- Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklarini naqd pulsiz hisob kitoblari - O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 3 iyunda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining “O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorini ro'yxatdan o'tkazdi. Mazkur nizomda O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob- kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
- akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblar;
- inkasso bo'yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar.
Tijorat banklarini naqd pulsiz hisob kitoblari - Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi: memorial order, to'lov topshiriqnomasi; to'lov talabnomasi; inkasso topshiriq-nomasi; akkreditivga ariza; tijorat bankining hisob-kitob cheki Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastic kartalaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob- kitob hujjatlarining turi mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchi o'rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |