Текстли масалалар устида ишлаш методикаси
Download 2.66 Mb. Pdf ko'rish
|
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma
Oralaridagi masofa 414 km bo‗lgan A va B shaharlardan bir-biriga qarab bir vaqtda ikkita avtomabil yo‗lga chiqdi. Birinchi avtomabil 75 km/soat, ikkinchi avtomabil 60 km/soat tezlik bilan 2 soat yo‗l yurdi. Ular qolgan masofani bir xil tezlik bilan o‗tib,1 soatdan keyin uchrashishdi. 1) uchrashguncha har bir mashina necha km yo‗l bosadi? 2) har bir mashinaning o‗rtacha tezligini toping. Birinchi avtomobil 75 km/soat tezlik bilan 2 soat yursa 75 2=150 (km) yo‗l yuradi. Ikkinchi avtomobil 2 soatda 60 km/soat tezlik bilan 60 2=120 (km) yo‗l yuradi. Ularning bosib o‗tgan jami yo‗lini aniqlaymiz. 120 + 150 = 270 (km) Endi avtomobillar orasidagi masofani topamiz. Buning uchun jami masofadan bosib o‗tilgan masofani ayiramiz. 414 – 270 = 144 (km) Masala shartida qolgan yo‗lni bir xil tezlik bilan yurib bir soatda uchrashgaligidan 144 : 2 = 72 (km) Avtomobillarning har biri 72 km yo‗lni 1 soatda yurgan bo‗lsa uning tezligi 72 km/soat bo‗ladi Avtomobillar uchrashganicha 1-avtomobil 150 + 72 = 222 (km) yo‗l yurgan 2-avtomobil 208 120 + 72 = 192 (km) yo‗l yurgan 2) avtomobillarning o‗rtacha tezligini topish uchun 222 : 3 = 74 (km/soat) 192 : 3 = 64 (km/soat) Toshkent va Samarqand shaharlari orasidagi masofa 330 km. Soatiga 55 km tezlik bilan kelayotgan avtomobil Toshkentdan Samarqandga necha soatda yetib boradi? Toshkentdan Samarqandga 5 soatda yetish uchun mashina tezligini qancha oshirish kerak? Shaharlar orasidagi masofa – 330 km Samarqandga 55 km tezlik bilan - ? soatda yetib boradi Samarqandga 5 soatda yetish uchun tezlikni - ? oshirish kerak. Yechish: 1) 330 : 55 = 6 (soat) 2) 330 : 5 = 66 (km) 3) 66 – 55 = 11 (km/soat) Javob: Mashina tezligini 11 km/soatga oshirish kerak. Mirfozil boboning bir qadami uzunligi 60 sm ga teng, nabirasining bir qadami bobosining qadamidan 20 sm qisqa. To‗g‗ri to‗rtburchak shaklidagi bog‗ning eni bo‗ylab bobo 150 qadam tashlaydi, bo‗yini esa nabirasi 175 qadamda o‗tadi. Bog‗ning perimetrini va yuzini toping. Berilgan: Boboning bir qadami – 60 sm Nabiraning bir qadami - ? 20 sm qisqa Bobosi bog‗ning enini – 150 qadamda bosib o‗tadi Nabirasi esa bo‘yini – 175 qadamda bosib o‗tadi bog‗ning perimetri - ? Yechish: 1) 60 – 20 = 40 (sm) 2) 150 60 =9000 (sm) 3) 175 40 = 7000 (sm) 9000 sm = 90 m 7000 sm = 70 m P= ( 90 + 70) 2 = 160 2 =320 (m) S= 90 70 = 6300 (m 2 ) Javob: Bog‗ning perimetri 320 m, yuzi 6300 m 2 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling