Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish fani bo’yicha 9 Amaliy mashg’ulot


Download 0.77 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1515170
Bog'liq
TTB (9-amaliy) - Abbos




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish
fani bo’yicha
9 - Amaliy mashg’ulot

Bajardi: 411-19 guruh talabasi


Ibragimov Abbos


Toshkent – 2023


9-Laboratoriya ishi


OSPF protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o‘rganish

Ishdan maqsad: OSPF protokolini sozlash va uning ishlash prinsipi bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.

Nazariy qism


OSPF (Open Shortest Path First) – link-state texnologiyasiga asoslangan va qisqa yo„lni topish uchun Dijkstra algoritmidan foydalanib, dinamik marshrutlash protokoli. OSPF protokoli IETF tomonidan 1988 yilda ishlab chiqilgan. Protokolning eng so„nggi versiyasi QRM 2328 (1998) da keltirilgan. OSPF - bu Ichki Gateway Protokoli (IGP). OSPF protokoli avtonom tizimning marshrutizatorlari o„rtasida mavjud marshrutlar haqida ma‟lumot tarqatadi.
OSPF protokoli quyidagi xususiyatlarga ega:

  • sinfsizlik: protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi;

  • samaradorlik: marshrutda o„zgarish bo„lsa marshrutizatsiyani yangilash

(doimiy bo„lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo„lni to„plash uchun SPF ni qisqa yo„lni izlash algaritmini ishlatadi;

  • tez bir xillikga erishish: tarmoq o„zgarganligini tez translyatsiya qilish;

  • masshtablilik: kichik va katta tarmoqlarda ishlatishga mo„ljallangan. Ierarxik tuzilishni qo„llab-quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area)ga guruhlash mumkin;

  • xavfsizlik: MD5 Message Digest autentifikatsiyasini qo„llab-quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo„lsa, OSPF marshrutizatorlar oldindan berilgan bir xil parolli teng huquqli qurilmadan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini qabul qiladi;

  • Ma‟muriy masofa (MM): marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini ko„rsatadi. OSPF protokolining MMsi 110 ga teng. OSPF marshrutizatsiya

protokolining 3 ta asosiy komponenti mavjud. OSPF protokoli 3 ta ma‟lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko„rsatadi:

  • qo„shni qurilmalar to„g„risida ma‟lumotlar bazasi: qo„shni qurilmalarning jadvalini yaratadi;

  • kanal holati to„g„risida ma‟lumotlar bazasi (LSDB): topologiya to„g„risida jadval yaratadi;

  • jo„natmalar to„g„risidagi ma‟lumotlar bazasi: marshrutizatsiya jadvalini

yaratadi.
OSPF protokoli marshrutizatsiya ma‟lumotlarini uzatish uchun xabarlarni almashishda 5 ta turdagi paketni ishlatadi.

  • salomlashish paketi (hello);

  • ma‟lumotlar bazasini tavsiflovchi paket (DBD);

  • kanal holati paketi (LSR);

  • kanal holatini yangilash paketi (LSU);

  • kanal holatini tasdiqlash paketi (LSack).

Bu paketlar qo„shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq to„g„risida aniq ma‟lumotga ega bo„lish maqsadida marshrutizatsiya ma‟lumotlarini almashish uchun ishlatiladi.
OSPF protokolini quyidagi usullardan birida ishlatish mumkin:

  • bitta maydon uchun OSPF. Magistral yoki nol maydon deb nomlanuvchi bitta maydonda joylashgan (0 maydon);

  • bir nechta maydonlar uchun OSPF. OSPF protokoli ierarxik tartibda bir

nechta maydonlar yordamida ishlatiladi. Barcha maydonlar magistral maydonga (0 maydon) ulanishi shart. Maydonlar orasida ulanishni amalga oshiruvchi marshrutizatorlar chegaraviy marshrutizatorlar deyiladi.
OSPF quyidagi afzalliklarga ega:

  • Masofa vektorlarini yo„naltirish protokollari bilan solishtirganda yuqori yaqinlik darajasi;

  • VLSM ni qo„llab-quvvatlash;

  • Eng qisqa yo„llar daraxtini qurish bilan tarmoq kengligidan maqbul foydalanish.


Topshiriq:


Talabalar 9.1- jadvalda keltirilgan o„zlariga belgilangan variantlarni olib tarmoqni qurishadi va sozlashadi.
9.1- jadval. Topshiriq variantlari




Topshiriq

4.

5 ta marshrutizator, 5 ta kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topgan
tarmoqni quring. OSPF protokolini sozlang.










Xulosa


Biz bugungi amaliy mashg’ulot davomida OSPF protokolini sozlash va uning ishlash prinsipi bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldik. OSPF (Open Shortest Path First) – link-state texnologiyasiga asoslangan va qisqa yo’lni topish uchun Dijkstra algoritmidan foydalanib, dinamik marshrutlash protokoli hisoblanadi. OSPF protokoli IETF tomonidan 1988 yilda ishlab chiqilgan. Protokolning eng so’nggi versiyasi QRM 2328 (1998) da keltirilgan. OSPF - bu Ichki Gateway Protokoli (IGP). OSPF protokoli avtonom tizimning marshrutizatorlari o’rtasida mavjud marshrutlar haqida ma’lumot tarqatar ekan.
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling