Telekommunikatsiya texnologiyalari va
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
731-18 Keyingi avlod konvergent tarmoqlari fanidan amaliyot 1.2.3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Topshiriq
3-amaliy mashg’ulot
AMG, TMG, DSLAM MEDIA SHLYUZLARINI O‘RGANISH 3.1. Mashg‘ulotning maqsadi Huawei firmasining uskunalari bazasi asosida NGN tarmog‘ining qurilish tamoyilini AMG, TMG, UMG va DSLAM mediashlyuzlari orqali o‘rganish. 3.2. Topshiriq Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish lozim: 1. HUAWEI firmasining NGN tarmog‘ini funksional modelini; 1. Chegaraviy kirish satxidagi uskuna turlarini; 2. 4.1 – jadvaldagi variant asosida ATS binosida joylashgan multiservis tarmog‘iga kirish tugunini qurish va UfTT bilan tutashuv imkoniyatini ko‘rib chiqish. Topshiriq variantlari 3.1 – jadval Variant t/r Topshiriq ATS indeksi Multiservis tarmog‘ining analog abonentlari Keng polosali kirish portlari 1 296 150 45 2 262 300 32 3 235 200 20 4 255 100 50 5 245 310 28 6 233 130 45 7 237 280 50 8 291 250 30 9 241 140 50 10 296 100 32 11 262 310 20 12 235 130 50 13 255 280 45 14 245 250 32 15 233 140 20 16 237 150 50 17 291 300 28 18 241 200 45 19 296 100 50 20 262 310 30 21 235 250 50 22 255 140 45 23 245 100 32 24 233 310 20 3.3. Nazorat savollar 1. Multiservis tarmoq tarkibiga qanday satxlar kiradi? 2. Chegaraviy kirish satxida qanday uskuna ishlatilishi mumkin bo‘ladi? 3. AMG nima uchun ishlatiladi? 4. TMGqanday maqsadlarda qo‘llaniladi? 5. UMGqanday maqsadlarda qo‘llaniladi? 6. TMGvaUMG farqi nimada? 7. DSLAMning qo‘llanish sohasi haqidama’lumot bering. 3.4. Foydalaniladigan adabiyotlar 1. Toni Janevski. NGN Architectures, protocols and services. , First Edition. John Wiley & Sons, Ltd. Published 2014 by John Wiley & Sons, Ltd. 2014. 2. Р.Н. Раджапова. Кейинги авлоднинг конвергент тармоқлари: ўқув қўлланма. ТАТУ, 2016. 3. А.В. Росляков, С.В. Ваняшин, М.Ю. Самсонов. И.В. Шибаева, И.А. Чечнёва С28. Сети следующего поколенияNGN /под ред. А.В. Рослякова. –М.: Эко-Трендз, 2008. 4. Бакланов И.Г. NGN: принципы построения и организации/под.ред. Ю.Н. Чернышова.- М.: Эко-Трендз, 2008. 3.5. Nazariy qism HUAWEI firmasining NGN tarmog‘i funksional modeli HUAWEI firmasi ishlab chiqqan, NGN tarmog‘ining funksional modeli to‘rt satx sifatida taqdim etilgan: - chegaraviy kirish satxi; - tayanch kommutatsiya satxi; - tarmoqni boshqarish satxi; - xizmatlarni boshqarish satxi; Tarmoq arxitekturasi 3.1 – rasmda keltirilgan. Chegaraviy kirish satxida turli-tuman vositalarni qo‘llash va shu tarmoqda uzatish uchun ishlatiladigan, chiqayotgan axborot farmatini tegishli formatga o‘zgartirish asosida tarmoqqa abonentlarniva terminallarniulash amalga oshiriladi. Tayanch kommutatsiya satxida paketlar kommutatsiyasi amalga oshiriladi, vabu satxda magistral tarmoq transport tarmoqqa (MAN) taqsimlangan, marshrutizatorlar va uchunchi satx IP-kommutatorlari kabi qurilmalar ishlatiladi. 3.1 - rasm. HUAWEI firmasining NGN tarmog‘i arxitekturasi Bu satxda abonentlarga yagona ko‘rinishda va yuqori ishonchlilik bilan, xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatli (QoS) va katta o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lganintegral platformasini taqdim etish amalga oshiriladi. Tarmoqni boshqarish satxida chaqiruvlarni boshqarish amalga oshiriladi. Bu satxdagi asosiy texnologiya–moslashuvchan kommutator hisoblanadi. U real vaqt rejimida ulashni o‘rnatishni boshqarish va chaqiruvlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Xizmatlarni boshqarish satxida asosan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish, shuningdek ulashni o‘rnatishda ishlashni quvvatlash amalga oshiriladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling