Tekislikka tegishli to'g'ri chiziq va nuqta


Tekislikning bosh chiziqlari


Download 1.01 Mb.
bet2/4
Sana02.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1321655
1   2   3   4
Bog'liq
Haytmurat matem 7

Tekislikning bosh chiziqlari


Tekislikning bosh chiziqlariga uning gorizontali, frontali va eng katta og'ish chiziqlari kiradi.

Tekislikning gorizontali


Tarif.Tekislikka tegishli to'g'ri chiziq H tekisligiga parallel bo'lsa, bu to'g'ri chiziq tekislikning gorizontali deyiladi.
Chizmada tekislik gorizontalining frontal proyeksiyasi Ox ga gorizontal proyeksiyasi esa tekislikning gorizontal iziga parallel bo'ladi (78-rasm).

78-rasm



79-rasm


79-rasmda а∩bchiziqlar bilan berilgan tekislikning h gorizontali va f frontali tasvirlangan.

Tekislikning profil chizig'i


Ta'rif. Agar tekislikka tegishli to'g'ri chiziq profil proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lsa, bu to'g'ri chiziq tekislikning profil chizig'i yoki profili deyiladi.
Bunda p∈Qbo'lib va p║W bo'lsa, p to'g'ri chiziq Q tekislikning profili bo'ladi (80- a,b-rasm).

Tekislikning eng katta og′ma chizig'i


Ta'rif. Tekislikka tegishlivatekislikning bosh chiziqlaridan biri (gorizontalyoki frontal)gaperpendikulyar to'g'ri chiziq tekislikning engkatta ogma chizigi deb ataladi.
Agar P tekislikka tegishli e to'g'ri chiziq tekislikning gorizontaliga perpendikulyar bo'lsa, u holda e to'g'ri chiziqni P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og'ma chizig'i deyiladi.
81-rasmda P tekislikning H tekislikka eng katta og'ma chizig'i tasvirlangan. Bu yerda hP va h║H. To'g'ri burchakning proyeksiyalanish xususiyatidan; ∠BED=90° va ED║H bo'lgani uchun ∠B'E'D'=90obo'ladi.
Tekislikning eng katta og'ma chizig'i orqali uning proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan ikki yoqli burchagi aniqlanadi (81-rasm). P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og'ma chizig'i P va H tekisliklar orasidagi ∠BAB′chiziqli burchakni ifodalaydi (chunki ABPHva A'B′⊥ PH). Bu ikki yoqli burchakning qiymatini aniqlaydi.
81-rasm
P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og'ma chizig'ining gorizontal proyeksiyasi tekislikning h gorizontal chizig'ining h' gorizontal proyeksiyasiga yoki tekislikning PH gorizontal iziga perpendikulyar bo'ladi ( 81-rasm).
P tekislikning Hga nisbatan eng katta og'ma chizig'ini yasash uchun P gorizontal izida ixtiyoriy A nuqta tanlab olinadi. Bu nuqtadan eP to'g'ri chiziqning gorizontal proyeksiyasini e'⊥PH qilib, P tekislikning H tekislikka eng katta og'ma chizig'ining gorizontal proyeksiyasi o'tkaziladi va Oxo'qida e'∩Ox=B' nuqta aniqlanadi. So'ngrabu chiziqning frontal e" proyeksiyasi A' va B′nuqtalar yordamida yasaladi. Hosil bo'lgan eP to'g'ri chiziqning e' va e" proyeksiyalari P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og'ma chizig'ining proyeksiyalari bo'ladi. Bu chiziqning H tekislik bilan hosil qilganα burchagi aniqlanadi. Buning uchun to'g'ri burchakli uchburchak ∆A'B'Vodan foydalanilgan (81-rasm).
Xuddi shunday Q (QH,QV) tekislikning V tekislik bilan hosil etgan βburchagi yasaladi (82-rasm).
82-83-rasm
ABC orqali berilgan tekislikning V tekislik bilan hosil qilgan burchagi aniqlangan (83-rasm). Buning uchun ABC tekislikning f(f ',f") frontalini olamiz va unga perpendikulyar qilib berilgan tekislikning V tekislikka nisbatan eng katta og'ma chizig'i m(m,m")dan foydalanamiz.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling