Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178
Bog'liq
T

Trafik injiniringi. Tarmoqning topologiyasi va o‘tkazish qobiliyatini 
tez o‘zgartirib bo‘lmasligi natijasida, trafikni notekis taqsimlanishi 
tarmoqni ba’zi bir qismlarida o‘ta yuklanishga sabab bo‘lishi mumkin, 
xattoki tarmoqni umumiy o‘tkazish qobiliyati umumiy talablardan katta 
bo‘lsa ham. Tavsiya etilayotgan usulda har bir kiruvchi marshrutizator 
chiquvchiga nisbatan ikkita LSPga ega. Birinchi LSP – Premium trafik 
uchun qo‘llaniladi, ikkinchi LSP - Assured va Best effort trafik uchun 
birgalikda 
qo‘llaniladi. 
Mijozlardan 
keluvchi 
trafik 
kiruvchi 
marshrutizatorlarda, kiruvchi interfeyslarda klassifikatsiyalanadi va mos 
kelgan LSPga tushadi. Shuningdek tarmoq Operatorlari qo‘shimcha 
xizmatlar singari ko‘pgina maydonlar (jo‘natuvchi va qabul qiluvchining 
IP adresi, portlar raqami, protokollarning identifikatorlari va b.q ) bo‘yicha 
klassifikatsiyani taqdim etishi mumkin. 


280 
Trafik injiniringi ikkita maqsadda xizmat qiladi: 
- trafikni notekis taqsimlash tufayli yuzaga keladigan o‘ta yuklanish 
holatini (maksimal imkoniyatli bosqichda) oldini olish; 
- agar o‘ta yuklanish yuzaga kelsa, uni tez bartaraf etish.  
To‘rtinchi qadam: sinflarga bo‘lish asosida rejalashtirish va 
navbatlarni tashkil etish. ЕХР maydoni asosida, turli sinflardagi MPLS 
paketlarining sarlavhasi turli navbatlarda joylashtiriladi. Ishlab chiqarishni 
konfiguratsiyasi va navbatlar o‘lchami qiyin masala hisoblanadi. 
Imkoniyatli yo‘nalishlardan birini ko‘rib chiqamiz. Interfeysdagi har bir 
navbatni kiruvchi oqim tezligi, LSP berilgan navbatdagi barcha o‘tuvchi 
tezliklarning yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu LSPlarning tezligi SNMP 
protokoli yordamida olinishi mumkin. Har bir sinfni nisbatan muhimligiga 
(masalan, pulli bahosi) bog‘liq holda, ularga turli og‘irliklar kiritish 
mumkin. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling