Tekshirdi: artikov nodir. Toshkent – 2022


Download 1.61 Mb.
bet3/3
Sana07.05.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1439463
1   2   3
Bog'liq
ZARIPBOYEV JAVOXIR

Belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni amalga oshirish; maqsadli dasturlar doirasida belgilangan tartibdagi mablag‘lar Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisobraqamiga o‘tkazilishini ta’minlash; axborot tizimida faoliyati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarning joylashtirilishini ta’minlash. Buyurtmachi xizmatiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

Pudratchi tashkilotlarga elektr uzatish havo tarmoqlari, aloqa tarmoqlari zonasida, temir yo‘l uchun ajratilgan mintaqada, qurilish maydonchasidagi yer osti va usti kommunikatsiyalari o‘tgan joylarda ishlarni bajarish uchun ruxsatnomalarni topshirish; pudratchi tashkilotlarga qurilish davrida qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq mavjud elektr energiyasi manbalaridan, tabiiy gaz, ichimlik suv, issiqlikdan foydalanish uchun ruxsatnomalar topshirish; bosh pudratchi tashkilotga daraxtlarni o‘tkazish, butash va kesish uchun ruxsatnomalar topshirish;

Texnik nazorat bo‘yicha mutaxassis vakolatlari: qurilish jarayonida geodeziya ishlarini nazorat qilish; loyiha-smeta hujjatlarini kelishish, tasdiqlash va qayta tasdiqlashni, shuningdek, ekspertiza xulosasi va pudratchi tashkilotlarning takliflari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlariga tuzatishlar kiritishni tashkil etishda belgilangan tartibda ishtirok etish; qurilish-montaj ishlarining loyiha yechimlarida konstruksiyalar, uskunalar, materiallar va o‘rnatiladigan jihozlarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlar, texnik shartlar va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish; inshootlar asosiy o‘qlarining joyida geodezik to‘g‘ri belgilanganligi, ular reperlar va koordinatalar bilan mahkamlanganligini nazorat qilish;


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling