Tekislash shakl berish va shibbalash ishlari
Yuza qatlamiga ishlov berish uslubi, yo`l ustida aralashmani tayyorlash usuli
Download 116.28 Kb.
|
TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI
7. Yuza qatlamiga ishlov berish uslubi, yo`l ustida aralashmani tayyorlash usuli.
Yuza qatlamiga ishlov berish bir, ikki va uch qavatli bo`lishi mumkin. Bir qavatli ishlov berish texnologik jarayoni (47-rasm) asosni tayyorlash, uni chang va loydan tozalash, 80-120 0C ga qizdirilgan yopishqoq moddani sepish, mayda qirqilgan tosh maydalarini sochish, maxsus g`ildirak bilan jipslashtirishdan iborat bo`ladi. Undan keyin avtomobil harakatiga ruhsat beriladi va uning g`ildiraklari bilan qatlam batafsil shakllanadi. Ikki va uch qavatli ishlov berishda yopishqoq modda birinchi marta sepilgandan keyin katta-katta qirqilgan toshlar, ikkinchi, uchunchi marta yopishqoq modda sepilgandan keyin esa maydalab qirqilgan tosh maydalari sochiladi. Qirqilgan tosh maydalari tirkama yoki ag`dargich avtomobil yordamida sochiladi. Yopishqoq moddalar gudron tashiydigan avtomobil bilan mahsus qilingan, qizdirish moslamasi yordamida sepiladi. U yonilg`i sochiratgich bilan ikki qavat qilib o`tkazilgan quvir orqali alanga berib qizdiriladi. Yopishqoq moddani omborxonadan surib olish va uni sepish uchun nasos ishlatiladi. U harakatni avtomobilning uzatmalar qutisidan oladi. Ayrim xollarda alohida dvigatel ham bo`lishi mumkin. Yopishqoq moddani sepish me`yori (kg/m2) avtomobil tezligi (m/min) bilan rostlanadi va quyidagi ibora bilan aniqlanadi: υ=Q/Bpt Bunda: Q – idish hajmi, k; B – sepish kengligi, m; P – yopishqoq modda me`yori, kg/m2; t – sepish vaqti, min. Yopishqoq modda sarfi qatlam qalinligiga bog`liq bo`ladi. U bir qavat uchun 1,2-1,6 l/m2, ikki qavat uchun 0,9-1,6 l/m2. 47-rasm. Yuzaga birlamchi ishlov beruvchi qurilmaning texnologik tasviri. Ishlov beruvchi qatlamning qalinligiga qarab shimdirish chuqir (qalinligi 6,5-8 sm) va yengil (qalinligi 4-6 sm) bo`lgan turlarga bo`linadi. Shimdirish usuli bilan yuza qatlamiga ishlov berish texnologik jarayoni asosni tayyorlash, yon tomondan tirgaklar qo`yish, dastlabki yopishqoq moddalarni 0,8 l/m2 hisobida sepishdan iborat. Chuqur shimdirish usuli bilan qoplamalarni qurishda birinchi sochilgan qirqilgan toshlar o`lchoviga qarab uch yoki to`rt xil o`lchovdagi qirqilgan toshlar ishlatiladi. Yengil shimdirish bilan qurilganda esa ikki yoki uch xil qirqilgan toshlar ishlatiladi. Mahalliy sharoitga qarab yo`l qismining uzunligi 100-120 m olinadi. Bunda bir ish kunida barcha belgilangan ishlar tugallanishi hisobga olinadi. Tayyorlangan asosga qatnov qismining kengligi bo`yicha DS-54 yoki DS-8 rusumidagi yoygichlar yordamida birinchi qirqilgan toshlar qatlami yoyiladi. Qirqilgan tosh sarfi qatlam qalinligi va zichlashtirish koeffitsiyentiga bog`liq bo`ladi. Qirqilgan tosh qalinligi qoplama qalinligiga nisbatan 0,85-0,95 dan ortmasligi kerak. Tosh qirqimlarini zichlashtirishdan oldin unga suv sepiladi. Zichlashtirish yoyilgan qatlam chetidan markazga qarab dastlab 6-8 t.li g`ildiraklar yordamida ikki-besh marta bir izdan yurish bilan, keyin esa 10-15 t.li g`ildiraklar yordamida to`rt-besh marta o`tish bilan bajariladi. Qirqilgan toshlar mustaxkam, turg`un xolatga ega bo`lgandan keyin zichlashtirish to`xtatiladi. Birinchi yoyilgan qatlam zichlashtirib bo`lgandan keyin sepiladigan yopishqoq modda me`yori qatnov qismining kengligi va harakatni boshlash zaruriyatiga qarab qatnov qismining yarmi yoki hammasiga yopishqoq modda sepiladi. Yopishqoq modda soviguncha darxol uning ustidan o`lchami 20 (25)-40 mm bo`lgan qirqilgan tosh, 100 m2 maydonga 0,4-0,5 m3 hisobida sochiladi va zichlashtiriladi. Qoplamaning yuza qatlami zich va tekis bo`lib tekislovchi g`ildirak o`tgandan keyin toshlar ko`rinmay qolguncha zichlashtiriladi. Zichlashtirish tugagandan keyin ikkinchi marta yopishqoq modda va o`lchami 10-20 mm bo`lgan tosh maydalar sepiladi. SHunda mayda tosh parchalari yo`lning yuza qismida qolgan barcha mayda bo`shliqlarni to`ldirishi kerak. Bu qatlam zichlagich g`ildiraklarini bir izdan uch-to`rt marta yurgazish bilan qotiriladi. Shu usul bilan uchinchi va turtinchi marta qirqilgan tosh yopishqoq modda sepish jarayonlari ham bajariladi. Barcha ishlar tugallangandan 10-20 kun o`tgandan keyin yuzaga ishlov beriladi. Bu usulda qirqilgan tosh (shag`al, tuproq) organik yopishqoq moddalar bilan bevosita yo`l ustida aralashtiriladi. Yo`l qoplamalari uchun avtomobil g`ildiraklariga bardosh beradigan mayda va o`rta donali, yo`l asosi uchun esa katta donali, ayrim xollarda mayda donali aralashmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Barcha mineral donachalarni to`la aralashishini ta`minlash uchun ilashimligi kam bo`lgan yopishqoq moddalardan foydalaniladi. Ularga sekin va o`rtacha qotish hususiyatiga ega bo`lgan suyuq neft saqichi, yo`l uchun mo`ljallangan emulsiya va o`tin suyukligi (degti) moddalari kiradi. Suyuq neft saqichi, o`tin suyuqligi ishlatishdan oldin ishchi haroratida qizdiriladi, emulsiya esa qizdirmasdan ishlatiladi. Suyuq neft saqichining sarfi umumiy massaga nisbatan 5-7 % ni tashkil etadi. Undan ortiqcha qo`shish qoplama sifatini pasaytiradi. Yo`l ustida aralashmani tayyorlab qoplama qurish texnologik jarayoni asosni tayyorlash (shu jumladan ko`ndalang shakli soz bo`lganda qisman yamash) aralashtirish uchun zarur bo`lgan moddalarni tashib keltirish va uni aralashtirishga tayyorlash, yopishqoq moddani keltirish, aralashmani tayyorlash, qoplamani qurish va unga ishlov berishdan iborat. Mineral va organik yopishqoq moddalar yo`l keskichlari, avtogreyderlar, aylanuvchi idish yoki boshqa sodda qurilmalar yordamida aralashtiriladi. Ko`chma aralashtirgichlardan foydalanilganda sifatli natijalarga erishiladi. Chunki u bir marta o`tish bilan yopishqoq moddalarni bir tekisda sochadi va uni mineral moddalar bilan aralashtiradi. Yaxshi aralashtirilgan aralashma shinali o`zi yurar g`ildiraklar bilan tekislanadi (48-rasm). Download 116.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling