Telekommunikatsiya injiniringi kafedarasi


- MA’RUZA OPTIK ALOQA TIZIMLARINING TASNIFI


Download 459.5 Kb.
bet5/14
Sana28.02.2023
Hajmi459.5 Kb.
#1235677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
IPI Каримов

2- MA’RUZA
OPTIK ALOQA TIZIMLARINING TASNIFI
Reja:
2.1. Optik aloqa tizimlarining tasnifi. Raqamli va analog tolali optik aloqa tizimlari. Xalqaro, magistral, regional, mahalliy va abonent ulanish optik aloqa tizimlari.
2.2. Tolali optik aloqa tizimlarining optik kanallarini zichlashtirish usullari: vaqt bo‘yicha zichlashtirish, chastota bo‘yicha zichlashtirish, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish.

2.1. Optik aloqa tizimlarining tasnifi. Raqamli va analog tolali optik aloqa tizimlari. Xalqaro, magistral, regional, mahalliy va abonent ulanish optik aloqa tizimlari
Qo‘llaniladigan modulyasiya turiga ko‘ra tolali optik aloqa (TOA) tizimlari analog va raqamliga bo‘linadi.
Analog TOA tizimlarida modulyasiyaning analog usullari: intensivlik bo‘yicha modulyasiyalash, amplituda, chastota va faza modulyasiyasi turlari ko‘llaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta’minlash texnik murakkabligi sababli analog TOA tizimlaridan foydalanish chegaralangan. SHunga qaramay bir qator soxalarda qo‘llaniladi (optik kabelli televidenieda, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlarida).
Raqamli TOA tizimlarida modulyasiyalashning diskret usullaridan foydalaniladi. Bunda signal tashuvchining biron-bir parametri diskret o‘zgaradi, yani boshlang‘ich parametrning qiymatlar sohasi kvantlash sathlariga bo‘linadi, xar bir kvantlash sathiga mos ravishda aniq diskret signal qo‘yiladi.
Vazifasi va signallarni uzatish masofasiga ko‘ra TOA tizimlari magistral, mintaqaviy, maxalliy-shaxar va qishloq aloqa tizimlariga bo‘linadi. Magistral TOA tizimlari signallarni 1000 km ga, zona TOA tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shaxar TOA tizimlari shaxar telefon tarmog‘ining bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
2.3. Tolali optik aloqa tizimlarining optik kanallarini zichlashtirish usullari: vaqt bo‘yicha zichlashtirish, chastota bo‘yicha zichlashtirish, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish
TOAT liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va tÿlqin uzunligi bo‘yicha.

Download 459.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling