XULOSASI
Ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish jarayonida o’quvchilar og’zaki va yozma ko’paytirish va bo’lishning asosiy usullarini o’zlashtirishlari; mos hisoblash malaka va ko’nikmalarini egallashlari; ko’paytirish va bo’lish amallari haqidagi, ularni xossalari, amal komponentlari va natijalari orasidagi o’zaro munosabatlar haqidagi bilimlarini kengaytirishlari, chuqurlashtirishlari va sistemalashtirishlari kerak ekan. Ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish qo’shish va ayirishga nisbatan ancha murakkabdir. Qiyinchilik ko’paytuvchi va bo’luvchilardagi raqamlar sonining ortishi bilan ortib boradi, shuning uchun ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish quyidagi bosqichlardan o’tar ekan.
a) bir xonali songa ko’paytirish va bo’lish;
b) xonali songa ko’paytirish va bo’lish;
v) ikki xonali va uch xonali sonlarga ko’paytirish va bo’lish.
Shunday qilib, ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lishni o’rganish jarayonidaboshlang’ich maktab o’quvchilari, birinchidan, sonni ko’paytirish va bo’lish qoidalarini o’zlashtirishlari, ikkinchidan, ko’paytirish va bo’lish amallarining ma’nosi haqidagi, bu amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi munosabatlar, bog’lanishlar va bog’likliklar haqidagi, ko’paytma va bo’linmaning xossalari haqidagibilimlarini sistemalashtirishlari va chuqurlashtirishlari; uchinchidan, ko’paytirish vabo’lishning asosiy hisoblash usullarini o’zlashtirish va shuningdek, ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lishni bajarish ko’nikmalarini egallashlari kerakligi ikkinchi bobda yoritib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |