Telekamunikatsiya texnologiyalari


- Islom dinining paydo bo‘lishidagi ijtimoiy


Download 105.08 Kb.
bet6/6
Sana24.10.2023
Hajmi105.08 Kb.
#1718124
1   2   3   4   5   6
- Islom dinining paydo bo‘lishidagi ijtimoiy
siyosiy va madaniy sharoitlar.
Tayanch
tushunchalar: Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad
payg’ambar(a.s) hayoti va faoliyati. Vahiyning nozir bo‘la boshlashi.
Madinaga hijrat. Makkaning fath etilishi. Halifalik. Islomda mazhablarning
paydo bo’lishi, ilk ixtiloflar. Islom dining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’on
islom dining muqaddas kitobi. Hadislar. Islom ta’limotining oila muqaddasligi.
Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Islomda ayollarga
munosabat.
5.1 Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Islom dini ko‘p xalqlar orasida
keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar
jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.
«Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat»,
«Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim»
deb ataladi. Uning ko‘pchilik shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda
«Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida
kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada
quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-
610-yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot
boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622-yilda o‘z
tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu
yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati
shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari,
ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar
davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta
territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo yerlari - Movarounnahr (daryo ortidagi
yerlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo
qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab
Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga
xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi.
5.2. Mazhablarning paydo bo‘lishi: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik va
hanbaliylik. Islomda asosan ikki yo‘nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa -
sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo‘lib,
ularning har birida turli masalalar bo‘yicha bir qancha mazhablar mavjuddir.
Uchinchi yo‘nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi
yarmida deyarli bo‘linib ketgan.
Sunniylik yo‘nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy
mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe’iy; Molikiy; Hanbaliy.
2 ta aqidaviy Ash’ariy; Moturidiy ta’limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart:
1. Qur’oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini
bilmoqchi bo‘lsa, avvalo Qur’onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo‘lsa,
hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
2. Sunnat - Muhammad (s.a.v.) qilgan ishlari va aytgan so‘zlari. Hadislarga
asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab
olinishi zarurdir.
3. Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish)
darajasiga etgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul
qilishlaridir.
4. Qiyos - ya’ni, hukmi vorid bo‘lmagan masalani Qur’on va hadisda, shunga
o‘xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
Islomdagi yo’nalishlar. Siyosiy partiya, harakat, firqa va guruhlar. Aqidaviy
ta’limotlar. Fiqhiy mazhablar. Islomdagi ilk bo’linishlarning boshlanishi.
Hokimiyat masalasidagi turli fikrlar. Siffin voqeasi. Xorijiylik yo’nalishi va
ta’limoti. Mo’’taziliylik asoschisi va ta’limotlari. Shia yo’nalishining mazhab va
ta’limotlari. Ismoiliya. Qarmatiylik ta’limoti va harakatlari. Sunniylik aqidasi va mazhablari. Hanafiylik mazhabi. Tasavvuf yo’nalishi va
tariqatlari. Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tariqatlari. Zamonaviy
sufiylik ta’limotlari. Moturidiya va Ash’ariya aqidaviy ta’limotlari.
Vahhobiylik harakatining kelib chiqishi. Vahhobiylikning Markaziy Osiyoda
tarqalishi. XX asrdagi islohotchilik harakatlari. Panislomizm, panarabizm,
panturkizm tushunchalari. Tablig’ guruhi. Ixvonul muslimin tashkilotining
tuzilishi, turli firqalarga bo’linishi. Hizbut tahrirning shakllanishi, ta’limoti,
maqsadlari. Nurchilik harakatlari, maqsadlari. Akromiylik harakatlari va
ularning ayanchli oqibatlari. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Birinchi
jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi.
Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda
ma’rifiy islomning roli. Radikal diniy oqimlar. Fanatizmning salbiy oqibatlari.
Sobiq Ittifoqdan keyingi makonda diniy omilning faollashuvi. O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar
tuzishning taqiqlanishi. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga
milliy
istiqlol g’oyalarini singdirishning ahamiyati.
Islomdagi yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar. Insoniyat murakkab ijtimoiy
siyosiy jarayonni boshidan kechirmoqda. XXI asr mafkuralar to‘qnashuvi asri
bo‘lishini idrok etmoq zarur, bunda "XXI asrda yadro poligonlaridan emas,
balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo‘lishimiz, mafkuraviy immunitet
hosil qilishimiz lozim". Shuningdek, ‘‘G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi
fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishmog‘imiz, kurashmog‘imiz
kerak", degan so‘zlarni alohida esda tutishimiz darkor. Mustabid tuzum,
jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g‘oyalarga qarshi milliy istiqlol g‘oyasini
qo‘ya bilishimiz zarur. Milliy istiqlol g‘oyasi qanday mazmun kasb etadi?
Avvalo, milliy istiqlol g‘oyasi millatidan qat’i nazar O‘zbekiston
Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O‘zbekiston xalqi (Konstitutsiya,
8-modda) manfaatini ifoda etishini anglamog‘imiz kerak.
Milliy istiqlol g‘oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi, xalq farovonligi va
kelajagi buyuk bo‘lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo‘layotgan tahdidlar
ichida eng xavflisi - mafkuraviy tahdid, uning sinashta bo‘lgan uslubi,
ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo‘llaydiganlari - diniy omil hisoblanadi.
Ana shunday sharoitda mintaqada, xususan, O‘zbekistonda, o‘z ta’sirini
o‘tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan holda Islom
omilidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo‘ldilar. Islom dinining
sof g‘oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Ya’ni,
Alloh, Islom kabi so‘zlarni qo‘shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya,
tashkilotlar — "Islom uyg‘onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb
at-tahrir al-islomiy" (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud
konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, yaxlit jug‘rofiy hududda Islom
davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar.
Bu borada "Islom ta’limoti nima deydi?" degan o‘rinli savol tug‘iladi. Har qanday ta’limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o‘rganish maqsadga
muvofiqdir. Ana shu yo‘ldan borib, Islom dinida fiqhiy va aqidaviy jihatdan
qanday bo‘linish, ajralishlar bo‘lgani, uning sabablarini ilmiy, qiyosiy jihatdan
o‘rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi.
Islomning lug‘aviy ma’nosi "Buyuruvchining farmoni va ta’qiqiga e’tirozsiz
bo‘ysunish hamda uni buyurilgandek bajarish", demakdir. Islomning
istilohniy ma’nosi Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg‘ambarlar insonlarga
Islom dinidan ta’lim berganlar. Alloh taologa, Uning sifatlariga, oxirat kuniga
payg‘ambar yo‘llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib
bergan to‘g‘ri yo‘ldan borish, Yaratganni yagona bilib, Undan boshqasiga
ibodat qilmaslikdir.
Shariat - to‘g‘ri yo‘lga solmoq, qonunchilik yo‘naltirmoq, ibodat yo‘llari,
hayotiy va ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar,
halol bilan haromni ajratib bermoqdir.
Qur’on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu qonunlar fiqh ilmi
deyiladi.
Istilovda "fiqh" "Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad (S.A.V.) orqali nozil
qilgan shariatni teran fahmlamoq" ma’nosini bildiradi. "Fiqh"ning shariat
istilohidagi boshqa ta’rifida "Shar’iy dalillardan qar’iy hukmlar chiqarishdir",
deyiladi. Bu ta’rifdagi "Shar’iy dalil" Qur’oni karim va hadisi sharifdir. "SHar’iy
hukm" esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda
shar’iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo‘ladi. Zamonlar
o‘tishi bilan, Al-istinbat - chiqarib olish, sug‘urib olish uslublari shakllana
bordi. Ijtihod qilish natijasida qat’iy dalolat qilib berilmagan hukmlar, fikrlar
xususida ijmo - ya’ni, yetuk ulamolarning o‘zaro kengashib bir fikrga kelishlari
taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar
bilan birga yangi bir fan - usuli fiqh - ya’ni, musulmon huquqshunosligi
vujudga keldi. Mazhab so‘zi arabcha “yo‘nalish” ma’nosini bildirib, Islom
atamashunosligida biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan ulamo
fikriga ergashish, "uning yurgan yo‘nalishidan borish" (arabcha - zaxaba ‘ala
mazhabixi)ni bildiradi.
1.Hanafiylikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash
Shayboniyning (vafoti 805-yil) "Kutub Zaxirurrivoya" nomli kitobi. Keyinroq
uning muhim qismlarini Abul Fodi al-Marvazi "Al-Kofiy" asarida yanada
tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi (vafoti 1090-yil) "Al-Mabsut"
nomli sharh yozdi.
2. Molikiylikda Molik ibn Anasning "Al-Muvatta" ("Ommaviy", ya’ni "Barchaga
tushunarli") kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning
(vafoti 854-yil) "Al-Mudavvana al-Kubra" asari alohida o‘rin tutadi.
3. Shofe’iylikda «Al-Umm» kitobi asosiy manbadir.
4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba
sifatida qaraladi.
Hanafiylik, No‘mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o‘ziga xos tushunchalar, ifoda - til va
uslubiyat shakllandi. Fiqh paydo bo‘lishining ilk davridayoq, ikki yo‘nalish
maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo‘lib, u yana "mustaqil
fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra’y), ikkinchi - Madina maktabi esa "hadis
tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq - maktablar
o‘z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda
ularga meros bo‘lib qolgan huquqiy an’analar bilan belgilanadi.
"Ashob ar-ra’y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A’zam Abu
Hanifa (r.a.) hisoblanadi.
Hanafiya Islomdagi eng ko‘p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu
Hanifa 699-767-yillarda yashagan. Ma’lumki, huquqshunoslik markazlaridan
biri Iroqdagi Kufa shahri bo‘lgan, Payg‘ambarimizning sahobalari Abdulloh
ibn Mas’ud (vaf. 653-y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar
tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaro sifatida tan olindi va
ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738-y.)
mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo‘lgan.
Abu Hanifa kufalik bo‘lib, o‘zining ismi No‘mon ibn Sobit edi. O‘ziga to‘q ipak
sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A’lo ta’lim olib, yoshligida so‘nggi
sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod
ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo‘ladi.
Ustoz vafotidan so‘ng 10 yil davomida ushbu to‘garakka rahbarlik qiladi. U
Kufa va Basraning eng obro‘li faqihi hisoblangan. 747-748-yili uni davlat
xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko‘chib
o‘tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda
nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag‘dodda
unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat’iyan
rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo‘ysundirish uchun yoshi va
obro‘siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi.
Oradan ko‘p o‘tmay, Abu Hanifa olamdan o‘tadi.
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi
ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy
jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo‘lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni
ishlatish orqali boyitadi.
Hanafiy mazhabi ta’limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari Abu Hanifaning
huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o‘zga
huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo‘lib bitimlarga oid qoidalarni
ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o‘z aksini topgan. Salam
bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to‘lashni
ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o‘zida
ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar
ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o‘zi olgan narx ustiga shartlangan
foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo‘rlikning oldi olingan.
Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat
ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog‘at yoshiga
etgan inson mustaqil bo‘lib, o‘z mulkini o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishi
mumkindir.
Download 105.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling