Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   178
Bog'liq
T






ONM МQ 
UzОМ 
ОУз
ОUМ 
OR 
ОUМ 
KHQU 
МvQ 




16 
b) OQq – OA tizimi qabul qilish traktining tuzilish sxemasi. 
OA tizimida optik tashuvchini ko‘p kanalli elektr signal bilan 
modulyasiyalash 
uchun 
chastota 
modulyasiyasi 
(CHM), 
faza 
modulyasiyasi (FM), amplituda modulyasiyasi (AM), qutblangan 
modulyasiya 
(QM), 
intensivlik 
bo‘yicha 
modulyasiyalash 
va 
modulyasiyaning boshqa turlarini qo‘llash mumkin. Optik nurlanishning 
intensivlik bo‘yicha modulyasiyalash turi ko‘proq qo‘llaniladi. Bunga 
sabab, modulyasiyaning bu turi keng chastota diapazonida oddiy texnik
qurilmalar yarim o‘tkazgich nurlanish manbalari (yorug‘lik diodi, lazer 
diodlar) uchun bajariladi. Yarim o‘tkazgich manbaning nurlanish 
intensivligini boshqarish uchun modulyasiyalaydigan elektr signal bilan 
mos holda injeksiya tokini o‘zgartirish etarlidir. Bu tok kuchaytirgich 
ko‘rinishidagi elektron sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik 
nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyasiyasi teskari jarayon optik 
signalni elektr signaliga aylanish masalasini engillashtiradi. Darxaqiqat, 
fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor kvadratik asbob 
hisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining 
kvadratiga proporsional. 
Intensivlik bo‘yicha modulyasiyalangan optik signalni bevosita 
fotodetektorga berib, osongina uni boshlang‘ich signal ko‘rinishini 
saqlagan elektr signaliga aylantirish mumkin. Optik signallarni qabul 
qilishning bu usuli to‘g‘ridan-to‘g‘ri fotodetektorlash usuli deyiladi. 
OOA tizimining uzatuvchi muhitlari yuqorida aytib o‘tilgandek 
atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin. 
Kosmik aloqa tizimlarini loyihalashtirishda asosiy masala bu uzatish 
va qabul qilish antennalarining o‘lchamlarini mos ravishda to‘g‘ri tanlash 
orqali yo‘qotishlarni bartaraf etish hisoblanadi.
OOA tizimlarining uzatish va qabul qilish antennalarini aniq 
yo‘naltirishga qaratilgan yuqori talablar, optik nurlanish manbalarining 
foydali ish koeffitsientining kichikligi, qabul qilishda shovqin sathining 
yuqoriligi, atmosfera xarakteristikalarining aloqa sifatiga ta’siri kabi bir 
qator kamchiliklari sababli ular telekommunikatsiya tarmoqlari va umumiy 
foydalanish tizimlarida qo‘llanilmayapti. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling