Tekshirdi: Z. A. Narimbetova. Chirchiq – 2022 mavzu: ko’p xonalki sonlarni bir xonali, ikki xonali, uch xonali sonlarga bo’lish bilan tanishtirish


Download 48.21 Kb.
bet4/5
Sana13.12.2022
Hajmi48.21 Kb.
#1000933
1   2   3   4   5
Bog'liq
matem mustaqil ish

Xonali sonlarga bo’lish. Dastlab 10 ga va 100 ga qoldiqsiz bo’lish hollari qaraladi, undan keyin 10 va 100 ga qoldiqli bo’lish hollari kiritiladi. 
Bo’lishning shu hollari ustida ishlash jarayonida bolalar misollar yechishning o’zlariga ma’lum bo’lgan bir nechta usullarini mustaqil ravishda qo’llay oladilar, o’zlari tegishli xulosalar chiqara oladilar. Nol (nollar) bilan tugaydigan sonlar uchun 10 ga bo’lish qoidasini keltirib chiqarish uchun bolalarga ma’lum bo’lgan usullardan foydalanib, bir nechta misol yechamiz. 
60 : 10=6 (jadval boyicha) 
100 : 10=10 (nomerlashga asosan) 
190:10=19 (100 : 10 + 90 : 10—yig’indini songa bo’lish) 
1000 : 10=100 (nomerlashga asosan) 
1120:10 = 112 (1000 : 10+100 : 10+20 : 10—yig’indini songa bo’lish). 
Bo’linma har xil usul bilan hisoblanganda, o’qituvchi bolalarga har qaysi misoldagi bo’linma bilan bo’linuvchini o’zaro taqqoslashni tavsiya etadi. Shunday ishdan keyin o’quvchilar xulosa chiqaradilar: 
Nol (nollar) bilan tugaydigan sonni 10 ga bo’lish uchun uning o’ng tomonidagi bitta nolni olib tashlash kerak. 
Ko’p xonali sonni nollar bilan tugaydigan songa bo’lishni o’rganishda dastlab ko’paytmaga bo’lishning turli usullari qaraladi va shu asosda bo’lishning bo’luvchini qulay ko’paytuvchilarga almashtirishga olib keladigan og’zaki usuli ochiladi. Keyin 10 va 100 ga qoldiqli bo’lish usuli qaraladi, shundan keyin qoldiqsiz va qoldiqli bo’lish hollari uchun nollar bilan tugaydigan sonlarga yozma bo’lish usuli kiritiladi. Bo’lishning bo’linmaning yozuvida nol bo’lgan holi alohida qaraladi. 
Shu vaqtning o’zida to’rtinchi propordional sonni topishga doir va qarama-qarshi yo’nalishlardagi harakatga doir yangi turdagi masalalarni yechish boyicha ish olib boriladi. Bu masalalar ustida ishlash uslubini qaraymiz. 
Sonni ko’paytmaga bo’lish bilan tanishishni darslik boyicha o’tkazish mumkin: berilgan ko’rgazmaga suyangan holda sonni ko’paytmaga -bo’lishning turli usullarini qarash kerak: 
1) 32 : (2-4) misolida ko’paytmani hisoblash mumkin, 8 hosil bo’ladi, 
berilgan 32 soni unga bo’linadi, 4 hosil bo’ladi. Bu usul 8 ta teng qismga bo’lingan kesma bilan tasvirlangan
2) berilgan 32 sonini birinchi ko’paytuvchi 2 ga bo’lish va natija 16 ni ikkinchi ko’paytuvchi 4 ga bo’lish mumkin. Bu usul oldin 2 ta teng qismga, keyin esa bu qismlarning har birini teng 4 qismga bo’lingan, ya’ni hammasi bo’lib 8 ta teng qismga bo’lingan ikkinchi kesma bilan tasvirlangan; 
3) berilgan 32 sonini oldin ikkinchi ko’paytuvchi 4 ga bo’lish va natija 8 ni birinchi ko’paytuvchi 2 ga bo’lish mumkin, 4 hosil bo’ladi, Uchinchi kesmani oldin 4 ta teng qismga bo’ldik, keyin esa qismlardan har birini yana 2 ta teng qismlarga bo’ldik, ya’ni yana 8 ta teng qismga bo’ldik. 
Keyin o’quvchilar darslikda berilgan sonni ko’paytmaga turli usullar bilan bo’lishga doir boshqa misollarni tahlil qiladilar, shundan keyin sonni ko’paytmaga qanday bo’lish mumkin ekanligi haqida umumiy xulosaga keladilar. Mustahkamlash uchun o’quvchilarga sonni ko’paytmaga bo’lishga doir o’z misollarini tuzishni va uni turli usullar bilan yechishni taklif qilish mumkin. 
Shundan keyin bolalar darslikdan berilgan ifodalarning qiymatlarini qulay usullar bilan topishga doir mashqlarni bajaradilar, masalan: 80:(5*4), 140:(4*7), 7200:(100*9) va hokazo. Bu yerda hisoblashlar ma’lum bo’lgan va ancha oson usullaridan foydalanishga olib keladigan usul qulay usul bo’ladi. Masalan, 80:(5*4) ifodaning qiymatini topish uchun 5*4=20 ifodaning qiymatini hisoblash va 80 ni shu songa bo’lish qulay, 4 hosil bo’ladi (aslida bu yerda o’quvchilar ketma-ket bo’lishni ham bajarishlari mumkin), 7200:(100*9) ifodaning qiymatini 
topish uchun esa ketma-ket bo’lishni bajarish qulay: 7200:100=72 va 72:9, chunki o’quvchilar 7200 ni 900 ga bo’la olmaydilar. 
Har bir holda ifodaning qiymati topilgandan so’ng o’quvchilardan qanday songa bo’lganliklarini (20 ga, 900 ga) va bu son ko’paytma ko’rinishida qanday ifodalanganini so’rash kerak. Bunda 120:(10*3) ko’rinishdagi ifodalarning qiymatlarini topishga alohida e’tibor berish kerak, chunki bu nollar bilan tugaydigan sonlarga bo’lish usullarini yechishga bevosita tayyorlaydi. Keyin bo’lishning bo’luvchini ko’paytma bilan almashtirishga va shu ko’paytmaga bo’lishga olib keladigan og’zaki usuli o’rganiladi. 
O’quvchiga o’qituvchi tomonidan doskaga yoki plakatga yozilgan hisoblash usulini tushuntirish taklif etiladi, masalan: 
630 : 90=630 : (10*9)=630 : 10 : 9=7 
540 : 18=540 : (9 • 2) =540 : 9 : 2=30 
Tushuntirish. 630 ni 90 ga bo’lish kerak: 90 sonini 10 va 9 sonlari ko’paytmasiga almashtirdik, bunday misol hosil bo’ldi: 630 ni 10 va 9 sonlari ko’paytmasiga bo’lish; 630 ni 10 ga bo’lish va natija 63 ni 9 ga bo’lish qulayroq, 7 hosil bo’ladi. 
O’quvchilar 540:18 misolni, shuningdek, darslikda berilgan misollarni yechish usullarini shunga o’xshash tushuntiradilar. 
Mazkur mulohazalarni o’quvchi yozma bo’lishni o’rganishda foydalanadigan bo’lishning barcha usullarini umumlashtiruvchi quyidagi sxemasi yengillashtiradi. S x e m a 
1. Bo’linuvchi va bo’luvchini o’qi. 
2. Misolni yoz. 
3. Birinchi to’liqsiz bo’linuvchiga ajrat. 
4. Bo’linmaning yuqori xonasini aniqla. 
5. Bo’linmaning raqamlari sonini aniqla. 
6. Bo’linmaning raqamlari o’rniga nuqtalar qoy. 
7. Bo’linmaning yuqori xona raqamini top. 
8. Bu xonaning necha birligi bo’linganini bil. 
9. Bu xonaning necha byrligi bo’linmaganini bil. 
10. Bo’linmaning raqami to’g’ri tanlanganmi yoki yo’qmi ekanini tekshir. 
11. Bo’lishni misolni yechib bo’lguncha shu tartibda davom ettir. 
12. Bo’linmani ayt. 
Shunday qilib, ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lishni o’rganish jarayonidaboshlang’ich maktab o’quvchilari, birinchidan, sonni ko’paytirish va bo’lish qoidalarini o’zlashtirishlari, ikkinchidan, ko’paytirish va bo’lish amallarining ma’nosi haqidagi, bu amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi munosabatlar, bog’lanishlar va bog’likliklar haqidagi, ko’paytma va bo’linmaning xossalari haqidagibilimlarini sistemalashtirishlari va chuqurlashtirishlari; uchinchidan, ko’paytirish vabo’lishning asosiy hisoblash usullarini o’zlashtirish va shuningdek, ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lishni bajarish ko’nikmalarini egallashlari kerak.



Download 48.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling