Tekshirdi: Elmurodov Jamshid
San’at estetik tarbiyaning nafaqat asosiy vositasi, balki badiiy asosidir, zero
Download 403.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Behzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanat asarini muntazam idrok etish oila-yu ishxona muammolari, turmush chigalliklari, yetishmovchiliklar va boshqalar ostida ko‘milib yotgan
- Foydalanilgan adabiyot
San’at estetik tarbiyaning nafaqat asosiy vositasi, balki badiiy asosidir, zero,
san’at demokratik tabiatga ega bo‘lgani uchun u aholining barcha tabaqalarini, yoshidan qat’i nazar, o‘z ta’sir doirasiga ola biladi. Bu - bir, ikkinchidan, san’at asarini idrok etish uchun bo‘sh vaqtning hamma turlaridan foydalanish mumkin. Masalan, boshlig‘i majlisga kirib ketgan haydovchi, metroda borayotgan talaba, bir shahardan ikkinchi shaharga ketayotgan yo‘lovchi va h.k. badiiy adabiyot o‘qish yoki musiqa tinglash imkoniga ega. Shunday sharoitlarda ham inson san’at vositasida ma'lum muddatga (agar diqqatini jamlay olsa) kundalik tashvishlardan forig‘lanib, estetik zavq ola biladi. San'atning estetik tarbiyadagi miqyosli hamda muhim roli shundaki, u odamlaming his-tuyg‘ulariga va bu hissiyotlari esa, aqliga ta’sir o‘tkazadi, bunday ta'sir oqibatida idrok etuvchida mhiy evrilishlar vujudga keladi. San'at asarini muntazam idrok etish oila-yu ishxona muammolari, turmush chigalliklari, yetishmovchiliklar va boshqalar ostida ko‘milib yotgan qalbdagi toza tuyg‘ulaming ochilishiga olib keladi. Inson bu dunyoda mo‘jiza borligiga ishonib yashay boshlaydi. Ya’ni, san’at ruhni yangilash qudratiga ega. San’at o‘zini estetik zavq bilan idrok etayotgan individdan g‘oya va ideal xizmatiga bel bog‘lagan shaxsni shakllantiradi. San’atning yana bir jihati shundaki, u o‘z-o‘zini yuksaltirish xu- susiyatiga ega, ya’ni idrok etuvchidagi yuksak didga asoslangan estetik ehtiyoj san’atning zamonaviy talablarga moslashuvini ta’minlaydi, uni darajama-daraja yuksalib borishga majbur qiladi. Masalan, kino san’atida dastlabki ovozsiz filmlardagi fotogeniya - ibtidoiy suratga olishdan, ovozga, montajga, so‘ng harakatdagi kameraga, undan keyin esa - rangga, keng ekranlilikka va boshqa idrok etish uchun qulay holatlarga o‘tish texnika yordamida idrok etuvchining estetik ehtiyojini qoniqtirishga intilish tufayli ro‘y berdi, desak yanglishmaymiz. Insoni estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarini alohida ahamiyat kasb etadi.Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkun. 1.SEZGILAR. Aytish mumkunki, mana shu 5 ta sezgi ilg’amagan narsani ong osti ilg’ash qobiliyatiga ega.Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksiz yozadi.Ammo biz uni hammasini ajrata olmaymiz. 2.KUZATISH.Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko’rsatish mumkun.Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum boladigan joylarga o’rnatiladiki,bunda kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. 3.TASHVIQOT. Ong osti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin.Supermarket,kafe-bar,bozor hamda ko’ngilochar maskanlarga qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko’zlanadi. 4.YASHIRIN KADR orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr ko’pchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan.Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo’lda ishlatilavermasdan,aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkun. XULOSA. Shunday qilib, biz biz estetik madaniyatning asosini tashkil etadigan estetik idrok etish va estetik tarbiya masalalarini imkon qadar tahlildan o‘tkazdik. Umumiy manzara shuni ko‘rsatadiki, estetik madaniyat shaxs - jamiyat - shaxs tizimida mavjud bo‘lib, bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. Ya'ni, estetiklashgan shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat esa, o‘z navbatida, yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu tartibdagi o‘zaro ta’sir millatning qadam va qadam komillik darajasiga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi . Foydalanilgan adabiyot vEstetika nafosat falsafasi (Abdulla Sher) E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT. Download 403.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling