Tekislikka tegishli to'g'ri chiziq va nuqta


To'g'ri chiziq va tekisliklarning o'zaro parallelligi


Download 1.01 Mb.
bet3/4
Sana02.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1321655
1   2   3   4
Bog'liq
Haytmurat matem 7

To'g'ri chiziq va tekisliklarning o'zaro parallelligi


Ta'rif. Agar fazodagi m to'g'ri chiziq P tekislikka tegishli biror n to'g'ri chiziqqa parallel bo'lsa, u holda bu to'g'ri chiziq tekislikka parallel bo'ladi.
Bunda nP bo'lib, m∥n bo'lsa m∥Pbo'ladi (84-a, b rasm).

84-rasm


1-misol.A (A', A") nuqtadan Q (QH, QV) tekislikka parallel to'g'ri chiziq o'tkazish talab qilinsin (24-rasm).
A nuqtadan Q tekislikka parallel qilib cheksiz ko'p to'g'ri chiziqlar o'tkazish mumkin. Shunday to'g'ri chiziqlarning ixtiyoriy bittasi l o'tkaziladi.
Buning uchun Q tekislikka tegishli ixtiyoriy e (e’ e") to'g'ri chiziq tanlanadi. Bu to'g'ri chiziqning bir nomli proyeksiyalariga parallel qilib A nuqtaning A' va A" proyeksiyalaridan izlangan to'g'ri chiziqning l va l" proyeksiyalari o'tkaziladi.
2-misol. D (D’ D") nuqtadan ABC (A’B’C’, A"B"C") tekisligi va gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ga parallel m to'g'ri chiziq o'tkazilsin (86-rasm).
Buning uchun ∆ABC tekisligida H ga parallel, qilib uning gorizontali h (h’,h") to'g'ri chiziq o'tkaziladi. So'ngra D nuqtaning D' va D" proyeksiyalaridan m‛h' va m"h" qilib izlangan to'g'ri chiziqning proyeksiyalari o'tkaziladi.
3-misol. P(m || n) tekislik va l(l',l ") to'g'ri chiziqning o'zaro vaziyati aniqlansin (87-rasm).

87-rasm


To'g'ri chiziq va tekislikning o'zaro vaziyatini aniqlash uchun P tekislikda e' ||l‛ qilib to'g'ri chiziqning gorizontal proyeksiyasi o'tkaziladi va uning frontal e" proyeksiyasi yasaladi. Chizmada e" to'g'ri chiziq l‛‛ ga parallel bo'lmagani uchun l to'g'ri chiziq tekislikka parallel bo'lmaydi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling