Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари


Harakatdagi radioaloqa tizimlarining vazifasi va xizmat ko’rsatish zonasining o’lchami


Download 135.09 Kb.
bet6/9
Sana15.12.2022
Hajmi135.09 Kb.
#1007994
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abbos amaliyot

II BOB. 4G MOBIL ALOQA TARMOQLARI XIZMAT KO’RSATISH SIFATINI BAHOLASH

2.1. Harakatdagi radioaloqa tizimlarining vazifasi va xizmat ko’rsatish zonasining o’lchami


Harakatdagi radioaloqa tizimilari(XRT)ni vazifasi va xizmat ko’rsatish zonasining o’lchamlariga bog’liq ravishda 4 sinfga ajratish mumkin:

  1. Xizmat ko’rsatish zonasi bitta nurda 400-800 km va orbitaning balandligiga bog’liq ravishda bir sun’iy yo’ldosh uchun 3000-8000 km diametrdagi sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari;

  2. Ta’sir etish radiusi 0.3 dan 35 kmgacha bo’lgan uyali harakatdagi radioaloqa tizimlari;

  3. Xizmat ko’rsatish zonasi antennaning ko’tarilish balandligiga qarab 2 dan 50 km gacha bo’lgan radiusda ishlovchi professional mobil (Tranking) radioaloqa tizimlari;

  4. Sota o’lchamlari 0.3 km radiusgacha bo’lgan simsiz telefoniya tizimlari.

Turli sinflardagi tizimlar orasidagi farq, avvalo, taqdim etiladigan xizmat turlari va sifatidan iborat. Yuqoriroq sifatni ham mobil, ham stasionar (umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari, ISDN va boshqalar) abonentlar uchun ikki tomonlama radioaloqa xizmatlarini taqdim etadigan sotali tarmoqlar va simsiz telefoniya tizimlari ta’minlaydi. Aynan shu xizmatlar, lekin kamroq imkoniyatlar bilan sun’iy yo’ldoshli tizimlarda ishlatiladi. PMR tizimlarida esa asosiy xizmat ko’rsatish turlari yarim dupleksli aloqa va abonentlarni guruhli chaqirish hisoblanadi
Xizmat ko’rsatish zonalarining o’lchamlari xizmat ko’rsatiladigan hudud bo’yicha abonentlarning zichligi va taqsimlanish xarakteriga bog’liq. Abonentlar soni yuqori zichlikli joylarda 100m gacha radiusli femtosotalar va pikosotalar yaratiladi, ko’p binoli va aholisi yuqori zichlikda joylashgan hududlarda esa mikrosotalar (0.1-0.5 km) tashkil etiladi. Shahar va shahar atrofidagi zonalarni qamraydigan makrosotali zonalarning ta’sir etish radiusi 30-35 kmdan oshmaydi.
Olis va borish qiyin tumanlarda qishloq joylarida abonentlarga xizmat ko’rsatish ham sotali, ham sun’iy yo’ldoshli tizimlarda amalga oshirilishi mumkin.
Sotali tarmoqlar va simsiz telefoniya tizimlari bir kvadrat kilometrli hududda 10000 erlangacha bo’lgan katta zichlikda joylashgan abonentlarga xizmat ko’rsatishi mumkin. Tranking tarmoqlar esa trafik hajmi 1-2 erl/kv.kmdan oshmagan hollarda samaraliroq hisoblanadi. Sotali tizimlarda spektral samaradorlikni oshirish uchun TDMA va CDMA ko’p stansiyali ulanish texnologiyalari qo’llaniladigan keng polosali kanallardan foydalaniladi. Shu bilan bir vaqtda PMR tarmoqlarda asosan FDMA yoki TDMA li qisqa polosali kanallar qo’llaniladi.
Boshqa farqlar aloqani tashkil etish sxemasida bo’ladi. Sotali aloqa va simsiz telefoniya tizimlarida abonentlar orasida individual chaqiruvlar amalga oshiriladi. Bunda so’zlashuvning o’rtacha davomiyligi bir necha minutlarga еtishi mumkin. PMR tizimlarining odatiy ish rejimi esa qisqa uzatishga, lekin tez-tez chaqiruvlarga (1 minutdan kam) asoslangan. Chaqiruvlar to’g’ridan-to’g’ri, yoki dispetcher orqali amalga oshirilishi mumkin. PMR tizimlarida aloqa o’rnatish vaqti qoidaga ko’ra, 0.3s dan oshmasligi kerak.
Chastotaviy resursdan foydalanish usuli bo’yicha harakatdagi radioaloqa tizimlari ikki sinfga ajratiladi:

  • abonentlarga kanallar qattiq biriktirilgan aloqa tizimlari;

  • umumiy xizmat ko’rsatish zonasida abonentlarning talabi bo’yicha kanallarni taqdim etishli tizimlar.

Kanallarning o’zgartirilmasdan biriktirishli tizimlarda yuqori operativ aloqa ta’minlanadi. Kanallarni o’zgartirilmasdan biriktirish prinsipi PMR konvensional tizimlarida keng tarqaldi. Tranking tizimlar erkin ulanishli tizimlar qatoriga kiradi

Download 135.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling