Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


I – BOB. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARI VA


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
T

I – BOB. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARI VA 
TARMOQLARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH. 
 
1.1. Optik aloqa tizimlari 
Optik aloqa (OA) bu axborot yorug‘lik nuri ko‘rinishida optik tola 
bo‘ylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir.
Optik to‘lqin va signallar yordamida axborotlarni ma’lum 
masofalarga uzatishga mo‘ljallangan, boshqacha qilib aytganda, optik 
signallarni shakllantirishni, qayta ishlashni, uzatishni ta’minlovchi optik 
qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‘indisiga optik aloqa tizimi (OAT) 
deb ataladi.
Axborot tolali optik uzatish muxiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa 
(TOA) tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik aloqa (OOA) tizimi 
deyiladi. 
Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan 
boshqasiga uzatish hisoblanadi. Odatda axborotlarni uzatish mos keluvchi 
axborot signallari bilan modulyasiyalangan elektromagnit tebranishlar 
yordamida amalga oshiriladi. So‘ng modulyasiyalangan signal uzatish 
muhitida tarqaladi va qabul qiluvchi qurilmaga tushadi. Qabul qilgichda 
signal demodulyasiyalanadi va axborotlar ajratib olinadi. Aloqa tizimlari 
ko‘pincha elektromagnit tebranishlar, tashuvchi chastota signallari 
egallagan diapazon bilan tasniflanadi (1.1-rasm).
Spektral diapazonga mos xolda radiodiapazon, o‘ta yuqori chastota
millimetrli va optik diapazon tizimlari farqlanadi.
Optik aloqa tizimlarida tashuvchi chastota tebranishlari spektrning 
optik diapazonini egallaydi. Optik diapazon 5 TGs (100 mm) dan 
boshlanib, unga infraqizil, ko‘rinuvchi va ultrabinafsha diapazonlar kiradi. 
Infraqizil diapazon 3*10
12 
dan 4*10
14 
Gs doirasida joylashib, 100-
0,75 mkm to‘lqin uzunligiga mos keladi. 
Ko‘rinuvchi spektr 4*10
14
dan 0,75*10
15 
Gs (0,75-0,4 mkm) sohani 
egallaydi. Demak inson ko‘zi 0,4-0,75 mkm spektrdagi nurlarga sezgir. 
Quyosh spektri 0,3 dan 1,5 mkm diapazonda joylashadi. 
Tashuvchi chastotaning oshishi aloqa tizimining o‘tkazish polosasini 
oshiradi. 



OOA tizimlarida nurlanish manbalari elektromagnit to‘lqinlarni 
ochiq fazoga nurlantiradi, bunda nurlanishni tarqalish yo‘nalishi faqatgina 
antennaning yo‘nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. OOA tizimlarining 
uzatuvchi muhiti o‘z navbatida uch turga bo‘linadi: atmosfera, kosmik va 
suv osti aloqa muhitlari. 
1.1- rasm. Elektromagnit to‘lqinlar spektri 
Atmosfera OOA tizimlarida to‘lqinlarni tarqalish xarakteristikasi 
etarli darajada ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suv osti uzatish 
muhitlarining fizik bir turda emasligi va ularning tarkibidagi begona 
zarrachalarni uzatilayotgan nurlanish to‘lqini bilan o‘zaro ta’sirda 
bo‘lishidan elektromagnit to‘lqinlar buziladi. Zarracha o‘lchamlarining 
to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo‘lishi 
buzilishlarni oshiradi. Shu sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda 
turli xarakterga ega. Shu tarzda uzatish muhitlarini taxlil qilish, aloqa 
tizimlarini loyixalashtirishda yuzaga keladigan eng muhim masala 
xisoblanadi. To‘lqinlarni tarqalish yo‘nalishiga tushib qoladigan 

10 
10

10

10

10

10

10

10

10

10
10 
10
11 
10
12 
10
13 
10
14 
10
15 
10
16 
10
17 
10
18 
10
19 
10
20 
f, Гц 
 
B
EC
A
H
EC
TO
Ki
lo
M
eg

G
ig

Te
ra
P
et

Exa
10

10

10

10

10

10

10
1
10
-1 
10 
-2 
10
-3 
10
-4 
10
-5 
10
-6 
10
-7 
10
-8 
10
-9 
10
-10 
10
-11 
10
-12 
λ,м
λ,мк
м
1,6 
1,5 
1,4 
1,3 
1,2 
1,1 
1,0 
0,9 
0,8 
0,7 
0,6 
0,5 
0,4 
0,3 
0,2 
0,1 

0,75-100 мкм 
0,75-0,4 мкм 
0,4-0,005 мкм 
Infraqizil diapazon 
Ko’rinuvchi spektor 
Ultrabinafsha 
diapazon 



zarrachalar asosan optik nurlanishni yutadi va sochadi. Bu omillarni ta’sir 
darajasi muhit turiga (suv osti, toza havo, turbulent atmosfera va 
boshqalar) bog‘liq. Bu tizimlarda buzilishlarni kamaytirish va talab 
etiladigan ishonchlilikni ta’minlash uchun retranslyasiya uchastkasi 
uzunligini kamaytirish kerak bo‘ladi. 
Kosmik OOA tizimlarida uzatish muhiti bu atmosferadan xoli 
bo‘lgan ochiq fazodir. Kosmik muhitda atmosfera muhitlariga xos bo‘lgan 
buzilishlar xosil bo‘lmaydi, ular barqaror bo‘lib, aloqaning yuqori 
ishonchliligini ta’minlaydi. Kosmik muhitlarda asosiy yo‘qotishlar bu 
tarqalishda xosil bo‘ladigan yo‘qotishlar xisoblanadi. Bu yo‘qotishlar 
signal L masofaga tarqalganda nurlanish maydoni quvvatining yo‘qotish 
koeffitsienti bilan baholanadi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 
.
4
1
2
L
р



(1.1) 
Kosmik aloqa tizimlarini loyixalashtirishda asosiy masala bu uzatish 
va qabul qilish antennalarining o‘lchamlarini mos ravishda to‘g‘ri tanlash 
orqali yo‘qotishlarni bartaraf etish xisoblanadi.
OA tizimining asosiy yo‘nalishi TOA tizimi hisoblanadi. Chunki 
xozirgi vaqtda yuqori darajadagi uzatish xarakteristikalariga ega bo‘lgan 
yorug‘lik uzatgichlar ishlab chiqilgan. Ammo axborotlarni ochiq fazoda
atmosferada uzatishga asoslangan OOA tizimlari ham, radioaloqa uchun 
ajratilgan chastotalarni to‘ldiruvchi vosita sifatida qiziqishlarni namoyon 
etadi. 
TOA tizimlarida elektromagnit nurlanishlarni tarqalish yo‘lini tashkil 
etish uchun maxsus optik yorug‘lik uzatgichlar-optik tolalar qo‘llaniladi. 
TOA tarmog‘i bu tugunlar orasi optik aloqa liniyalari orqali 
bog‘langan aloqa tarmog‘idir. 
Optik diapazonda axborotlarni 
uzatuvchi 
chastota polosasi 
radiodiapazonga qaraganda 10

marta katta. Bu optik aloqa tizimining eng 
muhim afzalligi bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qisqa vaqt ichida 
uzatish imkonini beradi. Bundan tashqari uzatgichning xamma quvvatini 
foydali elektromagnit nurlanishlarni uzatishga qaratish imkoniyati 
tashuvchi chastota o‘sishi bilan ortadi. Shuningdek, yuqori tashuvchi 
chastotani qo‘llash foydali signalning katta zichligiga olib keladi, o‘z 


10 
navbatida aloqa tizimining samaradorligi oshadi. Bu ikki xususiyat 
mutaxassislarning optik aloqa tizimlariga qiziqishlarini aniqlaydi. 
Axborotni TOA liniyalari orqali uzatish mis kabellar va boshqa 
uzatish muhitlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Shu afzalliklari 
tufayli TOA tizimidan nafaqat telefon aloqasini tashkil etishda, balki 
televidenieda, ovoz eshittirishlarini uzatishda, hisoblash texnikasida
transport vositalarida va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. 
Tolali optik aloqaning afzalliklari quyida keltirilgan. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling