Tekshirdi: artikov nodir. Toshkent – 2022


Download 1.61 Mb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1439463
1   2   3
Bog'liq
ZARIPBOYEV JAVOXIR

Buyurtmachilarning texnik nazorat bo‘yicha mas’uliyati va javobgarligini oshirish, ishtirokchilar faoliyatini takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish orqali buyurtmachi xizmatini isloh qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmatining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Qurilish obyektlarida mualliflik va texnik nazorat olib borish tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq; Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Quyidagilar buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: qurilish obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash; birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish; obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash; loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat olib borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish; subyektlarning shaharsozlik faoliyati sohasidagi o‘zaro munosabatlari shaffofligini ta’minlash.

Buyurtmachi xizmatining majburiyatlari shaharsozlik hujjatlariga rioya etmaganligi va o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq javob berish; shaharsozlik hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; loyihalashtirish jarayonini tekshirib borish, mualliflik nazorati olib borilishini ta’minlash va qurilishni texnik nazorat qilish, qurilish jarayonida va kafolat muddatida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling