Текст абзаца
Aksiyadorli jamiyati tarixi
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
eldor praktika
Aksiyadorli jamiyati tarixi
Neft qazib olishdagi bir asrdan ortiq tajriba: Neftni sanoatlashgan tarzda qazib olish ishlari O‘zbekistonda 1885 yilda boshlangan. Neft Farg‘ona vodiysida joylashgan Chimion qishlog‘i yaqinidagi ikki burg‘ qudug‘idan qazib olinar edi. 1900 yilda ushbu mintaqada jiddiy razvedka ishlari boshlandi va 1904 yilda 270 metrdan ortiq chuqurlikdan neft favvorasi otilib chiqdi; Uglevodorodlar xom ashyosini qayta ishlashdagi bir asrlik tajriba: 1906 yilda Farg‘ona viloyatida neft haydash zavodi qurilib, u davriy harakat qiluvchi bitta ikki kubali qurilmadan iborat edi. Neft konidan qazilma boylik ot-ulov transportida tashilar edi. Neftning sifati esa termometr va areometr yordamida aniqlanar edi. Qayta ishlash natijasida olinadigan asosiy mahsulotlar chiroq kerosini va isitish mazuti edi. O‘sha zamonda keraksiz benzin zavod hududi tashqarisidagi chuqurlarda yoqib yo‘q qilinar edi. 1915-1916 yillarda, O‘rta Osiyoda ichki yonuv dvigateli yordamida harakatlanadigan avtomobillar paydo bo‘lgandan keyingina benzin foydali mahsulotga aylandi. Mahsulot Afg‘oniston va Xitoyga temir yo‘l va ot-ulov transportida eksport qilinar edi. 1907 yilda zavodni aka-uka Nobellar sotib olishdi va uning bosqichma- bosqich rekonstruksiyasini boshlashdi. O‘sha yilning o‘zida Chimion konidan zavodgacha tortilgan to‘rt dyuymli neft quvuridan foydalana boshlandi hamda rezervuar parki qurildi. 1940 yilga kelib zavod o‘z laboratoriyasiga ega bo‘ldi, texnologik jarayon sifat jihatidan yuksaldi, yillik ishlab chiqarish quvvati 176 ming tonnaga yetdi. Gaz qazib olishdagi yarim asrdan ortiq tajriba: Birinchi gaz 1953 yil Qizilqum cho‘lidagi Setalantepa konidan qazib olindi. 1962 yilda noyob Gazli koni ishga tushirilgandan keyin Buxoro — Ural va O‘rta Osiyo — Markaz transkontinental' gaz quvuryo‘llari o‘tkazildi. 1997 yil tarkibi «Teknip» (Fransiya), «Marubeni», «Djey Dji-Si» (Yaponiya) kompaniyalardan iborat konsorsium bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 1999 yil «Dresser-Rend» (AQSh) kompaniyasining kompressorlari asosida «BSI Indastriz»(AQSh) kompaniyasi bilan hamkorlikda Xo‘jaobod yer ostida gazni saqlash ombori foydalanishga topshirildi. 2001 yilda tarkibiga «Misui», «Toyo injiniring», «Nisho Ivai» va «ABB Soimi» (Italiya) kompaniyalari kirgan, «ABB Lummus Global» (AQSh) kompaniyasi yetakchiligidagi konsorsium bilan hamkorlikda Sho‘rtan gaz- kimyo majmuasining qurilishi amalga oshirildi. Sho‘rtan konida gazni siqish kompressor stansiyasi qurilish loyihasi «Beytman» (Isroil) inijiniring kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi va ob'ekt 2003 yil foydalanishga topshirildi. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling