Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


ko‘rsatishning murakkabligi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   178
Bog'liq
T

ko‘rsatishning murakkabligi. Elektrik kabelli tizimlarga nisbatan optik 
kabelli tizimlarni qurish, undan texnik foydalanish, o‘lchov va montaj 
ishlari murakkab bo‘lib, juda yuqori malakani talab etadi
- tashqari tolani maxsus himoyalash zaruriyati. Mikroyoriqlarda 
signallarni yo‘qolmasligi uchun tolani ortiqcha yuklash va bukilishlardan 
himoyalash kerak. Maxsus himoyalashni tashkil etish, ishonchlilikni 
oshirish maqsadida optik tolani ishlab chiqarish jarayonida tola 
epoksiakrilad asosidagi maxsus lak bilan qoplanadi. Bundan kabel maxsus 
po‘lat tross va shisha plastik sterjenlar hisobiga yanada mustahkamlanishi 
mumkin [1]. 
Bularning barchasi tolali optik kabel narxini oshiradi. Bu 
kamchiliklar TOA texnologiyasining kelgusi rivojlanishida qisman yoki 
to‘lik bartaraf etiladi.
1.2. Tolali optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi 
OA tizimlarida axborotlarni yorug‘lik yoki optik signallar 
ko‘rinishida uzatish va qayta ishlash amalga oshiriladi. OA tizimlari uchun 
yorug‘lik nurlanishi va to‘lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot 
xarakteriga, shuningdek nurlanish hosil qilish imkoniyalariga, undan signal 
shakllanishiga, yorug‘lik to‘lqinini uzatish va qayta ishlashga va nihoyat, 
axborotga ega signalni qabul qilishga bog‘liq.


14 
Sxema OA tizimining turlari TOA va OOA tizimlariga xos standart 
qurilmalardan (elementlardan) tashkil topgan. 
OAtizimining umumlashgan tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi 
texnik vositalar kiradi: 
1) Uzatish traktining kanal hosil qiluvchi uskuna (KHQU), u standart 
o‘tkazish polosali yoki uzatish tezlikli aniq tipli kanal yoki tipli guruhli 
traktlar sonini shakllanishini ta’minlaydi; 
2) Traktning muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u KHQU 
chiqishidagi ko‘p kanalli signal parametrlarini optik uzatgich parametrlari 
bilan muvofiqlashtirishuchun zarur; 
3) Optik uzatgich (OUz), elektr signalini optik signalga aylantirishni 
ta’minlaydi;
OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi 1.2 – rasmda 
keltirilgan.
OUz tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. Optik nurlanish manbayi (ONM), u optik tashuvchiga ega bo‘lib, 
optik tashuvchining bir yoki bir necha parametrlari MvQ dan tushgan ko‘p 
kanalli elektr signali bilan modulyasiyalanadi
2. Moslashtiruvchi qurilma (MQ), u optik nurlanishni optik uzatish 
muhitiga minimal mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan kiritish vazifasini 
bajaradi; 
3. Optik nurlanish manbai va moslashtiruvchi qurilma uzatuvchi 
optik modul (UzOM) deb ataladigan bitta blokka kiradi; 
4. Optik uzatish muhiti (OUM), optik nurlanishni uzatish vazifasini 
bajaradi; OOA tizimida bu atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari 
bo‘lishi mumkin, TOA tizimida esa optik toladir; 
5. Optik retranslyator (OR), signalning optik uzatish muhiti bo‘ylab 
tarqalgandagi so‘nishini kompensatsiya qiladi va turli buzilishlarni 
korreksiyalaydi; optik retranslyatorlar xizmat ko‘rsatadigan va xizmat 
ko‘rsatmaydigan bo‘lishi mumkin, ular retranslyasiya uchastkalari deb 
ataladigan ma’lum masofalar oralig‘ida o‘rnatiladi; optik retraslyatorlarda 
optik signalni elektr signalga aylantirish yo‘li bilan elektr signalni qayta 
ishlash (kuchaytirish, korreksiyalash, regeneratsiyalash va b.q.) amalga 


15 
oshiriladi, so‘ng bu regeneratsiyalangan elektr signal qaytadan optik 
signalga aylantiriladi; optik retranslyatorlarda shuningdek optik signallar 
ham qayta ishlanadi, ya’ni optik kvant kuchaytirgichlar yordamida 
kuchaytiriladi; 
6. Optik qabul qilgich (OQq), optik nurlanishni qabul qilish va elektr 
signalga aylantirishni ta’minlaydi, optik qabul qilgich moslashtiruvchi 
qurilma (MQ) va optik nurlanish qabul qilgichi (ONQq) dan iborat
moslashtiruvchi qurilma optik nurlanishni uzatuvchi muhitdan minimal 
yo‘qotishlar bilan qabul qilish uchun kerak; moslashtiruvchi qurilma va 
optik nurlanish qabul qilgichi qabul qiluvchi optik modul (QqOM) ni 
tashkil etadi;
7.Qabul qilish qurilmasining muvofiqlashtiruvchikurilmasi (MvQ), u 
QqOM chiqishida signalni KHQUga mos keluvchi ko‘p kanalli signalga 
aylantiradi; 
8.Qabul qilish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), 
teskari aylantirish, ko‘p kanalli signalni alohida tipli kanal va trakt 
signallariga ajratishni amalga oshiradi. 
1.2 
– rasm. OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi. 
a) OUz – OA tizimi uzatish traktining tuzilish sxemasi; 
KHQU 
МvQ 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling