Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


Download 1.23 Mb.
bet26/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Indivial loyha

2.3 2 rasm. JAWS dasturi.

Ko’zi ojizlar uchun ekran yordamchilari orasida birinchi bo’lib JAWS ta’sis etilgan. Ushbu dastur 1978-yilda yo’l transport hodisasi tufayli ko’z nuridan ajragan sobiq motosiklchi Ted Henter tomonidan 1989-yilda chiqarilgan. Dastur dastlab, MS-DOS operatsion tizimi uchun yaratilgan bo’lib 1995-yil yanvar oyida Windows tizimi uchun 1.0 versiyasi e’lon qilingan. Shundan buyon har yili dasturning takomillashtirilgan yangi versiyalari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda ushbu dasturning so’nggi versiyasi 2019-yil aprel oyi holatiga ko’ra “JAWS 2019.1903.47” bo’lib turibdi. Rasmiy sayti: freedomscientific.com

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan insonlar uchun mo’ljallangan NVDA dasturi ham mavjud. NVDA inglizchadan (NonVisual Desktop Access) so’zlarining qisqartmasi bo’lib, 2006-yil Maykl Curran tomonidan ishlab chiqilgan. Maykl Curran Microsoft SAPI bilan Python ekran diktorini nutq vositasi sifatida ishlab chiqishga kirishdi. Asosiy maqsad – turli tijoriy yo’llar bilan taklif etiluvchi ekran diktorlari o’rnini bosa oladigan bepul dastr yaratish bo’lgan. 2006-yil oxiriga kelib muallif o’zining NVDA (NonVisual Desktop Access) loyihasini e’lon qiladi va kelasi yil 0.5 versiyasini taqdim etadi. Shundan so’ng yildan yilga dastur barqaror o’sishda davom etib imkoniyatlari oshirib borildi. Bugungi kunda NVDA barcha operatsion tizimlarni qo’llab-quvvatlaydi va JAWS ning asosiy kuchli raqobatchisiga aylandi. 2019-yilning Aprel oyi holatiga ko’ra dasturning so’nggi versiyasi – “NVDA 2019.1”. Sayt: nvda.ru

Ikki dasturiy ta’minotning ham maqsadi bir - ya’ni ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi kishilar uchun kompyuterdan foydalanishda yordamchi bo’lib hizmat qiladi.

JAWS rasmiy saytida demo versiyasini taqdim etadi. Demo versiyasida dastur kompyuterni har gal qayta ishga tushirilganda 40 minutgacha ishlaydi va to’liq ishlashi uchun litsenziya sotib olish kerakligini ogohlantiradi. Anglaganingizdek, JAWS pullik hisoblanadi. Dastur hajmi yangi versiyalarida 500 mb dan oshadi.

NVDA dasturini esa rasmiy saytidan bepul yuklash mumkin, hajmi 20 mb dan biroz oshadi. Dasturni qulay ishlashi uchun qo’shimcha nutq sintezatorlarini mustaqil ravishda o’rnatish, NVDA ning asosiy xususiyatlarini kengaytirish kerak.

Dasturni o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha NVDA qulay. Nega deganda, ushbu dasturni bir marta o’rnatib, barcha komponentlarni alohida o’rnatgandan so’ng uning portativ versiyasini yaratib olish mumkin. Portative versiya yordamida dasturni UCB kartalarga yuklab boshqa kompyuterga o’rnatmagan holda ham foydalansa bo’ladi. JAWS esa har safar undan foydalanish uchun konfiguratsiyani to’liq o’rnatishni talab qiladi.

Internet uchun afzalliklar: har ikki dastur internetning barcha mashhur browzerlar bilan munosabatga kirisha oladi. Bu yo’nalishda JAWS imkoniyatlari biroz ko’proq, chunki ushbu dastur yordamida sichqoncha kursori bilan yaxshi ishlash mumkin, birgina “F”6 va “F”7 tugmalari orqali sahifadagi sarlavhalar va linklarni ajratib olib tanishish mumkin.

Elektron ma’lumotlardagi Hujjat nomlari, sarlavhalar, tasvirlar, xatcho’plar, jadvallar, shakllar, ro’yxatlar va havolalar kabi turli xil elementlarni ovozlashtirishda NVDA ancha ilgarilab ketgan. Kursor hujjatning nechanchi qatorida, nechanchi sahifasida, qaysi yecheykasida turgani kabi kichik detallarni shu dastur yaxshiroq tanishtiradi.

Xulosa.

Men bu loyixa ishinsh tayorlash davomida shuni angladimke imkoniyati cheklanganlarga talabalarga sharaoitlar yaratib ularga qulay tarizda bilim ollishi kerak. Imkoniyati cheklanlarga talabalarga, Masofaviy talim barcha javxalarda juda yaxshi imkoniyat beribgina kolmaya imkoniyati cheklangan o’quvchilarga talim tizimida yanada osonrok o’kish imkonini berdi. Shu sababli o’kish imkoniyatlari xam va boxolash tizimlari xam keskin uzgarib bormokda o’kuvchi yoshlarni olayotgan bilimlarini tugri boxolash ularni nazorat kilish xamda o’kuvchilarni saviyasini bilimlarni tugri boxolashga karatilyotgan barcha zarur shart-shariotlar yaratilmokda. Xozirgi kunda talim soxasda olib borilayotgan yangi innovatson tizimlar nakadar muxum ishlar olib borilayotgani yolgon emas. Imkoniyati cheklangan yoshlarga yaratilayotgan bugungi kundagi istuvor talim tizimlari bilim olishning yangidan-yangi usularini o’zlashtirishga va ularni bilimini oshishiga kerakli sharoitlarni yaratib beraylik va imkoniyati cheklanganlarni qulab quvatlaylik.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling