Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet37/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Fan o’qituvchisi: A.Sayidmurodov
Alfons Dode. “So’nggi saboq” hikoyasi
Fransuz adibining ushbu hikoyasi yosh bola tilidan bayon qilinadi. Uning ismi Frans. Adib Frans nazari bilan kichkinadek tuyulgan milliy-madaniy hodisaga nazar tashlaydi; baho beradi. Ayniqsa, hikoyada fransuz tili muallimi mosye Amelning g‘amginlikka uyg‘un jonkuyarligi va qat’iyati, o‘z ona tili va yurtini yurak-yurakdan sevishi sezilib turadi. To‘g‘risi, hikoyani tushunish uchun XIX asr Fransiya tarixini, ma’lum bir muddat qaysi mamlakatga qaram bo‘lgani kabi ma’lumotlarni ham bilish lozim. Hikoyada Fransiyaning Elzas va Lota ringiya hududi o‘z vaqtida nemislar tomonidan ishg‘ol qilinganiga ishora bor. Undagi «... nemislarning safda yurish mashg‘ulotlari» degan jumla, shuningdek, muallimning o‘quvchilarga: «Bolalar, bugun sizlar bilan so‘nggi bor dars o‘tishimiz. Berlindan Elzas va Lotaringiya maktablarida faqat nemis tili o‘qitilishi haqida buyruq keldi. Yangi o‘qituvchi ertaga keladi. Bugun fransuz tilidan oxirgi mashg‘ulotimiz. Iltimos, e’tiborliroq bo‘linglar!» degan murojaati hamda «Maktab tomida kaptarlarning g‘uv-g‘uvlagani qulog‘imga chalindi. O‘ylanib qoldim: «Hali ularni ham nemischa kuylashga majburlash kerakdir?» degan e’tiroznomasi ham shundan dalolat beradi. Hikoyada sinf xonasi, undagi har bir predmet birma-bir aniq tasvirlanadi. Ushbu darsga har kungidan boshqacharoq kiyinib kelgan muallimning ust-boshini batafsil ta’riflaydi. U bamisoli bay ramdagidek kiyingan. Bu, tabiiyki, adibning badiiy mahoratini ko‘rsatadi. Ammo fransuz xalqi bu yerda og‘ir musibatni boshidan kechirayotganiga, xuddi o‘z ona tillarini qabrga qo‘yayotgandek bo‘lganiga, ayni paytda sinf xonasida yoshi ancha katta kishilar ham o‘tirganlariga urg‘u beradi. Hikoyadagi «biz fransuzlar doim o‘qishni orqaga suramiz» degan gap ham har kimni o‘ylantiradi. Hozirgi zamonga xolis baho beradigan bo‘lsak, nafaqat fransuzlar, balki butun dunyo yoshlari ham ko‘pincha yalqovlik bilan o‘qishni, bilim olishni orqaga suradi. Hurmatli o‘quvchi! Siz ushbu hikoyani o‘qish jarayonida dili ngizda bir marotaba bo‘lsa ham «iye, men ham shunday qilgandim, darsga kirishni istamay qish kunlari ko‘chada sirpanchiq uchgandim, bahor kunlari esa daraxtlarga tirmashardim» kabi o‘ylar kech gan bo‘lishi mumkin. To‘g‘risi, o‘tib borayotgan har bir daqiqa bir tomchi suvga o‘xshaydi, u yerga tushishi bilan singib yo‘qoladi. Uni qaytarib bo‘lmaydi. Guvohi bo‘lganingizdek, hikoya qahramoni Frans ham vaqtini behuda o‘tkazib, so‘nggi fransuz tili darsida o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘lib o‘tiribdi. Aziz o‘quvchi! Agar bu hikoyani jon-u dilingiz bilan berilib, hikoyadagi qahramonlar holatiga tushib o‘qisangiz, ta’sirlanib beixti yor o‘yga tolishingiz tabiiy. Muallimga ham, hikoya qahramoni Fransga ham hamdard bo‘lgingiz keladi. Hikoyadagi bayonga ko‘ra, mosye Amel o‘z mashg‘ulotini yuksak bir pafosda, dars o‘quvchilari va boshqa tinglovchilar eslab yuradigan bo‘lishini, shu bilan birga ular tasavvuriga butun umr «Yashasin Fransiya» degan yozuv muhrlanib qolishini istaydi. Muallimning «fransuz tili dunyodagi eng ajoyib til ekani», uni asrash lozimligi, «chunki mustamlaka xalq o‘z ona tili yordamidagina yorug‘likka chiqa olishi» to‘g‘risidagi fikrlari bevosita o‘zbek tilining yaqin o‘tmishdagi taqdiriga ham taalluqli, albatta. Fransuz adibi Alfons Dode har bir millat uchun beqiyos o‘rin tutadigan milliy til taqdiri to‘g‘risida ana shunday ta’sirli hikoya yozgan.

Tekshirdi”


Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling