Telegramga oid quyidagi faktlar mavjud:
1. Muhim narsalarni “Tanlangan”da saqlash
“Tanlangan” bo„limi o„z-o„zingizga xabar yuborish imkoniyatini berishini hamma ham bilmaydi. Uning
yordamida fayl, foto va oddiy havolalarni kompyuterdan smartfonga yuborish qulay. Bu bo„lim
Telegram‟dan foydalaniladigan barcha qurilmalar uchun umumiy almashish buferi rolini bajarishi mumkin.
2. Xabarlarni sezdirmay o„qish
Yangi xabarni ochishingiz bilan uni yuborgan odamda xabar ko„ringani haqidagi belgi paydo bo„ladi.
Telegram‟ning mobil ko„rinishida suhbatdoshingizga bildirmay, u yuborgan xabarni o„qish mumkin.
Xabarni olganingiz zahoti uni ochmang va smartfonda uchish rejimini yoqing. Keyin esa xabarni oching,
uni o„qib, Telegram‟ni yoping. Keyin esa uchish rejimini o„chirish va ilovani yana ishga tushirish mumkin.
Agar barini to„g„ri bajargan bo„lsangiz, suhbatdoshingiz uning xabarini o„qiganingizni ko„rmaydi.
3. Videoni “suratda surat” rejimida tomosha qilish
Messenjerning mobil ko„rinishida YouTube-videoni chatning o„zida tomosha qilish mumkin. Buning uchun
havola yonida aks etgan prevyu-rasm ustiga bosishning o„zi kifoya. Hamma ham videoni “rasmda rasm”
rejimi, ya'ni barcha chatlarning ustidagi kichik oynada ishga tushirish mumkinligini bilmaydi. Buning uchun
rolikni Telegram‟da ishga tushiring va uning tepasidagi to„g„ri-to„rtburchak shaklidagi belgiga bosing.
Paydo bo„lgan oynani joydan-joyga olish mumkin, biroq o„lchami o„zgarmaydi. Bu rejim bir vaqtning video
ko„rib, do„stlar bilan yozishish imkoniyatini beradi. U ovoz tasvirga qaraganda muhimroq bo„lgan
vaziyatlarda ayniqsa foydali. Chunki bu kabi kichik ekranda video odatda aniq ko„rinmaydi.
Telegram‟ning bilishimiz kerak bo„lgan 9 ta imkoniyati:
Do'stlaringiz bilan baham: |