Текст абзаца
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
eldor praktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTI Amaliyot joyi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI "AXBOROTLARGA ISHLOV BERISH VA BOSHQARISH TIZIMLARI" KAFEDRASI MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTI Amaliyot joyi: " O'ZBEKNEFTGAZ" AJ Topshirdi: Mavlanbergenov.E Qabul qildi: Odilov.F.F Toshkent 2023 MUNDARIJA Kirish.................................................................................... 3 Aksiyadorlik jamiyati tarixi....................................................5 "O'ZBEKNEFTGAZ" neft gaz qazib chiqarish boshqarmalari.......................................................................11 Xulosa.................................................................................. 18 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi kunlaridan sohaning yangi hayoti, neft va gaz sanoati rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi. Mamlakat rahbariyati ushbu sohaning keng ko‘lamli rivojlanishiga katta ahamiyat berdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi va 1992 yildan respublikada iqtisodiy islohotlar boshlanishi bilan neft-gaz kompleksiga alohida e'tibor qaratildi. Ma'muriy buyruqbozlik usullaridan bozor mexanizmi bo‘yicha faoliyatga evolyasiyali o‘tishni ta'minlovchi strukturaviy o‘zgarishlar bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1992 yilda belgilab berilgan quyidagi strategik vazifalarni bajarish bilan olib borildi: - respublikaning neft mustaqilligiga erishish maqsadida neft va gaz kondensati qazib chiqarishni jiddiy ravishda oshirish; - ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish maqsadida neft va gazni texnologik qayta ishlash jarayonlarini chuqurlashtirish; - O‘zbekiston neft-gaz sohasi xom ashyo bazasini ishonchli ta'minlash maqsadida yangi konlarni ochish hisobiga birinchi navbatda suyuq uglevodorodlar zahirasini ko‘paytirish. 3 may 1992 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekneftgaz» neft va gaz sanoati O‘zbekiston davlat konsernini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. 23 dekabr 1992 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini «O‘zbekneftgaz» neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘rida» Farmoni e'lon qilindi. 11 dekabr 1998 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekneftgaz neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasini «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish to‘g‘rida» gi Farmoni imzolandi. «O‘zbekneftgaz» MXK – bir butun birlashgan uch pog‘onali xolding kompaniya. Kirish Kompaniyani amaldagi boshqaruv tizimi «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 avgustdagi PQ-446 son Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 iyuldagi PQ-906 son «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq tasdiqlangan. Respublika sanoati barqaror, jadal va mos ravishda rivojlanishini, qayta o‘zgartirishlar strukturasini chuqurlashtirish, soha komplekslari va sanoat korxonalarini modernizasiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida uning asosiy sohalarini diversifikasiyalashga, hamda eksport salohiyati, samaradorligi, raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan asosiy vazifalar 2011-2015 yillarda respublika sanoatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarida belgilab berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 dekabr 2010 yildagi «2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘rida»gi PQ-1442 son Qarori qabul qilingan. Bugungi kunda «O‘zbekneftgaz» MXK neft-gaz sohasining barcha faoliyat yo‘nalishlarini ta'minlaydigan, 200 dan ortiq korxonalarni birlashtirgan, 120 mingdan ortiq kishi ishlaydigan, vertikal bir butun birlashgan, uch pog‘onali xolding kompaniyadir. KO‘KDUMALOQ” GHKS Ko‘kdumaloq konida «Dresser-Rend» (AQSh) kompaniyasining qurilmalari asosida kompressor stansiyasi qurildi va 1997 yil foydalanishga topshirildi. Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasining qurilishi O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz sohasining rivojlanishidagi muhim qadam bo‘ldi. «Kellog» (AQSh), «Nisho Ivai» (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalga oshirish chet el investisiyalarini jalb qilish ishlarining boshlanishi hisoblanadi. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling