Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti pedagogika va psixologiya fanidan 1-topshiriq bajardi: 415-20 guruh talabasi Meliziyayeva Munojatxon Xasanboy qizi Tekshirdi: Salixova Muhayyo Shakirovna


Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study, Kichik guruhlarda ishlash usullari asosida)


Download 181.11 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi181.11 Kb.
#1369636
1   2
Bog'liq
Pedagogika 1

2. Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study, Kichik guruhlarda ishlash usullari asosida).
O'rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya(Sharqda madrasa)lar ko'rinishidagi maktablarda ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar bo'yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Chunonchi, Muhammad Tarag'ay Ulug'bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o'z davrining taniqli olimlari — Ali Qushchi, Taftazoniy, Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta'lim berganlar.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma'rifatparvarlar — Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma'naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo'lida olib brogan harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo'lib hayot kechirishi sababli boJalarga tirikchilik o'tkazish yo'lidagi faoliyat (o'simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o'rgatish guruh a'zolari tomonidan birdek amalgam oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o'yin jarayonlarida o'zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo'lganligi bois o'g'il va qiz bolalarni tarbiyalashda o'ziga xos jihatlar ko'zga tashlangan. Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo'lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o'zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo'lga qo'yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi flkrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o'rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang'ich asoslar qo'yildi.


3. Shaxs rivojlanishining yoshga bog‘lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish (Kichik gurhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida).
Download 181.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling