Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари
Mobil aloqaning 4G avlodini tashkil etadigan texnologiyalar
Download 135.09 Kb.
|
Abbos amaliyot
2.2. Mobil aloqaning 4G avlodini tashkil etadigan texnologiyalar Mobil tizimlarining to’rtinchi avlodi, eng avval, ma’lumot uzatishning yuqori tezligi va nutqli aloqaning oshirilgan sifati bilan ifodalanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, mobil va keng polosali aloqa tizimlarining to’rtinchi avlodi 100Mbit/sdan ortiq tezlikda ma’lumot uzatish imkonini beradigan texnologiyalar kiradi. Bugungi kunda nazariy jihatdan ma’lumotlarni uzatish tezligi 1Gbit/sgacha bo’lgan KSU tizimlaridan Wi-Fi (IEEE 802.11n standarti) va WiMAX (IEEE 802.16m standarti), shuningdek, mobil aloqa texnologiyasi - LTE (aniqrog’i uning takomillashtirilgan varianti LTE-Advanced) bu imkoniyatlarga qodirdirlar. Wi-Fi va WiMAX KSUtexnologiyalari ko’plab o’xshashliklarga egaligi sababli, mazkur qo’llanmada biz Wi-Fi texnologiyasining faqat qisqa bayoni bilan chegaralanamiz va LTE hamda WiMAX texnologiyalarini tahliliga asosiy e’tiborni qaratamiz.
LTE texnologiyasi. 3GPP Long Term Evolution (3GPP LTE) - (ingl. “3GPPni uzoq muddatli rivojlanish loyihasi”) - bu ma’lumot uzatish tezligi bo’yicha bo’lajak talablarni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish loyihasining to’liq nomidir [18]. Ushbu takomillashtirishlar, masalan, tizimning samaradorligini oshirish, javob kechikishini qisqartirish, ko’rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil aloqa texnologiyalari bilan integrasiyalanishini yaxshilash bo’lishi mumkin. 3GPP LTE standartida ma’lumot uzatish tezligi nazariy jihatdan pasayuvchi liniyada (ingl. Download) 326,4 Mbit/sgacha ko’tariluvchi liniyada esa (ingl. Upload) 172,8 Mbit/sgacha еtishi mumkin (3GPPning 8 relizi uchun)1. Shuningdek, LTE tizimida javobni kechikish vaqtini (ya’ni so’rovni jo’natish va javobni olish orasidagi vaqt) qisqartirishga erishildi. LTE tizimida polosaning ishchi kengligi o’zgaruvchan bo’lib u 1,25MGs dan 20MGs gacha bo’lishi mumkin (bunda tarmoq 450MGs dan 2,6GGs gacha bo’lgan keng chastotalar diapazonida ishlay oladi). LTE to’liq kanallarni paketli kommutasiyalash asosida quriladi, ikkitaraflama uzatish rejimi (ingl. Dual Transfer Mode - DTM) esa bir vaqtda nutqli aloqa va ma’lumotlarni uzatish imkoniyatini beradi. Kutilmoqdaki, LTE texnologiyasi mavjud sotali aloqa tarmoqlari uchun to’rtinchi avlod sari evolyusion o’tishni ta’minlaydi va sotali operatorlarga tezligi yuqori va unumdor keng-polosali ulanish mobil tarmoqlarini yaratish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga u nafaqat ulanish tezligini oshiradi, balki funksiyalar turkumini ham kengaytirishga imkon beradi. WiMAX texnologiyasi. Worldwide Interoperability for Microware Acces (WiMAX) - (ingl., O’YuCh diapazonida ulanish bo’yicha butun dunyo hamkorligi) - bu IEEEi instituti (802.16 guruhi) tomonidan standartlashtirilgan katta masofalarda “so’nggi milya” muammosining alternativ еchimi sifatida qayd qilingan simli liniyalar va kabel texnologiyalarini to’ldiruvchi keng polosali simsiz ulanish texnologiyasidir. WiMAX texnologiyasidan shahar miqyosida keng polosali ulanish tarmoqlarini (ingl. - Metropolitan Area Networks, MAN) yaratish, simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilish (“nuqta - ko’p nuqta” rejimi), bir-biridan olis obеktlar orasida yuqori sifatli aloqa tashkil etish (“nuqta - nuqta” rejimi) va shunga o’xshash masalalarni еchish uchun foydalanish mumkin [19,21]. Umuman olganda IEEE 802.16 standartining bazaviy xarakteristikalari 50 kilometrgacha bo’lgan ta’sir uzoqligini, to’g’ri ko’rinish zonasidan tashqarida ishlash imkoniyatini, BS ning bitta sektoriga (jami BS 6tagacha sektorlarga ega bo’lishi mumkin) ma’lumot almashuv tezligini maksimal (pik) holatda 70Mbit/sgacha ko’tarilishini ko’zda tutadi. WiMAX tarmoqlarining jihozlari 2 - 11GGs diapazonida 10MGs kenglikdagi bir necha kanallarda ishlashi mumkin. Chastota diapazonlarning bunchalik keng tanlanishi dunyoning ko’plab mamlakatlari spesifikasiyalarini hisobga olish uchun qilingan. Shunday qilib WiMAX ma’lumot uzatish tezligi bo’yicha simli tarmoqlar bilan taqqoslana oladigan va unumdorlik hamda qoplash bo’yicha zamonaviy WiFi tarmoqlaridan yuqoriroq bo’lgan Internetga tezkor ulanish uchun yaratilgan texnologiya xisoblanadi. O’z navbatida, WiMAXning “magistral tarmoqlarining davomi bo’lib ayni Wi-Fi lokal tarmoqlari yoki foydalanuvchilarning turli tijorat va maishiy simli tarmoqlari xizmat qilishi mumkin. Ideal xolatda, WiMAX, soha standartlariga asoslangan bo’lib, shaharlar va qishloqlarda uy foydalanuvchilari, korxonalar va mobil simsiz tarmoqlar uchun yuqori tezlikdagi, shu bilan birga, nisbatan qimmat bo’lmagan aloqani tashkil etish uchun ishlab chiqilgan texnologiyadir. Download 135.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling