Текстли масалалар устида ишлаш методикаси


Boshlang‘ich sinflarda matematika darsi va uning turlari


Download 2.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/69
Sana18.08.2023
Hajmi2.66 Mb.
#1667967
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma

Boshlang‘ich sinflarda matematika darsi va uning turlari. 
 
Dars nima, matеmatika darslari xususiyatlari, matеmatika darsi turlari; 
murakkab dars, yangi matеrialni o‗rganish darsi, mustahkamlash darsi, 
takrorlash-umumlashtiruvchi dars, nazorat darslari, noan‘anaviy dars. 
Dars va unig vazifalari. Dars o‗qitish jarayoning asosiy bo‗ginidir. ―Dars‖ 
so‗zining dastlabki ma‘nosi- bu ma‘lum muddatga bajarilishiga kerak bo‗lgan 


51 
mehnat topshirig‗idir. Dars o‗quv shakli sifatida XVII asrdan ya‘ni 300 yildan 
buyon mavjud. Darsni bolalar faqatgina o‗qib olmasdan balki jamoa bo‗lib 
ishlaydir unda muloqotga bo‗lish qoidalariga o‗rganadilar va har biri alohida 
o‗rganilayotgan narsada bir-biriga o‗qituvchiga o‗z munosabatlarini bildiradilar 
ana shu narsa tarbiyadir. 
Darsning tuzilishi haqidagi masala matematika metodikasining umumiy qismi 
asosiy masalalardan biridir. 
Matematika darslarining tuzilishi xususiyatlarini tamoman tushunib olish uchun 
har bir darsning tuzilishida hisobga olish lozim bo‗lgan didaktik qoidalar bilan 
tanishib olish va darsning tuzilishiga qanday bo‗lmasin ta‘sir qiladigan matematika 
shu jumladn arifmetikada xos bo‗lgan xususiyatlarni nazarda tutish kerak. 
Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar. Darsni o‗tkazishga tayyorgarlik 
ko‗rishda eng oldin darsning asosiy maqsadlarini aniq oydinlashtirib olish zarur. 
Darsda nazariya bilan amaliyotning bog‗liqligi, algеbraik va gеomеtrik 
elеmеntlarning arifmеtika bilan bog‗liqligi, didaktik maqsadlar amalga oshiriladi; 
yangi matеrial bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi, malaka, ko‗nikmalar hosil 
qilishga doir ishlar o‗tkaziladi. Har bir darsda turli xil didaktik maqsadlar 
ko‗zlanadi ular orasida bittasi bosh maqsad bo‗lib hisoblanadi, uni darsning asosiy 
didaktik maqsadi deyiladi.
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning 
yordamida o‗qitilayotgan mavzuning mazmunini o‗quvchilarga ochib beradi. Bu 
holda yangi tushunchalar bilan o‗quvchilarni tanishtirish bo‗lsa, ikkinchi holda 
tanishtirilgan tushunchani kengaytirsh va chuqurlashtirish, uchinchisida esa, bilim, 
malaka va ko‗nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida 
aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O‗tilganlarni takrorlash, o‗tilgan 
bilimlarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o‗z ichiga oladi. 
Yаngi materialni bayon qilish har kuni mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.
Maktablarning tajribasi darsning ma‘lum tuzilishini biladiki, ko‗pchilik 
o‗qituvchilar bu tuzilishga rioya qilib, ma‘lum natijalarga erishmoqda. Odatda 
darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o‗tgan mavzu takrorlanadi, so‗ngra 
o‗tgan mavzu yuzasidan savol – javob o‗tkaziladi. Shundan keyin yangi material 
bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o‗quvchilarga misol va masalalar 
yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va unga 
ko‗rgazmalar beriladi. Ba‘zan bu maqsadlardan bittasiga bag‗ishlanishi mumkin. 
Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar 
unga bo‗ysunadi. 
Misol uchun ―Ikki xonali sonlarni xona birliklarining yig‗indisi bilan 
almashtirish‖ mavzusiga bag‗ishlangan darsni qaraylik. 
Dars maqsadi. 1. O‗quvchilarni 2 xonali sonlarni xona birliklarining 
yig‗indisi bilan almashtirishga o‗rgatish. 


52 
2. Nollar bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo‗shish va ayirish 
malakalarini mustahkamlash. 
3. Sonni yig‗indiga qo‗shish xossalarini o‗rgatishga doir tayyorgarlik ishini 
o‗tkazish. 
Texnologik xarita tuzish darsni aniq rеjalashtirishga yordam bеradi. 
Texnologik xarita darslarning to‗la ishlanmasidan iborat bo‗lmay, balki, shu dars 
uchun majburiy bo‗lgan asosiy bosqichlarini o‗z ichiga oladi. 
1. Dars № vaqti. 
2. Mavzu:
3. Maqsadi:
4. O‗tilganlarni takrorlash, yangi mavzuni bayon qilishga tayyorlanish. 
5. Yangi matеrialni bayon qilish usuli. 
6. Mustahkamlovchi mashqlar tizimi. 
7. Mustaqil ish. 
8. Ko‗rgazmali vositalar. 
9. Uyga vazifa. 
Dars maqsadlarini muvoffaqiyatli amalga oshirishning to‗g‗ri yo‗llarini 
topishga darsning ta‘limiy va tarbiyaviy vazifalarini, irodani qiziqishlarini va 
qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vazifalarni aniqlash yordam bеradi. 
Dars mazmunini aniqlash uchun o‗qituvchi quyidagi talablarga rioya qilishi 
kеrak. 
1. Dars mazmuni dasturiga mos kеlishi va uning maqsadlaridan kеlib chiqishi. 
2. G‗oyaviylik va e‘tiqodni tarbiyalash. Darsda o‗quvchilar dunyoqarashlarini 
kundalik axloq asoslari sifatida shakllantirish uchun eng qulay, yaxshi sharoit 
yaratish zarur. 
3. Darsni turmush bilan, o‗quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan bog‗liqligi. 
4. O‗quv matеrialining o‗quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari 
yеtadigan bo‗lishi.
Dars mazmuniga har xil masalalar, mashqlar kiradi. O‗qituvchi dars 
mazmuniga mos bo‗lgan masalani tanlashi lozim.
Masalan: ―Ko‗paytirishning guruhlash qonuni‖ni quyidagi masala bilan 
boshlash mumkin. 
Zoomagazinga qushlar qamalgan qafaslar kеltirildi. Qafaslarni uch qatorga 
har birida 5 tadan qafas qilib joylashtirildi. Har bir qafasda 2 tadan qush bor. 
Qafaslardagi hamma qush qancha? 
Qafasni to‗g‗ri to‗rtburchak, qushni uchburchak shaklida tasvirlashga kеlishib 
olamiz va masalani modellashtiramiz. 


53 
Model bеrilgan va izlanayotgan miqdorlar orasidagi munosabatlarni aniq 
ko‗rsatish bilan birga o‗quvchilarning muammoli vaziyat mazmunini bilib 
olishlariga, hamda mumkin bo‗lgan yеchish usullarini topishga yordam bеradi. 
Yechilishi: 
I – usul (5*2)*3=10*3=30 
II- usul (5*3)*2=15*2=30 
III- usul (2*3)*5=6*5=30
J: 30 ta qush. 
Matеmatika darslarida bajariladigan asosiy ish turlari: a) ogzaki mashqlar, b) 

Download 2.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling