8. Chatni parol bilan himoya qilish
Bu funksiya yozishmalarni begona ko„zlardan yashirish imkonini beradi. U bloklanmagan
smartfonni kutilmaganda biror yerda qoldirganingizda foydali bo„ladi. Tasdiqlash kodisiz hatto
chatlar ro„yxatini ham ko„rish mumkin bo„lmaydi. Funktsiya “Kod-parol” deb nomlanadi hamda
maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarida mavjud. Chatlar ro„yxatida to„rt belgidan iborat parol
yaratilganidan keyin yuqoridagi qulf belgisiga bosish kerak. Keyin ilovani yopishingiz yoki
smarfton ekranini o„chirishingiz mumkin. Telegram‟ga kirishdan avval o„sha parol so„raladi.
9. Xabarlari o„chirilgan chatlarni ochish
Telegram‟dagi chat va kontaktlar ro„yxati hali ham tartibga solinmagan. Ularning barchasidan
yangi xabarlar kelganida hatto belgilangan kanallar xabarlarini o„chirish ham qutqarmaydi. Bu
muammoni yechish uchun ko„pchilik Plus Messenger kabi muqobil mobil mijozlarga o„tadi.
Unda chat, kanal, bot va boshqalar uchun alohida havolalar mavjud. Bu haqiqatan ham qulay,
biroq desktop shaklida bu qanday bo„ladi. Yechim mavjud. Sozlamalarni oching, inglizcha
shaklni yoqing va workmode so„zini yozing. Harakatni tasdiqlash so„raladigan xabar paydo
bo„lishi kerak. Keyin dastur qayta ishga tushadi va chat hamda kanallar ro„yxatida “Chatlarni
ogohlantirmasdan yashirish” yozuvi paydo bo„ladi. Unga bosish orqali ogohlantirishlari
o„chirilgan barcha chatlarni yashirish imkoniyati paydo bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |