Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари


 Mobil aloqaning 4G avlodini tashkil etadigan texnologiyalar


Download 187.14 Kb.
bet18/32
Sana07.08.2023
Hajmi187.14 Kb.
#1665655
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш му

2.2. Mobil aloqaning 4G avlodini tashkil etadigan texnologiyalar 
Mobil tizimlarining to‟rtinchi avlodi, eng avval, ma‟lumot uzatishning 

yuqori tezligi va nutqli aloqaning oshirilgan sifati bilan ifodalanadi. Yuqorida


ta‟kidlanganidek, mobil va keng polosali aloqa tizimlarining to‟rtinchi avlodi 
100Mbit/sdan ortiq tezlikda ma‟lumot uzatish imkonini beradigan texnologiyalar
kiradi. Bugungi kunda nazariy jihatdan ma‟lumotlarni uzatish tezligi 1Gbit/sgacha 
bo‟lgan KSU tizimlaridan Wi-Fi (IEEE 802.11n standarti) va WiMAX (IEEE
802.16m standarti), shuningdek, mobil aloqa texnologiyasi - LTE (aniqrog‟i uning 
takomillashtirilgan varianti LTE-Advanced) bu imkoniyatlarga qodirdirlar. Wi-Fi
va WiMAX KSUtexnologiyalari ko‟plab o‟xshashliklarga egaligi sababli, mazkur 
qo‟llanmada biz Wi-Fi texnologiyasining faqat qisqa bayoni bilan chegaralanamiz
va LTE hamda WiMAX texnologiyalarini tahliliga asosiy e‟tiborni qaratamiz. 
LTE texnologiyasi. 3GPP Long Term Evolution (3GPP LTE ) - (ingl.
3GPPni uzoq muddatli rivojlanish loyihasi”) - bu ma‟lumot uzatish tezligi 
bo‟yicha bo‟lajak talablarni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish
loyihasining to‟liq nomidir [18]. Ushbu takomillashtirishlar, masalan, tizimning 
samaradorligini
oshirish, 
javob
kechikishini 

qisqartirish,


ko‟rsatilayotgan 
xizmatlarning turini kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil aloqa texnologiyalari
bilan integrasiyalanishini yaxshilash bo‟lishi mumkin.
3GPP LTE standartida ma‟lumot uzatish tezligi nazariy jihatdan pasayuvchi
liniyada (ingl. Download) 326,4 Mbit/sgacha ko‟tariluvchi liniyada esa (ingl. 


Upload) 172,8 Mbit/sgacha еtishi mumkin (3GPPning 8 relizi uchun)
3

Shuningdek, LTE tizimida javobni kechikish vaqtini (ya‟ni so‟rovni jo‟natish va


javobni olish orasidagi vaqt) qisqartirishga erishildi. LTE tizimida polosaning 
ishchi kengligi o‟zgaruvchan bo‟lib u 1,25MGs dan 20MGs gacha bo‟lishi
mumkin (bunda tarmoq 450MGs dan 2,6GGs gacha bo‟lgan keng chastotalar 
diapazonida ishlay oladi). LTE to‟liq kanallarni paketli kommutasiyalash asosida
3

LTE loyihasi doirasida ham qo‟zg‟almas , ham harakatdagi abonentlar uchun laboratoriya va shaxar sharoitlarida


108 Мbit/s ga teng signal o‟tkazish qobiliyatiga erishildi.





36
quriladi, ikkitaraflama uzatish rejimi (ingl. Dual Transfer Mode - DTM) esa bir 


vaqtda nutqli aloqa va ma‟lumotlarni uzatish imkoniyatini beradi.


Kutilmoqdaki, LTE texnologiyasi mavjud sotali aloqa tarmoqlari uchun 
to‟rtinchi avlod sari evolyusion o‟tishni ta‟minlaydi va sotali operatorlarga tezligi
yuqori va unumdor keng-polosali ulanish mobil tarmoqlarini yaratish imkoniyatini 
beradi. Shu bilan birga u nafaqat ulanish tezligini oshiradi, balki funksiyalar
turkumini ham kengaytirishga imkon beradi.

WiMAX texnologiyasi. Worldwide Interoperability for Microware Acces


(WiMAX) - (ingl., O’YuCh diapazonida ulanish bo’yicha butun dunyo 


hamkorligi) - bu IEEE
4
instituti (802.16 guruhi) tomonidan standartlashtirilgan 

katta masofalarda “so‟nggi milya” muammosining alternativ еchimi sifatida qayd


qilingan simli liniyalar va kabel texnologiyalarini to‟ldiruvchi keng polosali simsiz 
ulanish texnologiyasidir. WiMAX texnologiyasidan shahar miqyosida keng
polosali ulanish tarmoqlarini (ingl. - Metropolitan Area Networks, MAN) yaratish, 
simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilish (“nuqta - ko‟p nuqta” rejimi), bir-biridan
olis obеktlar orasida yuqori sifatli aloqa tashkil etish (“nuqta - nuqta” rejimi) va 
shunga o‟xshash masalalarni еchish uchun foydalanish mumkin [19,21].
Umuman olganda IEEE 802.16 standartining bazaviy xarakteristikalari 50 

kilometrgacha bo‟lgan ta‟sir uzoqligini, to‟g‟ri ko‟rinish zonasidan tashqarida


ishlash imkoniyatini, BS ning bitta sektoriga (jami BS 6tagacha sektorlarga ega 
bo‟lishi mumkin) ma‟lumot almashuv tezligini maksimal (pik) holatda
70Mbit/sgacha ko‟tarilishini ko‟zda tutadi. WiMAX tarmoqlarining jihozlari 2 - 
11GGs diapazonida 10MGs kenglikdagi bir necha kanallarda ishlashi mumkin.
Chastota 
diapazonlarning
bunchalik 
keng
tanlanishi 

dunyoning


ko‟plab

mamlakatlari spesifikasiyalarini hisobga olish uchun qilingan.


Shunday qilib WiMAX ma‟lumot uzatish tezligi bo‟yicha simli tarmoqlar 
bilan taqqoslana oladigan va unumdorlik hamda qoplash bo‟yicha zamonaviy Wi-
Fi tarmoqlaridan yuqoriroq bo‟lgan Internetga tezkor ulanish uchun yaratilgan 
4

IEEE - Institute of Electrical and Electronics Engineers (ingl. Elek tronik a va elek trotexnik a bo’yicha muhandislar 



instituti) ma‟lumotlarni simli va simsiz uzatish tarmoqlari sohasida standartlarni ishlab chiqish bilan shug‟ullanadi.
Ular orasida 802.3 (Ethernet), 802.11 (Wi-Fi), 802.15 (Bluetooth), 802.16 (WiMAX) va boshqa standartlar bor..


37
texnologiya xisoblanadi. O‟z navbatida, WiMAXning “magistral tarmoqlari”ning 


davomi bo‟lib ayni Wi-Fi lokal tarmoqlari yoki foydalanuvchilarning turli tijorat


va maishiy simli tarmoqlari xizmat qilishi mumkin. Ideal xolatda, WiMAX, soha 
standartlariga asoslangan bo‟lib, shaharlar va qishloqlarda uy foydalanuvchilari,
korxonalar va mobil simsiz tarmoqlar uchun yuqori tezlikdagi, shu bilan birga
nisbatan qimmat bo‟lmagan aloqani tashkil etish uchun ishlab chiqilgan
texnologiyadir. 



Download 187.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling