Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Multimediali tarmoqlarni loyihalashtirish
Nazorat savollari:
1. Optimal loyihalashga tizimli yondashuvning asosiy prinsiplariga ta’rif bering. 2. Loyihalash uchun qanday boshlang‘ich ma’lumotlar kerak bo‘ladi? 3. Loyihalashning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 4. Trassaning optimal variantini tanlash qaysi mezonlar bo‘yicha olib boriladi? 5. Apparaturaning texnik passportida odatda qanday ma’lumotlar keltiriladi? 6. Raqamli tolali optik uzatish tizimining liniya traktlari qanday baholanadi? 7. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlariga ta’rif bering. 8. Raqamli signallarni uzatishning qanday sifat mezonlarini bilasiz? 9. Tolali optik uzatish liniyasi uchastkasini hisoblashda nimalarga e’tibor berish kerak? 10. Raqamli tolali optik uzatish tizimining liniya trakti parametrlari qanday baholanadi? 11. Optik traktning regeneratorining qaror qabul qilish nuqtasida signalni halaqitlardan himoyalanganligi qanday hisoblanadi? 4.2. Multimediali tarmoqlarni loyihalashtirish Loyiha xujjatlari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak: - telekommunikatsiya qurilmalari va liniya inshoatlarining hajmi; - xizmatlar, foydalanuvchilarning har bir toifasi uchun axborotni yetkazib berish sinflari, o‘tkazish oralig‘iga extiyoj; - qurilmaning ishlash rejimi; - qurilmani nomenklaturasi, yuzi va joylashtirish; Telekommunikatsiya qurilmasi va liniya inshoatlarining hajmini hisoblash usuli quyida keltirilgan. Hisoblashning asosi yuklama, paketli texnologiyali tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati va axborotlarni yetkazib berish, taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxati hisoblanadi. Kirish shlyuzlarining (AGW) miqdori va sig‘imi abonentlar tarkibini, talablar miqdori va taqdim etilayotgan xizmatlarni hisobga olgan holda hisoblanishi kerak. 392 Paketli tarmoqlarda multimedia li axborotlarni eltib berish sifatining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardir: - virtual ulanishni o‘rnatish vaqti; - multimedia li axborotlarni eltib berishning o‘rtacha kechikishi; - paketlarni yuqolish ehtimolligi. Ulanishni o‘rnatish vaqti - bu raqamni tergandan keyingi kechikish (Call Set up Time): - mahalliy ulanish - 3 sekunddan kam; - shaharlararo ulanish - 5 sekunddan kam; - xalqaro ulanish - 8 sekunddan kam. IP – paketlarni “uchidan - uchigacha” ko‘chirishning (bir yo‘nalishda) va yo‘qolgan IP-paketlar ulushining o‘rtacha kechikishlarqiymati Y.1541 tavsiyalardan olinishi mumkin. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling