiga ega boʼladi. Roʼyxatdan oʼtgan boshqa startaplar esa odatda toʼgʼri biznes-model tanlanmaganligi, samarali startap loyihasining shakllanmaganligi, investitsiyalash manbasiga ega boʼlmaganligi kabi qator sabablar tufayli oʼz faoliyatini tugatishiga majbur boʼladi.


Startaplar boʼyicha xorijiy davlatlar tajribasi qanday?


Startaplar boʼyicha eng yuqori taraqqiyotga erishgan davlat АQSh sanaladi. Faoliyatini aynan startap sifatida boshlagan АQShning Facebook, Youtube, Google, Apple kompaniyalari bugunga kelib katta gigant korporatsiyaga aylanishga ulgurishdi. Mamlakatda sohani tartibga soluvchi Bey-Doul qonuni, Stivenson-Uaydler qonuni va “Bizning biznes startaplar toʼgʼrisida”gi (JOBS act) qonunlar orqali startaplarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay mexanizmlar oʼrnatilgan.


Qolaversa, АQSh Kichik biznes administratsiyasi (US Small Business Administration) tomonidan sohani qoʼllab-quvvatlash yoʼlida Kichik biznes innovatsion tadqiqot (Small Business Innovation Research (SBIR)), Kichik biznes texnologiya transferi (Small Business Technology Transfer (STTR)) dasturlari orqali startaplarga 150 ming АQSh dollaridan 1 mln АQSh dollarigacha boʼlgan summada moliyaviy koʼmak hamda malakali ekspertlar tomonidan konsalting xizmatlari koʼrsatib boriladi.
Janubiy Koreyada esa 2017 yili Kichik, oʻrta biznes va startaplar vazirligi (Minister of SMEs and Startups) tashkil etildi. Uning asosiy funksiyasi kichik, oʻrta biznes va startaplarni tashkil etish va rivojlantirish uchun qulay tizim ishlab chiqish hamda yirik kompaniyalar bilan kichik, oʻrta biznes va startaplar oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlashga koʻmaklashishdan iborat.


Startaplar dinamik suratda rivojlangan davlatlardan yana biri Isroil sanaladi. Mamlakatda Samsung, Yahoo, Microsoft kabi yirik kompaniyalarning ilmiy tadqiqot markazlari startaplarga akseleratorlik xizmatlarini koʻrsatadi va istiqbolli startaplarni saralab olishadi.


“Startaplar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi nimalarni nazarda tutyapti?


Qonun loyihasida startap-ekotizimni davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek startaplarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, startap-ekotizim subyektlari faoliyatini amalga oshirish, koʻmak dasturlarida startaplarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish, sertifikatlangan biznes-inkubatorlar va akseleratorlar va startaplarni moliyalashtirish va ularni moliyalashtirishda chet el venchur kapitalini jalb qilish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida qoidalar ishlab chiqilgan.


“Startaplar toʻgʻrisida”gi qonun nimalarni taqdim etadi?


Bugungi kungacha startap termini qator normativ-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan boʻlsa-da, u haqida yaxlit bir taʼrif mavjud emas edi. Qonun, eng avvalo, mazkur boʻshliqni bartaraf etgan holda startap tushunchasiga taʼrif taqdim etadi. Qolaversa, qonun bilan startaplar faoliyatiga yangi subyektlar kirib keladi hamda qonun ushbu subyektlar sinfining shakllantirishga xizmat qiladi.


Bular qatoriga biznes-inkubator, startap akselerator, individual venchur investori (biznes-angel) va malakali korporativ venchur investori kabi startap faoliyati ishtirokchilari mansub. Umuman esa, mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda startaplarning rivojlanish yoʻlidagi asosiy faktor boʻlishi bilan birga, ularning huquqiy, tashkiliy, investitsiyalash jabhalarida istiqbolga erishishi uchun tashlangan muhim “qadam” hisoblanadi.



Download 44.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling