Tekshirdi: mamadaliyev X. A toshkent – 2023 Chekli to’plamlar qism to’plamlari sonini aniqlash. Sanoqli to’plam qism to’plamlari soni Reja
Sanoqli to’plamlar va ularning xossalari
Download 236.52 Kb.
|
1 2
Bog'liqD.T. MUSTAQIL ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qism to`plam va uviversial to`plam
- Foydalanilgan adabiyotlar Azlarov T.A. va boshqa matematikadan qo’llanma. “O’qituvchi” 1990
- Foydalanilgan saytlar http://fayllar.org http://gul2al.narod.ru
Sanoqli to’plamlar va ularning xossalari
1. Sanoqli to’plamlar, misollar. Ta’rif. Natural sonlar to’plami va unga ekvivalent bo’lgan to’plamlar sanoqli to’plamlar deyiladi. Sanoqli to’plamning quvvati (alef-nol) bilan belgilanadi. Har qanday sanoqli to’plam cheksiz ketma-ketlik shaklida yoziladi: A={a1, a2, . . . , an, . . .}, ya’ni sanoqli to’plam elementlarini nomerlab chiqish mumkin. Masalan: 1) butun sonlar to’plami; 2) uchga karrali bo’lgan natural sonlar to’plami; 3) B = { n2n | n N }; 4) B={ f(n) | n N, f-qat’iy monoton funksiya} to’plamlari sanoqli to’plamlarga misol bo’ladi. 2. Sanoqli to’plamlarning cheksiz to’plamlar orasidagi o’rni. Teorema. Har qanday cheksiz to’plamning sanoqli qism to’plami mavjud. Isboti. Aytaylik V cheksiz to’plam bo’lsin. Undan bitta element tanlab olamiz va uni x1 orqali belgilaymiz. V to’plam cheksiz bo’lganligidan B\{x1} to’plam bo’sh emas. Bu to’plamdan yana bir elementni tanlab olib, uni x2 bilan belgilaymiz. So’ngra B\{x1,x2} dan x3 elementni tanlab olamiz. Shunday davom ettirib, V to’plamning nomerlangan, ya’ni sanoqli S={x1, x2, . . ., xn, . . .} qism to’plamiga ega bo’lamiz. Teorema isbot bo’ldi. Bu teorema, sanoqli to’plamlar barcha cheksiz to’plamlar orasidagi muhim o’rin tutishini, ya’ni cheksiz quvvatlarning eng kichigi ekanligini ko’rsatadi. Teorema. Har qanday sanoqli to’plamning cheksiz qismi sanoqli to’plam bo’ladi. Isboti. Aytaylik A sanoqli to’plam, B uning cheksiz qismi bo’lsin. A to’plamning elementlarini nomerlab chiqamiz. Natijada V to’plamning elementlari ham nomerlangan bo’ladi. V to’plam elementlarining nomerlarini o’sish tartibida joylashtiramiz va 1,2,3,... sonlar bilan qayta nomerlab chiqamiz. Demak, V - sanoqli to’plam. Teorema isbot bo’ldi. Natija. Sanoqli to’plamdan uning chekli qismini ayi-rishdan hosil bo’lgan to’plam ham sanoqli bo’ladi. Qism to`plam va uviversial to`plam Agar B to`plamning har bir elementi A to`plamning ham elementi bo`lsa,B to`plam A to`plamning qism to`plami deyiladi va B A ko`rinishida belgilanadi. Ta’rifga ko`ra,istalgan to`plam o`zining qism to`plami bo`ladi:A A bo`sh to`plam esa, istalgan to`plamning qism to`plami bo`ladi A. Qism to`plamlar ikki turga bo`linadi: xos va xosmas qism to`plamlar. To`plamning o`zi va bo`sh to`plam xosmas qism to`plam deyiladi. Ularda boshqa qism to`plamlar xos qism to`plam deyiladi. Masalan: Masalan: A a b c , , to`plamning xos qism to`plamlari: a, b , c, a b, , a c, , b c, ; xosmas qism to`plamlari: abc , , va dir. Agar 1 2 A A, , ... ,An to`plamlar A to`plamning qism to`plami bo`lsa, A to`plam 1 2 A A, , ... ,An to`plamlar uchun universal to`plam deyiladi. Universal to`plam, odatda, J yoki U harfilari bilan belgilanadi. Masalan, N -barcha natural sonlar to`plami; Z -barcha butun sonlar to`plami; Q -barcha ratsional sonlar to`plami; R -barcha haqiqiy sonlar to`plami bo`lib, N Z Q R shartlar bajariladi va R qolgan sonli to`plamlar uchun universal to`plam vazifasini bajaradi. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Azlarov T.A. va boshqa matematikadan qo’llanma. “O’qituvchi” 1990 Asseyev G.G., Abramov O.M., Sitikov D.E. “Diskret matematika” To’rayev X. “Matematik mantiq va diskret matematika” Foydalanilgan saytlar http://fayllar.org http://gul2al.narod.ru Download 236.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling