Reja Elektr zanjirining asosiy qonunlari
Download 0.8 Mb.
|
1 2
Bog'liqElektr zanjirlarining asosiy qonunlari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- |6) _L ©Q© v +
Reja 1.Elektr zanjirining asosiy qonunlari 2.Elektr tokining ishi va quvvati 3.Elektr tokining issiqlik ta’siri Har qanday elektr zanjiri o‘zaro simlar bilan biriktirilgan bitta yoki bir nechta elektr energiyasi manbalaridan va iste’molchilaridan iborat bo‘ladi. Shuning uchun Ri 1.1-rasm E ж) е) 6) IB) г) д) a> |6) _L ©Q© v+ 1.2-rasm elektr zanjiri deb, elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o‘tishini ta’minlash uchun berk yo‘l hosil qiladigan qurilmalar yig‘indisiga aytiladi. Elektr zanjirlarini shartli belgilar yordamida tasvirlash elektrik sxema deb ataladi. Oddiy elektr zanjirining sxemasi 1.1-rasmda ko‘rsatilgan. Elektr zanjiri asosan, elektr energiyasining manbai - Ee, elektr energiyasining iste’molchisi (yuklama) - ^, birlashtiruvchi simlar (masalan, elektr uzatish liniyasi) va zanjirni ulab-uzish uchun moslama (ulagich) - K kabi elementlardan tashkil topgan. Zanjirdan tok uzluksiz o‘tib turishini asosiy sharti uning tarkibida elektr energiyasi manbaining bo‘lishidir. Elektr energiyasining manbaida energiyaning boshqa turlari elektr energiyasiga aylantiriladi. Masalan, elektr mashina g eneratorlari bug‘, gaz yoki gidravlik turbinalaming mexanik energiyasini, galvanik elementlar va akkumulatorlar ximiyaviy jarayonlar energiyasini, termoelementlar va magnitogidrodinamik generatorlar issiqlik energiyasini, turl i fotoelementlar yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Elektr energiyasini hosil qiluvchi turli manbalarning shartli belgilanishi 1.2-rasmda ko‘rsatilgan. a - EYuK, b - gal’vanik elementlar yoki akkumulator batareyalari, g - termoelementlar, d-fotoelement, ye - o‘zgarmas tokning elektr mashina generatori, j - o‘zgaruvchan tokning elektr mashina generatori. Bular elektr yurituvchi kuchlari - Ye, ichki qarshiligi - r0, nominal toki - Inom va boshqa kattaliklari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Elektr energiyasini iste’molchilarga uzatish elektr liniyalari orqali amalga oshiriladi. Elektr energiyasini energiyaning boshqa turlari (mexanik, issiqlik, ximiyaviy, yorug‘lik va h.) ga aylantirib beruvchi moslamalar (elektr dvigatellari, elektr pechlar, elektrolazerlar, elektr yoritish asboblari va b.) elektr iste’molchilar deyiladi. 1.3-rasmda ko‘rsatilgan elektr zanjirida elektr energiyasining manbai (akkumulator) mazkur zanjirning ichki qismini iste’molchi (yuklama) - Rn, ampermetr-A, ulagich - K, birlashtiruvchi sim (yoki liniya) zanjirning tashqi qismini (ya’ni, tashqi zanjirni) tashkil etadi. Ulagich K ulanganda berk zanjir (kontur) hosil bo‘lib, zanjirdan elektr toki o‘ta boshlaydi. Uning qiymatini ampermetr yordamida o‘lchash mumkin. Zanjirdan o‘tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan vaqt (t) birligi ichidan o‘tgan elektr zaryadlarining miqdori - q bilan aniqlanadi, ya’ni tok kuchi zaryadlarning harakat tezligiga proporsional kattalikdir: dq dt Agar zanjirdan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi va qiymati vaqt davomida o‘zgarmas bo‘lsa, bunday tok o ‘zgarmas tok deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: /=q (1л) Xalqaro birliklar sistemasi (SI) da elektr tokining o‘lchov birligi sifatida amper qabul qilingan. O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekund davomida bir kulon elektr zaryadlari o‘tgandagi tok kuchi bir amperga teng bo‘ladi:1 . 1 kulon , . л . \Кл I Amper = yoki 1A = — 1sekund 1 s Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari Om qonuni elektr zanjiriga oid asosiy qonun bo‘lib, zanjirdagi tok va kuchlanish o‘zaro qanday nisbatda bog‘langanligini ifodalaydi. Bu qonunga ko‘ra tarmoqlanmagan berk zanjirdagi (konturdagi) tok EYuK ga to‘g‘ri proporsional, zanjirning to‘la qarshiligiga teskari proporsionaldir. Mazkur qonunga binoan 1.4- rasmda ko‘rsatilgan elektr zanjirdagi tok quyidagicha ifodalanadi: E Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling