Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


Imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan dasturiy vosetalar


Download 1.23 Mb.
bet25/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Indivial loyha

2.3 Imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan dasturiy vosetalar.

Keyingi yillarda ta’lim tizimida, jumladan, maxsus maktablarda maxsus yordamga muhtoj imkoniyati cheklangan insonlar o’qishga, mehnat va kasb-hunarga tayyorlash yuzasidan to’plangan tajribalarni o’rganish hamda tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qish, mehnat va kasb-hunar ta’limi mazmunini takomillashtirishda O’zbekistonning mahalliy va etnografik sharoitlari, ushbu insonlarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlari va ularning qiziqishlari hisobga olinmaganligi; maxsus maktablarda ta’lim boyicha ilmiy-nazariy, metodik va elektron ta’lim resurslarining yetarli darajada emasligi kabilar maxsus yordamga muhtoj imkoniyati cheklangan insonlarda ta’lim va mehnat qadriyatlari va kasb-hunar haqida chuqur bilim, malaka va ko’nikmalarning yetishmasligiga olib keldi.

Maxsus yordamga muhtoj imkoniyati cheklangan insonlarni o’qishga qiziqtirish ularni kompyuter savodxonligini oshirish hamda ular uchun maxsus masofaviy ta’lim kurslarini yaratish muammolari hozirda dolzarb bo’lib kelmoqda.

Ta’lim islohotining hozirgi bosqichida o’qitishning zamonaviy texnologiyasi - masofadan o’qitish tizimi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.



  • Birinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalarining dasturlarini ishlab chiqish rivojlandi.

  • Ikkinchidan, o’quvchilarni tayyorlashga majbur etuvchi mehnat resurslari soni ortdi.

  • Uchinchidan, ta’limni takomillashtirish va isloh qilishga bo’lgan ehtiyoj ortdi.

Ta’limni o’quvchilar ehtiyoji va aniq imkoniyatlariga ko’ra tashkil etish uchun sharoit yaratildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda maxsus maktablarda maxsus yordamga muhtoj imkoniyati cheklangan insonlarni o’qitishda ta’lim texnologiyalari o’zgartirilmasa, u holda ularning bilim zaxirasi va qanday malakaga ega bo’lishini tasavvur qilish mumkin.

O’quvchilar odatdagi texnologiyalarga qaraganda axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida bilimlarni 40-60 foizgacha tez va qisqa muddatda o’zlashtiradi.

Imkoniyati cheklangan insonlarning foydalanuvchi Fredom Scientific kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Jaws for Windows dasturi mavjud ovozli dasturiy ta’minot kо’zi ojiz va zaif kо’ruvchilar va imkoniyati cheklangan insonlarning Windows operatsion sistemasi imkoniyatlaridan foydalanishlarida qulayligi bilan ajralib turadi.






Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling