Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


Imkoniyati cheklangan insonlar uchun chiqarilgan dasturiy va texnik vositalarning roli va ahamiyati


Download 1.23 Mb.
bet22/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Indivial loyha

2.2 Imkoniyati cheklangan insonlar uchun chiqarilgan dasturiy va texnik vositalarning roli va ahamiyati

Shuningdek, о’sha davrda Yevropadagi mashhur kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan 20, 40, 80 belgili PackMate, Tigr, Baum, Focus kabi braylcha displeylar, harf va belgilarni qog’ozga bо’rtma shaklda chop etuvchi maxsus printerlarning ommalashishi kо’rish nogironlarining kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirdi. Keyinchalik jahonda kо’zi ojiz kompyuter mutaxassislari soni ortib borishi natijasida ular orasidan kо’plab dasturchilar yetishib chiqdi. Jumladan, avstraliyalik Maykl Kuren tomonidan 2005 yili NVDA nomli ekrandagi yozuvlarni о’quvchi maxsus dastur yaratildi. Ushbu dasturning ishlash tezligi ham ancha yuqori. Hozirga qadar NVDA dasturining 10 ga yaqin takomillashgan versiyalari dunyo yuzini kо’rdi. Nafaqat Yevropa, balki MDH davlatlarida yashovchi kо’zi ojizlar ham uning xizmatidan samarali foydalanib kelmoqda. Qayd etish kerakki, sо’nggi 10 yil davomida dunyoda kо’zi ojiz kompyuter ixlosmandlari uchun kо’plab tiflodastur va qurilmalar, maxsus operatsion tizim ishlanmalari joriy qilindi. Xususan, matnli fayllarni ovozli versiyaga о’tkazuvchi Balabolka, MaksReader dasturlari, Windows 4-8 tezkor tizimlari, Windows XP, Windows 7 tizimlarining layf-disklari amaliyotga tatbiq etildi. Shu bilan birga mashhur veb-saytlarda kо’zi ojiz mutaxassislar tomonidan turli mavzularni qamrab olgan bir nechta forumlar tashkil etildi. Vecra-list, Dialog, Home-helps kabi maishiy mavzudagi forum listlar, Tiflokomp, Klango, Ventrilo, Teremok singari ovozli chat xizmatlari fikrimizni tasdiqlaydi. Ularning ayrimlari haqida tо’xtaladigan bо’lsak, Klango ovozli chat xizmatidan rо’yxatdan о’tgan kо’zi ojiz foydalanuvchilar kompyuterga ulangan mikrofon orqali chatga tashrif buyurgan kishilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bо’ladilar. Uni tо’liq ishga tushirish uchun JAWS ilovasiga maxsus skriptlarni kiritish lozim. Qulay dasturlardan yana biri Teremok ovozli chatidir. Unga a’zo shaxslar bu yerda joylashgan turli yо’nalishdagi komnata (xona)lardan biriga kirib, mavjud xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Chatdagi ma’lum xonalarda turfa mavzularda suhbatlar, chet tillarini о’rganish imkonini beruvchi masofali darslar, yangi ilovalar, tifloqurilmalar namoyishi о’tkazib turiladi. Hozirda yurtimiz kо’zi ojizlari ham ushbu internet dasturining faol a’zolari hisoblanishadi.

Imkoniyati cheklangan insonlar ta’limi tizimida kо’p tarmoqli tifloaxborot markazini tashkil etish, kо’zi ojizlar uchun maxsus saytlar ochish, joylardagi о’quv kurslari faoliyatini takomillashtirish barobarida trenerlar mehnatini doimiy ravishda moddiy jihatdan qо’llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikni yо’lga qо’yish asnosida “gapiruvchi” kompyuter dasturlarining о’zbek tilidagi varianti yaratilishiga erishish shular jumlasidandir.

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun chiqarilgan dasturiy va texnik vositalarining ba’zilari bilan tanishtiramiz.






Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling