Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Y.1541 tavsiyasining etalon marshruti


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178
Bog'liq
T

Y.1541 tavsiyasining etalon marshruti. Y.1541 tavsiyalarida 
aniqlangan u oxirdan bu oxirga IP ishining xarakteristikalari, 4.2-rasmda 
ko‘rsatilganidek NI dan NI gacha qo‘llaniladi. IP- tarmog‘ida u oxirdan bu 
oxirga tarmoq marshruti, IP-paketlarni SRC dan DST gacha 
transportlaydigan tarmoq segmentlari, uzatish kanallari to‘plamidan iborat.
SRC va DST bilan birgalikda IP sathlarini o‘z ichiga olgan quyi 
ilovalar, IP-tarmog‘ining qismi kabi qaralishi mumkin. Tarmoq segmentlari 
operator sohasiga mos keladi va IP-tarmoqlariga ulanish arxitekturasidan 
iborat bo‘lishi mumkin. Mijoz uskunalari o‘ziga barcha terminal 
qurilmalarni, 
masalan 
xostlarni 
va 
boshqa 
har 
qanday 
oxirgi 
marshrutizatorlarni yoki lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirishi mumkin.
4.2-rasm. QoS vazifasi uchun manbadan qabul qilgichgacha bo‘lgan etalon 
yo‘l 


289 
Multimediali aloqa tarmoqlarining quyi sath protokollari. Quyi 
sath protokollari (1-4). OTO‘B modelidagi to‘rtinchi transport sathi, 
quyida joylashgan sathlarni qo‘llash bilan ikkita o‘zaro ta’sirlashuvchi 
tizimlar orasida axborotlarni uzatishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu 
sath yuqori turuvchi sathdan qandaydir ma’lumotlar blokini qabul qiladi va 
ularni uzoqdagi tizimlarga aloqa tarmog‘i orqali transportlashni 
ta’minlaydi. Transport sathidan yuqorida joylashgan sathlar, ma’lumotlar 
uzatiladigan tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaydi, ular 
faqat o‘zaro ta’sirlashuvchi uzoqdagi tizimlarni biladi. Transport sath, 
tarmoq qanday ishlashini, qaysi o‘lchamdagi ma’lumotlar blokini qabul 
qilishini bilishi kerak. 
Keyingi uchta quyi sath tarmoq uzellarining ishlashini aniqlaydi. Bu 
sathning protokollari transport tarmoqga xizmat ko‘rsatadi. Barcha 
transport tizimlar singari, bu tarmoq axborotlarni transportlaydi, ya’ni uni 
tashkil etuvchilariga qaramaydi. Bu tarmoqning asosiy vazifasi – axborotni 
tez va ishonchli eltishdir. Uchinchi sathning asosiy vazifasi – axborotni 
marshrutlash, bundan tashqari u axborotli oqimlarni boshqarishni, tashkil 
qilishni va transport kanallarni qo‘llab quvvatlashni ta’minlaydi, 
shuningdek xizmatlarni taqdim etishni hisobga oladi. 
4.2-jadval 
Tizim sathlari bajaradigan vazifalar 
Sath
Sath nomi 
Sath amalga oshiradigan vazifalar 

Amaliy
Axborot resurslardan foydalanish yoki taqdim 
etish. Amaliy dasturlarni boshqarish 

Taqdim etish Amaliy jarayonlardagi axborotlar tarkibidagi 
ma’noni (qiymat) taqdim etish 

Seans
Amaliy jarayonlar orasida o‘zaro ta’sirlashish 
seanslarini o‘tkazish va tashkil etish 

Transport
Turli usullarda kodlangan axborotlar massivini 
uzatish 

Tarmoq
Axborotlarni 
kommutatsiyalash 
va 
marshrutlash, 
ma’lumotlar 
oqimlarini 
boshqarish 

Kanal 
Ulanishni o‘rnatish, ushlab turish va uzish 

Fizik
Kanallarning fizik, mexanik va funksional 
xarakteristikalari 


290 
Kanalni boshqarish sathi (ikkinchi sath) yoki kanal – jarayonlar 
kompleksini va fizik ulanish asosida tashkil qilingan ma’lumotlar uzatish 
kanalini boshqarish usullarini (ulanishni o‘rnatish, uni qo‘llab quvvatlash 
va uzish) ifodalaydi. U xatoliklarni topish va to‘g‘rilashni ta’minlaydi. 
Fizik (birinchi) sath – uzatish muhiti bilan o‘zaro aloqani 
ta’minlaydi. U ulanish, ulanishni qo‘llab quvvatlashni va fizik zanjirni 
(kanalni) o‘chirish uchun talab etiladigan elektrik va mexanik 
xarakteristikalarni aniqlaydi. Bu yyerda fizik kanal orqali har bir bitni 
uzatish qoidasi aniqlanadi. Kanal bir nechta bitni bir vaqtda (parallel 
holda) 
yoki 
ketma-ket 
uzatishi 
mumkin. 
Sathlarning 
qisqacha 
xarakteristikasi 4.2-jadvalda keltirilgan.
Internet ikkita asosiy protokollarga asoslangan – IP protokoli va TCP 
protokoli. TCP va IP, shuningdek bir qator kuzatuvchi protokollarning 
yig‘indisi TCP/IP Internet protokollar steki sifatida aniqlanadi. 
TCP/IP bazasidagi turli tarmoqlar, Internet muhitini shakllantirib IP 
marshrutizatorlari yordamida bir-biri bilan ulanadi. 
IP protokoli IETF modelini uchinchi sathida joylashgan va bu 
protokolning vazifasi OSI modelining tarmoq sathi vazifalariga o‘xshash. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling