Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet31/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Fan o’qituvchisi: A.Sayidmurodov
Mahmudxo’ja Behbudiy “Padarkush” dramasi
Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yilda yozilgan bo‘lib, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1913-yilda kitob ho lida nashr qilinadi. Behbudiy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib dramatik asar yozdi va u Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Muallif «o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yoshlar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o‘z g‘oyasini: «Biz larni xonavayron... bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo‘sinda bayon qiladi. Eslab qoling: «padarkush» so‘zi lug‘aviy jihatdan «ota qotili» degan ma’noni anglatadi. Dramada Boy, uning o‘g‘li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dramaturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlarning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qusurlar ularning gap-so‘zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko‘rsatiladi. Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo uni ilm yo‘li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o‘ylamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi; savollariga qo‘pollik bilan, bepar vo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani – inson qadrini ham, obro‘-e’tiborini ham boylik bilan o‘lchaydi; o‘z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan yashaydi. Dramada boyning eng katta xatosi ziyo li kishilarning so‘zlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o‘z jigarbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bilamizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so‘zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yo‘lga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan bo‘lar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta’kidlab o‘tadiki, «mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilurman» – bu o‘sha zamonga monand ayni haqiqat edi. Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan o‘zga ishni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmaydi. Unda ma’naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham bo‘lishi lozim. Muhtaram o‘quvchi, agar diqqat qilgan bo‘lsangiz, avval Boy huzuriga Domla kirib boradi. Boyni ilm-ma’rifatga, o‘g‘lini o‘qi tish zarurligiga urg‘u beradi. O‘z zimmasidagi amri ma’ruf va nahyi munkar, ya’ni yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uchun ketar mahali «Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynimdan soqit qildim» degan gapni aytadi. Keyin Ziyoli Boy huzurida paydo bo‘ladi. Boy uni ham yoqtirmaydi. Shu bois «qordan qutulib, yomg‘irga uchraymiz» deb g‘udranadi. Domla aytgan fikr-mulohazaga yaqin gaplarni Ziyoli ham ta’kidlaydi. Muallif ishtirokchilarga ta’riflar ekan, Ziyoliga «millatchi musulmon» degan sifat beradi. Bu o‘rinda «millatchi» so‘zini «millatparvar» tarzida tushunish lozim. Chunki Ziyoli tabiatida musulmonchilik ham, millatparvarlik ham jamlangan. Behbudiy millatini sevib dinini esda tutadigan, ayni damda, dinini sevib millatini ham esdan chiqarmaydigan insonlarni shu obraz vositasida ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ziyoli «olimi diniy» – din bilimdoni va «olimi zamoniy» – zamon bilimdoni bo‘lish uchun qanday ilmlarni egallash zarurligini Boy bilan bo‘lgan suhbatida bir-bir sanab chiqadi. Dramada Domla bilan Ziyolining turmushdagi yo‘l-yo‘rig‘i bir-biriga yaqin. Ular asardagi Boy, Toshmurod, Tangri qul, Artun kabi obrazlarga qarama-qarshi turadi. Dramatik asar voqealarini oradagi shu ziddiyat harakatga keltiradi. Bu qarama- qarshilikka ijtimoiy ma’no berib, ma’rifatlilar bilan johillar, ilmlilar bilan ilmsizlar, ogohlar bilan loqaydlar o‘rtasidagi kurash tarzida tu shunish o‘rinli bo‘ladi. Toshmurod do‘st kim, dushman kim – farqiga bormaydi. Shu ning oqibatida Tangriqul bilan birga o‘z uyiga o‘g‘rilikka borishga rozi bo‘ladi. Otasining sandiqdagi mol-mulkini o‘marish yo‘llarini maishatparast sheriklari bilan rejalashtiradi. Ularni o‘z uyiga boshlab borganida otasi sezib qoladi; Boyni o‘ldirib, pulini olib ketishadi. E’tibor bering, Boyning arzandasi, aynan sizning tengdoshingiz Toshmurod o‘qimagani, ko‘cha changitib yurgani sababli ham o‘zidan yoshi kattaroq o‘g‘ri, muttahamlarga qo‘shilib qoladi. Mavzuga diqqat qilinsa, oradan bir asrdan ortiqroq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ayni zamonamizda ham o‘qimagani bois turli aldovlarga ishonib, yomon yo‘llarga kirib qolayotgan yoshlar yo‘q emas. O‘g‘rilar ham Toshmurodning soddaligidan foydala nib, maho rat darslarining muqaddimasini aynan o‘zining uyi da boshlab bermoqchi bo‘lishadi. Ya’ni yi gitchani o‘z uyiga o‘g‘rilikka boshlab, ustiga-ustak: «Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz», – deb tag‘in maqtab ham qo‘yishadi. Toshmu rodning atrofidagi shunday bema’ni, yomon odamlar bilan oshno tutinib, maishatga berilishi, buzuq yo‘llarga kirib, oxir-oqibatda ota qotili – padarkushga aylanishining asosiy sababi – bu o‘qimaganidir. Onasi Toshmurodni: «He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod!» – deb qar g‘ashga majbur bo‘ladi. Toshmurodga otasi ta’lim-tarbiya bermadi; oqibatda ota ham, o‘g‘il ham «qurboni jaho lat» – jaholat qurboniga aylandi. Drama oxirida Ziyoli muallif g‘oyasini «Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmas... edi. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasida taraqqiy qiladi» degan tarzda bayon etadi.

Tekshirdi”


Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling