Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Transport sathi protokollari TCP, UDP, RTP


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   178
Bog'liq
T

Transport sathi protokollari TCP, UDP, RTP 
TCP (Transmission Control Protocol) protokoli. IP tarmoqlarda 
transportlashning ishonchliligini oshirish uchun 1974-yilda datagrammani 
sifatli eltishni ta’minlovchi transport sathidagi TCP protokoli ishlab 
chiqilgan. TCP protokoli ulanish uchun mo‘ljallangan, shuningdek TCP 
paketi segment deb ataladi. 
UDP (User Datagram Protocol) protokoli – Internet tarmoqlarida 
transport protokolining boshqa namunasini o‘zida ifodalaydi. Shuningdek 
TCP protokoli singari, UDP protokoli datagrammani eltishni ta’minlaydi. 
Biroq oxirgi nuqtalar orasida ulanish o‘rnatilmagan rejimda ishlaydi. 
Sarlavha va ma’lumotlar maydonidan iborat UDP protokolining 
paketi, UDP datagrammasi deyiladi. UDP protokoli datagrammani 
ishonchli yetkazishga moil emas, uning vazifasiga ma’lumotlar uzatishni 
boshqarish va qabul qilishni tasdiqlash kirmaydi. Oxirgi bir necha yilda 
UDP protokoli Internet tarmoqlarida (Voice over IP, VoIP) so‘zlashuv 
axborotlarini uzatishda keng qo‘llanilmoqda. 
RTP (Real-time Transport Protocol) transport protokoli. RFC 1889 
va RFC 1890 tavsiyalarida yozilgan haqiqiy vaqt RTP (Real-time 
Transport Protocol) transport protokoli, haqiqiy vaqtda uzatiladigan 
ma’lumotlarni ikki tomonlama yetkazish xizmatini ta’minlaydi, masalan 


291 
interaktiv audio va video trafiklarni. RTP protokoli foydali yuklama turini 
identifikatsiyasini, paketlar ketma-ketligini raqamlash, vaqt belgisini 
qo‘yish va yetkazishni nazorat qilishni ta’minlaydi. Protokolda quyidagi 
vazifalar ko‘rib chiqilgan:
- xatolarni aniqlash; 
- axborotni himoyalash
- tarmoqda paketni kelish vaqtini nazorat qilish; 
- kodlash sxemasini identifikatsiyalash; 
- yetkazishni nazorat qilish. 
4.3-rasm. TCP/IP protokollar stekining tuzilishi 
RTP protokoli, RTCP (RTP Control Protocol) boshqarish protokoli 
bilan birga ishlaydi. RTCP protokoli VoIP seansi ishtirokchilariga 
boshqarish paketlarini uzatishni ta’minlaydi. Protokolning asosiy vazifasi 
shundan iboratki, RTP protokoli bilan taqdim etiladigan xizmat ko‘rsatish 
sifati sathi haqida ishtirokchilarni xabardor qiladi. RTCP protokoli 
uzatilgan va yo‘qolgan paketlar soni, kechikish va djitter qiymati haqidagi 
axborotni yig‘adi. 
Turli arxitekturaga ega tarmoqlar orasida paketlarni uzatishni IP 
stekining asosiy protokoli ta’minlaydi. IP datagrammali protokol 


292 
paketlarni ishonchli uzatishni kafolatlamaydi. Biroq ko‘pgina tarmoqlar 
orqali ma’lumotlar uzatishda o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. 
Shuningdek tarmoq sathida quyidagi protokollar qo‘llaniladi:
- ICMP (Internet Control Message Protocol) boshqarish protokoli, 
xatoliklar va uzatishdagi uzilishlar haqida tarmoq uzellariga axborot 
uzatadi; 
- adreslar muammolarini yechish protokollari: ARP (Address 
Resolution Protocol) tarmoq uzelining fizik adresiga (MAC –stansiya 
adresi) IP adresni o‘zgartiradi; RARP (Reverse Address Resolution 
Protocol) teskari funksiyani bajaradi, ya’ni MAC adres yordamida IP 
adresni aniqlaydi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling