Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари


 Mobil aloqa 4G tarmoqlarining asosiy tavsiflari


Download 187.14 Kb.
bet14/32
Sana07.08.2023
Hajmi187.14 Kb.
#1665655
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш му

1.3. Mobil aloqa 4G tarmoqlarining asosiy tavsiflari 
4G oilasiga mobil aloqa tarmoqlarida 100 Mbit/sdan ortiq tezlikda 

ma‟lumotlarni uzatishga imkon beradigan texnologiyalarni kiritish ko‟zda tutilgan.


Keng tushunchada, 4G - bu yana ma‟lumot uzatuvchi umumiy ulanish 
tarmoqlariga (masalan, Internetga), shuningdek Wi-Fi (uning yangi standartlari) va
WiMAX (nazariy jihatdan bu standartda tezlik 1 Gbit/sdan ortishi mumkin) 
tarmoqlariga simsiz keng polosali ulanish texnologiyalaridir. Taqqoslansa, hozirda
dunyoda keng tarqalgan GSM/EDGE (2G/2,5G) sotali aloqa standartida 
ma‟lumotlarni uzatish tezligi atigi 384 kbit/s ni tashkil etadi. Asosan Yevropa,
AQSh va Osiyoning bir necha mamlakatlaridagi (Yaponiya, Tayvan, Singapur) 
3,5G avlod tarmoqlarida tezlik 7–14,4 Mbit/s gachani tashkil etadi.
To‟rtinchi avlod tizimlarini avvalgilardan, (3G) bosh farqi shundaki, bu 

texnologiyalar ma‟lumotlarni to‟la paketli uzatish protokollariga asoslangan,


vaxolanki 3G tizimlari o‟zida ham nutq, ham paket trafigini uzatish protokollarini 
birlashtirgan edi. XTI 4G tizimlarini uzatuvchi va qabul qiluvchi orasida ma‟lumot
almashish tezligini to‟liq harakat sharoitida 100Mbit/sgacha, cheklangan harakat 
sharoitida esa (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi tarafidan) 1Gbit/sgacha erishishga
imkon beradigan simsiz aloqa texnologiyalari deb aniqlaydi. 4G da ma‟lumotlarni 
uzatish IPv6 (IP protokolini 6–versiyasi) protokoli asosida amalga oshiriladi va bu
tarmoqlarning o‟zaro ishlashini, ayniqsa, agar ular turli texnologiyalarga mansub 


26
bo‟lganda sezilarli ravishda osonlashtiradi. Yuqorida ko‟rsatilgan ma‟lumot 


uzatish tezliklarini ta‟minlash uchun istiqbolda yuqori 40 va 60 GGs


diapazonlardagi chasatotalardan foydalanish ko‟zda tutiladi. Ammo yaqin 
kelajakda 4G tarmoqlari 10GGs dan pastki diapazonni “o‟zlashtiradi”. 4G uchun
qabul qilish/uzatish jihozlari yaratuvchilari radiointerfeys darajasida raqamli 
radioeshittirishda sinalgan chastotalarni ortogonal ravishda ajratish yo‟li bilan
multiplekslash 
-
OFDM

texnologiyasini


qo‟llashdi. 
Signallarni
manipulyasiyalashning bunday uslubi o‟zaro halaqitlarsiz va buzilishlarsiz 
ma‟lumotlarni sezilarli darajada “siqish” (ham chastota, ham vaqt jihatdan)
imkoniyatini beradi. Bunda chastotalar ortogonollikka rioya qilingan holda bo‟lib 
chiqiladi: ya‟ni har bir tashuvchi to‟lqinning amplituda maksimumi qo‟shni
tashuvchilarning amplituda noliga (yoki minimumiga) teng bo‟ladi. Bu bilan 
ularning o‟zaro ta‟siri (kanallararo interferensiya) yuzaga kelmaydi, shuningdek,
chastota spektri samaraliroq ishlatiladi, chunki interferensiyaga qarshi himoya 
polosalari kerak bo‟lmaydi. Signalni uzatish uchun fazani surish modulyasiyasi
(PSK va uning turli ko‟rinishlari) qo‟llaniladi. Bunda aloqaning yuqori 
ishonchliligi ta‟minlanadi. Yoki kanalning o‟tkazish qobiliyatidan maksimal
foydalanishga imkon beradigan va zamonaviyroq bo‟lgan kvadratura - 
amplitudaviy modulyasiya (QAM) qo‟llaniladi. Aniq modulyasiya turi talab
qilinadigan tezlik va qabul qilish sharoitlariga bog‟liq ravishda tarmoq tomonidan 
dinamik holda tanlanadi. Uzatishda signal ma‟lum sonli parallel oqimlarga
bo‟linadi va qabul qilishda, bu oqimlar teskari ravishda bitta signalga yig‟iladi.
O‟ta yuqori chastotalarda ishonchli uzatish va qabul qilish uchun 4G 

tarmoqlarida adaptiv antennalar tizimlari (AAT) xamda ko‟plab qabul qilish va


ko‟plab uzatish (MIMO) texnologiyasidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Garchi 
shahar sharoitida AAT tizimlariga signalni to‟g‟ri yo‟nalishni aniqlashga
signalning so‟nishi (signal tarqalishida vujudga keladigan buzilishlar) halaqit 
bersada, bu еrda OFDMning yana bir afzalligi – so‟nishlarga va “ko‟pnurlilikka”
nisbatan barqarorligi qutqaradi. OFDM texnologiyasi bazaviy stansiya (BS) va 


27
abonent uskunasi (AU) orasida to‟g‟ri ko‟rinish

bo‟lmagan sharoitlarda ham yaxshi 
ishlaydi.


Download 187.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling