Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
T

UO‘K: 
KBK: 
Taqrizchilar: 
ISBN 978–9943– 
 
© «Aloqachi» nashriyoti, 2020.
 



KIRISH 
“Iqtisodiyotimiz barqarorligi, har bir sohaning 
sifati va samaradorligi, aholiga qulayliklar 
yaratish axborot texnologiyalari bilan bog‘liq. 
Shunung uchun bu sohaga yanada keng 
imkoniyat, 
zarur 
infratuzulma 
yaratish, 
mutahasislarni har tomonlama rag‘batlantirish, 
qobilyatli yoshlarni tarbiyalash kerak.” 
Sh. Mirziyoyev. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli Farmoni tasdiqlandi. Harakatlar 
strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini 
tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal 
rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan 
iboratdir. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining 
chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, 
globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni 
yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo 
yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga 
chiqarishni taqazo etmoqda [1].
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlanishida 
tolali optik aloqa tizimlari, keng polosali tarmoqlar va 
multimediali aloqa 
tarmoqlari
muhim o‘rin tutadi, ayniqsa shahar bilan qishloq o‘rtasidagi 
tafovutni kamaytirish, ya’ni, qishloq aholisiga ham shaharlardagidan 
qolishmaydigan darajada zamon talabiga mos telekommunikatsiya va 
internet hizmatlarini ko‘rsatishda optik kabellar hamda keng polosali 
tarmoqlardan foydalanish zaruriyati sezilmoqda. Shuning uchun 
Respublikamizda ushbu soha rivojiga jiddiy e’tibor qaratilib, qator 
xukumat qarorlari qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
«O‘zbekiston 
Respublikasining 
Milliy 
axborot-
kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qarori bilan “Respublika milliy 
axborot-kommunikatsiya 
tizimlarini 
2013-2020 
yilllar 
mobaynida 
rivojlantirish kompleks dasturi” tasdiqlandi. Ushbu qaror bilan 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
2013-2020 
yillar 
mobaynida 



telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini 
rivojlantirish dasturi hamda «Elektron hukumat» axborot tizimi 
komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va 
loyihalar ro‘yxati tasdiqlangan. Bundan tashqari, ushbu qaror bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 
2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga 
oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
2013-2020 
yillar 
mobaynida 
telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini 
rivojlantirish dasturida keng polosali optik tarmoqlarni kengaytirish, optik 
tolali aloqa liniyalarini qurish, BRAS qurilmalarini o‘rnatib, keng polosali 
tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish, «UZMOBILE» mobil tarmog‘ini 
hududlarda rivojlantirish – 1-bosqich yuqori tezlikdagi internet 
xizmatlarini ko‘rsatish (EVDO texnologiyasi), «UZMOBILE» mobil 
tarmog‘ini hududlarda rivojlantirish – 2-bosqich yuqori tezlikdagi internet 
xizmatlarini ko‘rsatish (LTE texnologiyasi), 3G, 4G, LTE va boshqa mobil 
aloqa operatorlarini hisobga olgan holda mobil aloqa tarmoqlarini 
rivojlantirish, NGN texnologiyasi bo‘yicha kommunikatsiya qurilmalarini 
kengaytirish, kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash, paketli 
kommutatsiya 
xalqaro 
markazlarini 
kengaytirish, 
O‘zbekiston 
Respublikasi magistral tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 
kengaytirish, ma’lumotlarni uzatish multiservis tarmoqlarini qurish, 
magistral optik tolali aloqa liniyalarini qurish, korporativ sektorga 
multimediali xizmatlarni ko‘rsatuvchi studiyalarni yaratish, axborot-
ma’lumot xizmatlari markazlarini yaratish (call-center), ma’lumotlarni 
saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish «Data-sentr» (quyidagi 
shaharlarda: Toshkent, Qo‘qon, Buxoro), tez-tez foydalaniladigan 
ma’lumotlarni saqlash markazlarini yaratish (keshlash markazlari), davlat 
va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari korporativ va lokal-
hisoblash tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish kabi vazifalar 
rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya 
tarmoqlarida juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. So‘nggi yillar 
mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi 
natijasida, mamlakatimiz aloqa sohasi yuqori natijalarga erishilmoqda. 
Telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
modernizatsiyalash, 
zamonaviy 
texnologiyalarni qo‘llash, yangi raqamli texnika vositalarini o‘rnatish, 
ularni optimallashtirish ishlari natijasida, jahon axborot integratsiyalashuvi 
jarayoniga O‘zbekistonning jadal suratda qo‘shilishi ko‘zga tashlanmoqda. 



Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlanishi uch omilga asosan 
aniqlanadi: trafikni o‘sishi, jamiyatni yangi xizmatlarga bo‘lgan talabini 
oshishi va texnologiyalar sohasida yutuqlarga erishish. Bu omillar 
mustaqil hisoblanmaydi, biroq ularning har biri elektr aloqani rivojlanish 
g‘oyasini aniqlaydi. Qurilmalarni yetkazib beruvchilar orasidagi raqobat 
va texnologik yutuqlar qurilmalarning narxini tushishiga olib keldi, bu esa 
o‘z navbatida trafikni o‘sishi va yangi xizmatlarni ishlab chiqarishni 
rag‘batlantiradi. 
XX 
– 
asrning 
90-yillari 
boshidan 
telekommunikatsiya 
raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha rivojlandi. Bu nafaqat axborotlarni 
uzatishda, balki taqsimlash, saqlash va qayta ishlashda ham tejamkor 
usullarni ta’minlovchi bosh yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoldi. Raqamli 
telekommunikatsiya tarmoqlarini jadallik bilan rivojlanishini, analog 
uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq 
qiladi, masalan: yuqori shovqinbardoshliligi, aloqa liniyasining uzunligiga 
uzatish sifatining kuchsiz bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik 
parametrlarini mo‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‘tkazuvchanlik 
qobiliyatini qo‘llashning samaradorligi va boshqalar.
Bir vaqtning o‘zida aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan, oddiy 
telefon xizmatidan tortib to integral raqamli aloqa tarmoqlarini 
ta’minlovchi multimedia xizmatlarigacha ularning sifati o‘zgardi. 
Ko‘pgina mutaxassislar, telekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi 
evolyutsiyasi, 
axborotlarni 
uzatish 
tezligini 
oshirish, 
tarmoqni 
intellektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta’minlash 
yo‘nalishi bo‘yicha ketadi deb ta’kidlashmoqda. 
1999 yilda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi 
telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2107 yil 7 
fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” farmonida Respublika hududlarida 
2300 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish, kommutatsiya markazlarini 
IMS 
texnologiyasi 
asosida 
modernizatsiya 
qilish, 
mobil 
aloqa 
operatorlarining 1843 ta baza stansiyalarini o‘rnatish, 66 ta yuqori quvvatli 
va 328 ta kam quvvatli raqamli televidenie uzatkichlarini o‘rnatish va 
ishga tushirish kabi vazifalar belgilangan. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni bajarish uchun soha 
mutaxassislari hamda “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi 



bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar optik aloqa asoslari, tolali optik aloqa 
tizimlari, keng polosali tarmoqlar va 
multimediali aloqa tarmoqlari
tushunchalarini mukammal bilishlari talab etiladi. Nazariy, amaliy bilim 
va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun zamonaviy o‘quv alabiyotlarning 
o‘rni muxim axamiyatga ega. “Telekommunikatsiya texnologiyalari” 
yo‘nalishiga o`qitiladigan Telekommunikatsiya tarmoqlari, Optik aloqa 
tizimlari,
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, Keng polosali 
tarmoqlar kabi fanidan hozirgi kunda davlat tilidagi o‘quv adabiyotlar
ayniqsa, lotin alifbosidagi adabiyotlar yetishmayotganligi kuzatilmoqda. 
Ushbu 
kamchiliklarni 
to‘ldirish 
maqsadida “Telekommunikatsiya 
tarmoqlariga texnik xizmat ko`rsatish va loyihalash” nomli o‘quv 
adabiyoti tayyorlandi. 
Darslik kirish qismi va 4 ta asosiy boblardan iborat bo‘lib, unda 
quyidagi mavzular bo‘yicha muxim nazariy ma’lumotlar berilgan. Tolali 
optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish; Tolali optik 
aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi , optik kanallarini zichlashtirish 
usullari; Keng polosali abonent kirish tarmoqlarga texnik xizmat 
ko`rsatish; Raqamli abonent kirish tarmoqlari; Simsiz keng polasali kirish 
tarmoqlari va ularni kurish usullari; Ethernet texnoloiyasi asoslari; 
Kanallari to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlovchi WDM texnologiyasiga
asoslangan keng polosali transport tarmoqlari; keng polosali tarmoqlarda 
qo‘llaniluvchi protokollar; Multimеdiali aloqa tarmoqlariga texnik xizmat 
ko`rsatish; Multimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar
Multimediali signalizatsiya va sinxronizatsiya tizimlari; Konvergent aloqa 
tarmoqlari; Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini loyihalashtirish 
kabi mavzular bayon qilingan. 
“Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko`rsatish” nomli 
o‘quv adabiyotidan, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishida 
ta’lim olayotgan talabalar va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va 
Telekommunikatsiya sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan mutaxassislar
uchun mo`ljallangan. 
Bundan 
tashqari 
“Telekommunikatsiya 
texnologiyalari” 
bakalavriatura 
yo‘nalishida 
o`qitiladigan, 
“Telekommunikatsiya 
tarmoqlarini boshqarish asoslari”, “Keyingi avlod kanvergent tarmoqlari” 
va “Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash” kabi fanlarini 
o‘zlashtirishda ham foydalanish mumkin.




Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling