Telekamunikatsiya texnologiyalari
Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy
Download 105.08 Kb.
|
Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy
ta'limotlari, oqimlari va manbalari . Milliy ma’naviyatni shaklantiradigan asosiy mezonlar sirasiga ma’naviy meros, madaniy boyliklar bilan bir qatorda xalq va shaxs hayotida о‘ta muhim о‘rin egallaydigan diniy qadriyatlarni ham qо‘shish joyiz. Har bir din ilohiy qadriyatlar tizimini yaratadi, Zardushtiylik ham bundan mustasno emas. Biroq, milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklash haqida gap ketganda, otashparastlikka qaytish emas, о‘lmas meros Avestoda о‘z ifodasini topgan ezgu g‘oyalarni о‘rganish va qо‘llanish nazarda tutiladi. Bizning maqsadimiz – milliy ma’naviyatimiz barpo bо‘lishining dastlabki bosqichi bо‘lgan Zardushtiylik dinidagi qadriyatlarning tadqiq etish va bu jarayonning tarixiy ahamiyatini asoslab berishdir. Zero, Avesto qadriyatlarining xalqimizgina emas, jahon sivilizatsiyasida tutgan о‘rni, uning tom ma’nodagi insoniy ma’naviyatni rivojlantirishdagi о‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Zardushtiylikda suv va tabiat homiysi bо‘lmish ona ma’buda Anahita bilan birga Siyovushga kuchli e’tiqod qilishgan. Samarqand yaqinida Panjikentda Siyovush о‘limiga motam tutish tasvirlangan devoriy rasmlarda sochlarini yozib motam tutib о‘tirgan ayollar va erkaklar tasvirlangan. “Shohnoma”da Siyovushni olovda sinash marosimi tasvirlangan. Bu sinov zardushtiylikdan oldin ham bо‘lgan, degan fikr bor. Temirni qizdirish, qо‘rg‘oshin eritish shu paytlarda kashf bо‘lgan. Avestoda bu dinning haqligini isbotlash uchun kо‘ksiga eritilgan qо‘rg‘oshin quygani haqida xabar beriladi. Ushbu ma’lumotdan Zardushtiylik e’tiqodida olov haqiqatni yolg‘ondan ayiruvchi vosita bо‘lgani anglashiladi. Olovga sig‘inish, birinchidan, “uy egasi olovi”, ya’ni doira shaklidagi mehrob uyining bekasi bо‘lgan ayolning о‘rni bilan bog‘liq. Ikkinchidan, “axavaniya” – qurbonlik olovi, bunday otashxonalarda xudolarga qurbonlik qilingan. U kvadrat shakliga ega bо‘lgan, mohiyatiga kо‘ra erkaklar vazifasi bilan bevosita bog‘liq kohinlik, jamoaviylik ma’nosini anglatgan. Uchinchidan, “dakshina” – janub olovi, asosan yomon nazardan, xavflardan asrovchi vazifasini bajargan. Uning mehrobi doira shaklida bо‘lgan. 1 Otashparastlar ibodatxonalaridagi muqaddas mehroblarda doimiy yonib turgan olov, bu joyning muqaddasligini ifodalovchi turli tasvirlar devorlardagi rasmlarda ham о‘z aksini topgan. Devoriy rasmlar ichida Samarqanddagi Afrosiyob tarixiy obidasi eng mashhur bо‘lib, unda Turon podshosi saroyi tasvirlangan. Devoriy rasmlarda karvondagi malika va kanizaklar, ot ustidagi soqchilar, kо‘kda oq qushlar tasvirlangan; bir kishi kosada olov ushlab turganitasvirlangan. Zardushtiylik an’analariga kо‘ra, podshoh saroyiga kirishdan oldin olovda poklanish odat bо‘lgan. Zardushtiylik ta’limotga kо‘ra, inson faoliyatini boshqarib turuvchi eng muhim qudrat axloq normalaridir. Odamlar Axura Mazda tomonidan yuborilgan axloqiy normalarga, tartibotlarga amal qilsalar, yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasi ta’minlanadi. Insonning eng muhim savob ishlaridan biri yerga yaxshi sog‘lom urug‘ sepishdir deb ta’kidlanadi. Avesto bashoratlarida yerga yaxshi niyat bilan urug‘ qadash, о‘n ming marta ibodat qilish yoki yuzlab jonivorlarni qurbonlikka sо‘yishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish, dehqonchilik qilish turli yovuzliklarni yо‘qotishning yо‘lidir deyiladi. Zardushtiylik ta’limotiga kо‘ra, inson barkamol rivojlanishi uchun yaxshi ovqatlanishi zarur. Zardushtiylik vasiyatlariga kо‘ra, yomon ovqatlangan halq na yaxshi, na kuchli ishlovchilarga, na sog‘lom, na baquvvat bolalarga ega bо‘ladi. Yomon ovqatlanishdan odob axloq ham aynib ketadi. Shuning uchun inson barkamolligining muhim shartlaridan biri bо‘lgan oziq ovqat mо‘l-kо‘lchiligini ta’minlamoq, buning uchun esa dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini kо‘paytirish lozim. Qaysi mamlakatda non mо‘l kо‘l bо‘lsa, о‘sha yurtda muqaddas sо‘zlar ham, pandu nasihatlar ham tezu soz qabul qilinadi. 1 Zarushtiylik dini mifologiyaga juda boydir. Avesto ta’limoticha, eng qadimgi boshlang‘ich davrda odamlar gunoh nimaligini bilmagan, yer yuzida ezgulik hukm surgan. Bu davr “insoniyatning oltin davri” deb yuritiladi. Ammo Yima (Jamshid) odamlar kо‘nglini olish uchun ularga gо‘sht yoyishni о‘rgatadi va shundan sо‘ng ikkinchi davr boshlanadi. Bu davr ezgulik va yovuzlik kurashi davri bо‘lib, Zardushtiylikda ana shu g‘oya ifodalangan. Farg‘ona viloyati Sо‘h qishlog‘ida otashparastlik davriga xos tumor topilgan. Qora toshdan ishlangan bu tumorda bir-biriga chirmashgan ikkita zaharli ilon tasvirlangan. Bu, mutaxassislarning taxminiga kо‘ra, Zardushtiylik ta’limotidagi ezgulik va yovuzlik orasidagi kurashni ifodalovchi timsol bо‘lishi mumkin. 2 Avestoda, insoniyat tarixining tosh davriga ishora qilib, insonlar toshdan turli hunarmandchilik buyumlari yasaganlari haqida sо‘zlanadi. Biz, shartli ravishda, shoh Jamshid davrini tosh davri madaniyati deyishimiz mumkin. Keyingi bosqich bronza asri deb yuritiladi. Arxeologik qidiruvlar natijasida Namozgoh, Oltintepa, Sopollitepa va Jarqо‘rg‘on kabi qadimiy shahar madaniyati topilmalari bronza asriga tо‘g‘ri keladi. Zardushtiylik davri tasviriy san’atiga kuchli ta’sir etgan, uning fabula, ya’ni asosiy syujetini tashkil qilgan miflardan biri – dunyoda birinchi insonning yaratilishi haqidadir. Axuramazda ta’limotini anglab yetgan ilk fikr qilguvchi odam, Avestoda rivoyat qilinishicha, “Gayo Maretan”, ya’ni afsonaviy Qayumars edi. Uning urug‘idan ikki shoxli giyoh yerdan unib chiqib odamga aylandi. Quyosh nurlari ta’sirida giyoh mehr oyining mehr kunida yerdan bosh kо‘tarib о‘sib chiqdi. Giyohning ikki shoxi bir-biriga chirmashib о‘sardi. Ular odamga aylandi, ularning bir er, ikkinchisi esa, ayol bо‘ldi. Dunyodagi jami insonlar ulardan tarqaldi. Markaziy Osiyo va Eron mifologiyasida (Kayumars) xо‘kiz-odam, ya’ni Axura Mazda yer yuzida birinchi yaratgan odam personaji bor. Olima Fozila Sulaymonovaning tadqiqotlarida Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi Qayumars haqida ikkita rivoyat keltirilgan. Birinchisi, Tangri Qayumarsni yaratib, Ahrimanga qarshi yubordi, “u Ahrimanni yengib, ustiga minib oldi va uning (ustida) olamni aylanishga tushdi. Nihoyat, Ahriman Qayumarsdan eng yomon kо‘radigan va eng qо‘rqinchli narsasini sо‘radi. Qayumars unga jahannam darvozasiga yetganda qattiq qо‘rqishini aytdi. Ahriman (Jahannam darvozasiga yetgach, hiyla qilib о‘ynoqlay boshladi, Qayumars uning ustidan yiqilib tushdi. Ahriman uning (ustiga) chiqib oldi va Qayumarsdan: “Qaysi tomoningdan yeyishga boshlay?” – deb sо‘radi. Qayumars о‘zining aytganiga Ahrimanning muholif bо‘lishini bilib, “Oyoq tomondan yeyishga boshlagin! Olam husnini bir muddat kо‘rib turay”, - dedi” 1 , Ammo Axraman uni bosh tomonidan yeyishni boshlaydi. Beliga yetganida Qayumars urug‘donidan yerga ikki dona urug‘ tushadi. Ulardan о‘simlik unib chiqadi. О‘sha о‘simliklardan bir qiz va bir о‘g‘il (Meshi va Meshona) paydo bо‘ladi. Ularni forslar Odamato va Momohavo deb, xorazmliklar Mard va Mardona deb ataydilar. Ikkinchi rivoyatga kо‘ra, Qayumars jannatda uch ming yil turgach, Ahriman tufayli Xudo uni о‘ldirgan va uning pushtidan ikki tomchi tomgan va ulardan ikkita ravoch kо‘karib, insonga, ya’ni Meshi va Meshonaga aylangan. Ular farovonlikda yashagan. Ammo Ahriman keksa kishi qiyofasida kelib, man qilingan daraxt mevasini yeyishni taklif etgan va ular gunohga yо‘l qо‘yishgan, deyiladi. Sharqshunos S.P.Tolstov fikriga kо‘ra, Zardushtiylik mifologiyasida Qayumars “Gavomard” sо‘zidan kelib chiqib, “Buqa odam” ma’nosini anglatgan. Har xolda, Avesto ta’limoticha, “Insoniyatning ashaddiy dushmani bо‘lgan Axraman Qayumarsni о‘ldiradi. Qayumars tanasining hо‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil о‘simlik, sigir va hо‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bо‘ladi, tanasining odam qismidan esa, erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan, deb tasvirlanadi”. 2 Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida afsonaviy Qayumarsning hukmdorlik davri о‘zgacha bayon etilgan. Unda Qayumars kishilarga ilk madaniyatni in’om etgan shoh sifatida ulug‘lanadi. Dostondagi asosiy qahramonlardan biri bо‘lmish Qayumars tog‘da yashagan; bu uning Xudoga yaqinligini bildiradi. U birinchi bо‘lib Yerda turmush kechirishning tartib qoidalarini yaratgan, odamlarni ovqat tayyorlash, hayvonlar terisidan kiyim tikish, hunarmandchilikka о‘rgatgan. Ularni qorong‘u g‘ordan chiqib, tog‘larning quyosh tushib turadigan yonbag‘irlarida uy-joy qurib yashashga о‘rgatgan. Qayumars, hatto hayvonlar va qushlarga ham sahovatpeshalik qilgan. 1 Boshqa manbada esa, Jamshid о‘z kuchiga mahliyo bо‘lib Xudoni unutdi, xalq bilan bamaslahat ish qilmay qо‘ydi; ideal hukmdor shaytonning makriga, yolg‘oniga ishonib aldandi, deb rivoyat qilinadi. U Xudoni unutgani sababli, yer qa’riga tortib ketdi, oltin davr ham tugadi. Ammo Jamshidning odamlarni turli kasb-hunarlarga о‘rgatganini, ezgu ishlarini odamlar uzoq vaqtgacha unutishmadi, deyiladi. 2 Islomgacha bо‘lgan afsonaviy hukmdorlarning turli tabiiy ofatlarga duch kelishi, olovni kashf etishi, ma’dan qazib olishi, dehqonchilikni yо‘lga qо‘yib ilk madaniyatni kashf etgani ta’kidlanadi. Yaratuvchanlik, bunyodkorlik g‘oyalari zardushtiylik diniga xos tushuncha bо‘lib, moddiy yaratuvchanlik qadri ulug‘lanadi. Mazkur shoh asar ta’limotdagi rivoyatga kо‘ra, birinchi shoh - Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda о‘lim bо‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekamu kо‘st, baxtiyor yashagan. Tо‘qqiz yuz yil о‘tgach, shoh Yima g‘ururga berilib, ma’n etilgan sigir gо‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh kо‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qо‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftdan joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Xayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) о‘rtasidagi kurashning ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bо‘ladi, о‘lganlar tiriladi. Axura Mazda butun olamni, yerni, suvni, о‘simliklarni, dastlabki odamni ham yaratgan emish. Yer yuzida paydo bо‘lgan birinchi odam Atoning nomi Iyim deb nolangan ekan. Axura Mazdaning kо‘rsatmasiga kо‘ra, Iyim yer yuziga turli jonli mavjudotlar, odamlar, xayvonlar, qushlar urug‘ini sochib, osoyishtalik bilan parvarish qilibdi. Ularning о‘sib ulg‘ayishi uchun shart bо‘lgan qizil shо‘la taratib turuvchi olovni kо‘paytiribdi. Shu asnoda Iyim 900 yil yashabdi. Odam bolasining soni kо‘payib yer yuzi torlik qila boshlabdi. Iyim esa xudodan iltijo qilib, yerni kengaytirishni sо‘rabdi va bunga erishibdi ham. Kunlardan bir kuni Iyim yer yuzini muzlik bosib kelayotgani haqida Iyimni abardor qilibdi. Iyim yer yuzida mavjud bо‘lgan tirik mavjudotlar urug‘ini saqlab qolish uchun shoshilinch choralar kо‘rishga kirishibdi. Maxsus uy qurib yer yuzida yashab turgan barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi zoti, a’lo navlaridan bir juftdan saqlab qolibdi. Shunday qilib Iyim, yer yuzida yashovchi tirik jonzotlarni dahshatli ofatdan saqlab qolgan ekan. Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga kо‘ra, Xudo odamzotni yaratganda uni umuman о‘lmaydigan, mangu yashaydigan qilib yaratgan ekan. Lekin о‘sha Odam Ato-Iyim о‘zi amalga oshirgan xayrli ishlardan mag‘rurlanib ketib, Xudo tomonidan ta’qiqlab qо‘yilgan ne’mat qoramol gо‘shtidan tanavul qilib qо‘yadi. Oqibatda Xudoning qahriga uchraydi. Shunday qilib odamzod abadiy yashash imkoniyatidan mahrum bо‘lib qolibdi. Zardushtiylik diniy ta’limoti mifologiyaga juda boy bо‘lib, odam boshli qanotli xо‘kiz va qanotli echkilar tasviri Amudaryo xazinasidan topilgan. Bu topilmalarning ma’naviyatga aloqador jihatlari professor T.Mahmudov kitobida batafsil keltirilgan. 1 Zardushtiylik mifologiyasiga kо‘ra Ajidhak, ya’ni ajdaho (forscha – “Zahhok”) uch boshli, uch og‘iz va olti kо‘zli qilib yaratilgan; yomonlik ilohi Axriman uni dunyoni odam zotidan tozalash maqsadida yaratgan, deyiladi. 2 Abulqosim Firdavsiyning о‘lmas “Shohnoma” asarida 3 tasvirlanishicha, Zahhok Eronning qadimiy afsonaviy shohlaridan biri bо‘lgan, uning qilgan gunohlari uchun ikki yelkasidan yeb tо‘ymas ikki ilon о‘sib chiqqan, bular doim yosh yigitlarning miyasini yegan, deyiladi. Ikki yelkasida ikki ilon bor shoh timsoli, ikki shohli Iskandar (arabcha–Zul Qarnayn)ga qaraganda qadimiyroq. Bunday ajdaho timsoli qadimgi davrda va о‘rta asrlarda turli rasm va haykallar orqali ifodalangan, odamlarda yovuzlikka qarshi nafrat va qо‘rq Avestoda tasvirlangan birinchi inson – Govamard (hо‘kiz-odam) obrazi dunyo dinlarining kо‘pida uchraydigan totemistik timsollarning eng qadimiysidir. Misrda xudo va ma’budlarni shaqal yo burgut boshli odam, odam boshli sher (sfinks) shaklida tasavvur qilgan bо‘lsalar, Qadimgi Yunonistonda minotavr – hо‘kiz tanali odam, kentavr – odam boshli ot rasmlari va haykallari kо‘plab uchraydi. Avestoda Quyosh xudosiga atab, Amudaryodan topilgan, tо‘rtta otga qо‘shilgan aravadagi ikki odam haykali, haykalchalar e.a. V-IV asrlarga tegishli bо‘lib, oltin haykalchada Mitraning ulug‘vor va jangovar qiyofasi tasvirlangan. Mitra aravasini taqdir va baxt ma’budasi hisoblangan Asha boshqaradi. Asha obrazi e’tiqod sari yо‘l ochadigan, bahodirlarga omad va zafar baxsh etadigan ma’buda deb e’zozlangan. Mitra yurtini dushmanlardan qо‘riqlovchi mard qahramon, mohir chavandoz sifatida tasvirlangan, uning oq uchqur oti, afsonaviy qurollari hamda yordamchilari, xususan ilohiy Vatragna haqida sо‘z boradi. Qahramonlik timsoli bо‘lgan Vatragna Zardusht qoshida turli qiyofalarda paydo bо‘ladi. Masalan, bir qasidada u Zardusht huzurida oltin shoxli novvosi bilan paydo bо‘ladi, u g‘oyat chiroyli va qudratli deb ta’riflanadi. Hо‘kiz, yuqorida qayd etilganidek, faqat tо‘kislik, farovonlik ramzi emas, qahramonlik timsoli ham deb bilingan. Shuning uchun bu davr san’ati yodgorliklari orasida sigir, buqa haykalchalari kо‘p uchraydi. Oltindan yasalgan buqa boshi haykali Oltintepadan topilishi ham buni isbotlaydi. Rivoyat qilinishicha, Vatragna uchinchi bor Zardusht qoshida oppoq uchqur tulporida paydo bо‘ladi. Insonning juda qadimiy va sodiq dо‘sti – ot ham juda qadrlangan va tasviriy san’atda aks ettirilgan. Qanotli ot haykallari juda kо‘plab topilgan. Beshinchi daf’a Vatranga qahrli qiyofada, xanjar tishli yirtqich shaklida namoyon bо‘lgan; oltinchi safar о‘n besh yoshli gо‘zal о‘smir siymosida, yettinchi daf’a – qush timsolida, sakkizinchi marotaba – yovvoyi tog‘ qо‘chqoridek egri muguz bilan, g‘oyat gо‘zal qiyofada kо‘rinadi; tо‘qqizinchi bor – yovvoyi echki qiyofasida namoyon bо‘ladi. О‘ninchi daf’a esa, Zardusht qoshida tillo tutgan, g‘oyat suluv va did bilan kiyingan ajoyib er qiyofasida paydo bо‘ldi, deb yozilgan Avestoda. Tog‘ echkisi - arxar, afsonaviy qush – semurg‘ kabi obrazlar Afrosiyob rasmlarida uchraydi. Avestoda “barsam” sо‘zi bir necha bor uchraydi. Barsam “barsman” sо‘zidan olingan bо‘lib, unmoq, о‘smoq, yashnamoq ma’nolarida, daraxtning yangi kesilgan novdalariga nisbat berib aytilgan. Zardushtiylar hamdu-sano lahzalarida qо‘llarida yangi kesilgan novda shoxlarini tutgan. Ba’zi manbalarda ta’kidlanishicha, anor daraxtining kesib olingan yosh navdasi shu sо‘z bilan ifodalangan. Tabiatning yasharishi, kо‘karishi bilan bog‘liq diniy tasavvurlar Anahita ma’budasini nabotot, suv homiysi sifati ulug‘lanishi, Navrо‘zning bayram qilinishida о‘z ifodasini topgan. Qurbonlik marosimida qо‘lida novda ushlab turgan odamlar rasmi, haykalchalari kabi osori atiqalar ham buni tasdiqlaydi. Anahitaga bag‘ishlangan she’rda ham novdaga ishora qilinadi, ya’ni: “Qо‘llarida barsman uning bir meyorda, Baldoqlari yaraqlagan, Tо‘rt qirrali, Oltin suvi yurg‘izilgan, Shavqatpesha Ardvisura Anahita Gardaniga chirmashgandir Gо‘zal shoda” 1 -deyiladi Avesto she’riy mantlarida. Yuqorida bayon etilganlardan xulosa qiladigan bо‘lsak, Zardushtiylik dini dunyo dinlari ichida eng qadimiylardan bо‘lib, ming yillar davomida sharq xalqlari, xususan Markaziy Osiyo xalqlari hayotida, ma’naviyatida muhim о‘rin egallab keldi. Islom kirib kelgandan keyin ham bu dinga e’tiqod qiluvchilar, ushbu dinning ta’siri keyinchalik ham ayrim urf-odatlarda, xususan, mozorlarga sham yoqish, kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish kabilarda saqlanib koldi. Zardusht diniy ta’limoti san’atning turli janrlarida, ayniqsa, me’morchilik, amaliy san’at, rangtasvir, haykaltaryoshlik va boshqa tasviriy san’at yо‘llarida ifoda etildi. О‘zbek xalqi ma’naviyatiga Avesto ta’limoti juda katta ijobiy ta’sir о‘tkazdi. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaxlit tizimga solgan bu asar insonning yaratuvchilik salohiyatini ulug‘lanadi, ijodkor bо‘lishga, don ekib, hosil yig‘ishga, dunyoni obod qilishga da’vat etdi. Ayni paytda mag‘rurlanib ketmaslik, yovuzlikka yon bosmaslikka undadi, mardlik, qahramonlik, vatanparvarlik fazilatlarini yuksak qadriyat darajasiga kо‘tardi.Qadriyatlar о‘sha davr jamiyatining ijtimoiy tuzilishi, turmush tarzi, barqarorligini ta’minlaydigan ne’matlar bо‘lib, turli ramzlar va timsollar orqali namoyon bо‘ladi. Zardushtiylikdagi afsonaviy jangchi odamlarda jangovarlik, vatan uchun kurashish g‘oyalarini uyg‘otuvchi, ularga kuch bag‘ishlovchi timsol bо‘lsa, ezgulik xudosi Axuramazda, farovonlik ma’budasi Anahita gо‘zallik ramzi bо‘lgan; yovuzlik xudosi Ahriman esa, о‘z timsollari bо‘lmish ajdar, dev, jin, ilon kabi jirkanch qiyofalarda tasvirlangan. Mifologik dunyoqarash kishilarning badiiy tafakkurini о‘stirib, badiiy tasvirlash qobiliyatini shakllantirdi. Rivoyat va afsonalarda xayoliy tarzdagi xudolar, ilohiy kuchlar, qahramonlar hamda yovuzlik timsollari tasviriy Download 105.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling