Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


Imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan dasturlar va o’qiv qulamalar


Download 1.23 Mb.
bet17/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Indivial loyha

1.3 Imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan dasturlar va o’qiv qulamalar.

Imkoniyati cheklangan insonlarni o’qishga, mehnat va kasb-hunarga tayyorlash jarayoni hamda ular uchun zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan elektron ta’lim resurslarini yaratish tizimli yondashishni talab qiladigan o’ta murakkab, ko’p qirrali ijtimoiy-pedagogik muammodir.

Imkoniyati cheklangan o’quvchilar uchun mo’ljallangan elektron ta’lim resurslari tuzilishi va mazmuni davlat ta’lim standarti talablariga mos kelishi, auditoriya mashg’ulotlarining barcha turlari va mustaqil ta’limni o’quv-metodik ta’minotini o’zida mujassamlashishi, bilimlarning ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.

Shu o’rinda imkoniyati cheklangan insonlariniga ta’lim berishda biz quyidagi muommolarga duch kelamiz:



  • maxsus yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlar uchun bosqichma-bosqich, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi xususiyatlariga ko’ra o’qitishni shakllantirish boyicha o’zbek tilida elektron darslik va metodik qo’llanmalarning kamligi;

  • maxsus yordamga muhtoj imkoniyati cheklangan o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashda o’quvchilar shaxsining pedagogik-psixologik jihatdan yetarli darajada o’rganilmaganligi;

  • maxsus maktablar ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo’g’inlarida sobiq ittifoqdan olingan dasturlar asos bo’lib, milliy qadriyatlarimizga, ulardan foydalangan holda dastlabki mehnat ko’nikmalarini shakllantirishga yetarlicha e’tibor berilmaganligi;

  • ta’lim va mehnat hamda kasb-hunar ta’lim-tarbiyasida hududiy sharoitdan kelib chiqqan holda ijodiy yondashilmaganligi;

  • maxsus yordamga muhtoj imkoniyati cheklangan o’quvchilarni kompyuter savodxonligiga yetarlicha qiziqish uyg’otilmaganligi;

  • maxsus maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari uchun masofaviy ta’lim tizimlarining yetarlicha yaratilmaganligi;

  • maxsus maktablar o’quvchilarini mehnat an’analari vositasida tarbiyalash va maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash yuzasidan respublikamizda maxsus ilmiy tadqiqot ishlarining yo’qligi bilan ham belgilanadi.

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan elektron ta’lim resurslarini tahlili hamda ular uchun maxsus masofaviy ta’lim tizimini ishlab chiqish, jumladan:

  • maxsus yordamga muhtoj, xususan, imkoniyati cheklangan insonlarni;

  • kompyuter savodxonlikka tayyorlashning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish;

  • ular uchun tayyorlangan maxsus elektron ta’lim resurslarini tahlil etish va amaliyotdagi mavjud ahvolni o’rganish;

  • maxsus maktablarda informatika fani kabinetini jixozlanishi va o’qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligi darajasini aniqlash;

  • elektron ta’lim resurslarini yaratishda milliy ta’lim an’analari va innovatsion pedagogik texnologiyalar tajribalaridan foydalanish;

  • masofaviy ta’lim tizimini yaratishda oila va maxsus maktab hamkorligini ta’minlash;

  • kasb-hunarga tayyorlashda ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash;

  • maxsus maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchilari, maxsus yordamga muhtoj o’quvchilar uchun metodik kompleks ishlab chiqish va pedagogik tavsiyalar tayyorlash hamda ularni masofaviy ta’lim tizimiga joylashtirish.

Ko’zi ojizlar uchun ikki bosqichdan iborat mashg’ulotlarni o’z ichiga olgan kompyuter savodxonligiga oid o’quv kursi tashkil qilinadi. Dastlabki bosqichda har bir imkoniyati cheklangan insonlarni kompyuter bilan to’liq tanishib, Office Word yordamida ishlashni o’zlashtirsa, ikkinchi bosqichda internet tarmog’i, ixtisoslik sohasida qo’llaniladigan hamda virusli fayllardan himoya qiluvchi dasturlardan foydalanishni o’rganadilar.

O’tgan asrning 90-yillarida dunyo ko’zi ojizlari kompyuter mo’jizasidan Jaws ovozli dasturi yordamida bahramand bo’la boshlagan. 2000 yilga kelib uning takomillashgan yangi versiyalari yaratildi. Shuningdek, o’sha davrda Yevropadagi mashhur kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan 20, 40, 80 belgili PackMate, Tigr, Baum, Focuskabi braylcha displeylar, harf va belgilarni qog’ozga bo’rtma shaklda chop etuvchi maxsus printerlarning ommalashishi ko’rish nogironlarining kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirdi.

Keyinchalik jahonda ko’zi ojiz kompyuter mutaxassislari soni ortib borishi natijasida ular orasidan ko’plab dasturchilar yetishib chiqdi.

Jumladan, avstraliyalik Maykl Kuren tomonidan 2005 yili NVDA nomli ekrandagi yozuvlarni o’quvchi maxsus dastur yaratildi. Ushbu dasturning ishlash tezligi ham ancha yuqori. Hozirga qadar NVDA dasturining 10 ga yaqin takomillashgan versiyalari dunyo yuzini ko’rdi. Matnli fayllarni ovozli versiyaga o’tkazuvchiBalabolka, MaksReader dasturlari, Windows4-8 tezkor tizimlari, WindowsXP, Windows7 tizimlarining layf-disklari amaliyotga tatbiq etildi. Shu bilan birga mashhur veb-saytlarda ko’zi ojiz mutaxassislar tomonidan turli mavzularni qamrab olgan bir nechta forumlar tashkil etildi. Vecra-list, Dialog, Home-helps kabi maishiy mavzudagi forum listlar, Tiflokomp, Klango, Ventrilo, Teremok singari ovozli chat xizmatlari fikrimizni tasdiqlaydi. Klango ovozli chat xizmatidan royxatdan o’tgan ko’zi ojiz foydalanuvchilar kompyuterga ulangan mikrofon orqali chatga tashrif buyurgan kishilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo’ladilar. Uni to’liq ishga tushirish uchun JAWS ilovasiga maxsus skriptlarni kiritish lozim. Qulay dasturlardan yana biri Teremok ovozli chatidir. Unga a’zo shaxslar bu yerda joylashgan turli yo’nalishdagi komnata (xona)lardan biriga kirib, mavjud xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Chatdagi ma’lum xonalarda turfa mavzularda suhbatlar, chet tillarini o’rganish imkonini beruvchi masofali darslar, yangi ilovalar, tifloqurilmalar namoyishi o’tkazib turiladi. Hozirda yurtimiz ko’zi ojizlari ham ushbu internet dasturining faol a’zolari hisoblanishadi.

“Gapiruvchi” dasturlardan asosan klaviatura yordamida foydalanilishi bois trenerlar, eng avvalo, o’quvchilarga undagi klavishlarning joylashish o’rni va vazifalarini yod oldirishlari, har bir barmoq o’ziga tegishli bo’lgan tugmani ishga tushirishiga oid qoidalarni puxta o’rgatishlari lozim. Shuningdek, ular ko’zi ojizlarning kompyuterga oid bilimlarni o’zlashtirish imkoniyatlariga mos tarzda dars rejalarini ishlab chiqishlari, o’quvchilarning topshiriqlarni mustaqil bajarish jarayonini nazorat qilib borishlari zarur. Eslatish joizki, bunda har bir mashg’ulot ikki soatdan oshmasligi talab etiladi. Bundan tashqari, saboqlar jarayonida kompyuterga xos xususiyatlarni ko’zi ojizlar tasavvur qila oladigan elementlar bilan bog’liq holda o’rgatish ijobiy natija beradi. Masalan, kompyuterdagi papka va fayllarning bir-biridan farqlanishini tushuntirish uchun tinglovchiga bir nechta qismlardan tarkib topgan elektron ko’rinishdagi papka turfa xil predmetlar joylanadigan, fayl esa faqat bir turdagi buyumlar saqlanadigan odatdagi sumkalarga o’xshash ekani uqtiriladi.

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan mahsus kurslar bo’lib, mazkur o’quv kurslari Windows XP operatsion tizimida Jaws dasturi yordamida faoliyat ko’rsatadi. Mashg’ulot jarayonida talabalar Jaws dasturining imkoniyatlarini to’liq o’zlashtiribgina qolmay, uni ixtiyoriy kompyuterga muammosiz o’rnatish malakasiga ham ega bo’ladilar. Ko’zi ojizlar audio va videofayllarni yozib, qayta ishlay oladilar.

Ularda skaner qurilmasi yordamida kitob, gazeta va jurnaldagi ma’lumotlarni kompyuterga yuklab olib, Jaws dasturi yordamida eshitish, turli hajmdagi matnlarni yozish, tahrir qilish, bezash, printerda qog’ozga chop etish imkoni mavjud.

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun Max Reader dasturi orqali elektron matnlarni audioformatga o’tkazadilar, Megic Goody va PROMT tarjima dasturlari bilan ham ishlaydilar, Nero dasturida kompakt-disklarga turli ma’lumotlarni muhrlab, ularni ko’paytiradilar, elektron manzil orqali aloqada bo’la oladilar. O’zbekistonda nashr etilgan axborot texnologiyalariga oid kitoblar, yangilangan tiflodasturlar, elektron matnlar, audio va videodarsliklar ishlab chiqiluvchi Jaws dasturiga oid skriptlar paketidan ham foydalanamiz. Ma’lumki, Jaws barcha dasturlar uchun to’liq skriptlanmagan. Ya’ni ba’zi dasturlar jarayonini o’qishi uchun aniq buyruq berishga xizmat qiluvchi skriptlar qoyilmagan. Shu tufayli Jaws ularda ishlamaydi. Yuqorida aytilgan paket o’rnatilgach, Jaws Odnoklassniki, Ventrilo, Mail Agent, Adobe Audition, Download Master, Skype, The Bat kabi Veb-saytlar va 30 dan ortiq dasturlar faollashgan vaqtda ham gapiradigan bo’ldiki, bu qulaylik ko’zi ojizlar uchun ajoyib yangilikdir.

Jaws dasturining to’liq skriptlanmagani tabiiy hol, albatta. Chunki kompyuter uchun millionlab mukammal dasturlar mavjud. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Jaws skriptlarining ko’payishi natijasida dastur hajmi kattalashadi. Bu holat dasturning ish sifatiga salbiy ta’sir etadi. Har bir foydalanuvchi o’ziga kerakli qo’shimcha dasturlarnigina ishlatadi. Demak, faqat o’sha dasturlar skriptlarini topib, Jaws dasturiga kiritadi. U kerakli skriptlar matnini dasturga yozib kompilyatsiya qiladi (ulaydi). Matnlar ingliz tilida yozilishi shart.

So’nggi o’n yil mobaynida internet saytlarida ko’zi ojizlar uchun turli mavzularni yorituvchi ko’plab forum-listlar tashkil etildi. Masalan, Google saytida sozandalar uchun “ovozli universitet” forum-listi faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Mazkur listdan asosan kompyuterda musiqa yaratuvchi ko’rish boyicha nogironlar unumli foydalanadilar. Undan musiqa, notalashtirishning midi tizimi, audio fayllar yaratish uchun mo’ljallangan dasturlar va boshqa qator mavzular o’rin olgan.

Ventrilo ko’zi ojizlar uchun ovozli chatlar sayti hisoblanadi. Veb-saytda audio fayllarni yozish, ularni bezash, qayta ishlashga mo’ljallangan Adobe Audition dasturi mabjud.

Ko’rish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar faoliyatida, ayniqsa, Tiflocomp saytidagi “Ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchilar uchun mo’ljallangan axborot texnologiyalarining oltin diskussion listi” forumi diqqatga sazovordir. Kompyuter internet tarmog’iga ulangan imkoniyati cheklanganlar ushbu list vositasida elektron manzil orqali boshqa foydalanuvchilar bilan savol-javob qila oladilar.

Bunday muloqot orqali ko’zi ojizlar uchun kompyuterdan foydalanish bilan bog’liq kundalik muammolarning ijobiy yechim topishiga xizmat qiluvchi “Oltin” imkoniyat yuzaga keladi. Spaces saytiga kompyuter va uyali aloqa vositalari uchun 211 000 dan ziyod dastur, oyin, turli matnli fayllar hamda minglab elektron kitoblar kiritilgan. Jaws dasturida kirill hamda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida qayd etilgan matnlarni o’qishga mo’ljallangan nutq sintezatori mavjud emas.

Jaws dasturining o’zbek tilidagi talqinini ishlab chiqishni talab etmaydi. Chunki Windows operatsion tizimiga oid tillar royxatida har ikkala yozuvdagi o’zbekcha shrift mavjud.

Imkoniyati cheklanganlar uchun ovozli dasturlar turkumini ko’rib chiqamiz:


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling