Tekislikning berilishi reja: Tekislikning berilishi haqida umumiy ma’lumot
Tekislikda to’g’ri chiziq tanlash
Download 232.68 Kb.
|
6-MAVZU
4. Tekislikda to’g’ri chiziq tanlash.
Elementar geometriyadan ma’lumki, agar to’g’ri chiziq biror tekislikka tegishli bo’lgan ikki to’g’ri chiziqni kesib o’tsa yoki to’g’ri chiziqlardan birini kesib ikkinchisiga parallel bo’lsa, u holda bu to’g’ri chiziq ham shu tekislikka tegishli bo’ladi (3.14-shakl, a, b). Ixtiyoriy P tekislik o’zaro kesishuvchi m va n to’g’ri chiziqlar bilan berilgan (3.14 - shakl, a), ya’ni m∩n = P. Faraz qilaylik ixtiyoriy l to’g’ri chiziq m va n to’g’ri chiziqlarni mos ravishda 1 va 2 nuqtalarda kesib o’tsin, ya’ni l ∩m=1, l ∩n=2. Bu 1 va 2 nuqtalar P tekislikka tegishli bo’lgani uchun ulardan o’tuvchi l to’g’ri chiziq ham P tekislikka tegishli bo’ladi. 3.14-shakl, b)da P tekislikdagi n to’g’ri chiziqni 1 nuqtada kesib m to’g’ri chiziqqa parallel bo’lgan a) 3.14-shakl b) k to’g’ri chiziq tasvirlangan, ya’ni m∩n = P, k∩n = 1, k m va 1P bo’lgani uchun kP bo’ladi. 3.15-shakl, a), b) da ABC uchburchak tekisligining yaqqol tasviri va proyeksiyasi berilgan. ABC uchburchakning A(A1A2) uchi orqali l (l1, l2) to’g’ri chizig’ini o’tkazamiz. Bu to’g’ri chiziq BC(B1C1,B2C2) tomonni 1(11,12) nuqtada kesib o’tadi. Demak, l to’g’ri chiziq ABC uchburchak tekisligiga tegishlidir. 3.16-shakl, a), b) da P tekislik o’zining gorizontal PH va frontal PV izi orqali berilgan. a) 3.15-shakl b) Bu tekislikda to’g’ri chiziq tanlash uchun tekislikning gorizontal izi PH da A(A1,A2) va frontal izi PV da B(B1,B2) nuqta tanlaymiz va ularning bir nomli proyeksiyalarini tutashtiramiz. Natijada P tekislikda yotuvchi l(l1, l2) to’g’ri chizig’iga ega bo’lamiz. a) 3.16-shakl b) Download 232.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling