Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


II BOB. IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARNING TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA AXBOROT -KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARDAN


Download 1.23 Mb.
bet21/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Indivial loyha

II BOB. IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLARNING TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA AXBOROT -KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARDAN

FOYDALANISH

2.1 Imkoniyati cheklangan insonlarning ta’limni tashkil etishda AKT vositalardan foydalanish jarayoni

BMT ma’lumotlariga kо’ra yer yuzida nogironlarning soni qariyb 1 milliardni tashkil etadi. Ularning taxminan 80 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Kо’plab davlatlarda nogironlar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish, jamoat transportida yurish, ayniqsa, ishga joylashishda muammolarga duch kelishadi.

Mamlakatimizda nogironlarning huquq va manfaatlarini kо’zlab, 2008 yil 11 iyulda «О’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tо’g’risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilingani, 2009 yil 27 fevralda BMTning «Nogironlar huquqlari tо’g’risida»gi konvensiyasi, 2011 yil 30 mayda Prezidentimizning «2011 — 2015-yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bо’yicha qо’shimcha chora-tadbirlar tо’g’risida»gi qarori hamda hukumatimizning qator qa­ror­lari imzolangani yuqoridagi­ fikrimizni tasdiqlaydi. Hisob-kitoblarga kо’ra hozir mamlakatimizda 600 mingga yaqin nogiron bor, ularning 100 mingga yaqini 16 yoshgacha bо’lgan bolalardir.­ Kо’pchiligi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida istiqomat qiladi. Ularning orasida bog’cha, maktab, litsey va kollejlar­ga qatnay olmaydiganlari, ya’ni ta’lim olishga layoqatsizlari ham bor. Bunga imkoniyati yetadiganlarini о’qitish kerak. Ular kelajakda qiynalmasligi uchun ham ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar о’rganishi lozim. Qonunchiligimizda 12 yillik ta’lim majburiy va bepul etib belgilangani nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar tomonidan О’zbekistonning ta’lim olish huquqini ta’minlash sohasidagi eng katta yutug’i sifatida e’tirof etib keli­nadi. О’rganishlar shuni kо’r­satmoqdaki, nogiron bolalarni maktabgacha ta’lim muas­sasalari, umumta’lim maktablariga qamrab olishda muam­mo deyarli yо’q, borlarini ham yо’l-yо’lakay hal qilsa bо’ladi. Ularning litsey, kollej va oliy о’quv yurtlarida о’qishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berish esa kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri bо’lib turibdi.

О’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida imkoniyati cheklangan, shu jumladan, eshitish qobiliyati past, kar, kо’r, zaif kо’ruvchi, turli darajadagi aqli zaif, umumiy kasalliklar bilan kasallangan nogiron hamda oyoq-qо’lida nuqsoni bor bolalar о’qitilayapti. О’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ma’lumotlariga kо’ra hozir akademik litseylarda 419, kasb-hunar kollejlarida 3576 nafar nogiron yigit-qiz qamrab olingan bо’lib, ular eshitish qobiliyati past va kar, kо’r va zaif kо’ruvchi, boshqa kasalliklar bilan kasallanganlar, aqli zaiflardir.

Imkoniyati cheklangan bolalarni о’qitishda muammolar ham yо’q emas. Masalan, bugun nogiron bolalar­ning oz qismi, ya’ni yuqorida ta’kidlaganimizdek, о’zini о’zi eplay oladiganlarigina kollej va litseylarda о’qiyapti. Hozir obektiv sabablarga kо’ra og’ir kasal, jumladan, aravachada yuradiganlarning aksariyati inklyuziv­ ta’lim ololmayapti. Umuman, nogironlarni о’qitish uchun ta’lim muassasalarini avva­lo zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash kerak. Chunki­ nogiron bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlari binolarda maxsus infratuzilma bо’lishini, joylar­ning alohida jihozlanishini talab etadi.

Pedagoglar maxsus psixo­logiya va korreksion pedagogika asoslarini, sog’lom bolalar bilan birgalikda о’qitishning texnologiya va maxsus metodlarini о’zlashtirishmagan. Zaif kо’ruvchi va eshitish qobiliyati past yoshlarga kasbiy ta’lim berish uchun qо’shimcha maxsus jihozlar, didaktik vositalar talab etiladi. Masalan, kо’r bolalar uchun brayl displeyli kompyuterlar, «gapiruvchi» va bо’rtma nuqtali darslik va daftarlar, kattalashtiruvchi moslamalar kerak. Bundan tashqari, dars­lar tiflopedagog, surdopedagog va tibbiy xodimlar ishtirokida olib borilishi lozim. Imkoniyati cheklangan­ yoshlarga kasbiy ta’lim berishning masofali shakllarini rivojlantirish zarur. Pedagoglar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini inklyuziv ta’lim talablaridan kelib chiqib, qayta kо’rib chiqish va takomillashtirish kerak. Umuman olganda, ommaviy inklyuziv kasbiy ta’limga о’tish davlat va jamiyatning vaqtinchalik emas, balki birgalikdagi izchil xatti-harakatlarini, jumladan, ilg’or xorijiy tajribani mahalliy sharoitga moslashtirishni taqozo etadi.

Nogiron bolalar va yoshlarga inklyuziv kasbiy ta’lim berish kо’lamini kengaytirish va rivojlantirish uchun Milliy harakat rejasi­ ishlab chiqilsa, unda umum­insoniy qadriyat va xalqaro konvensiyalar normalariga muvofiq inklyuziv ta’limning muvaffaqiyatini ta’minlovchi barcha jihatlar qamrab olinsa, maqsadga muvofiq bо’ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi qarori bilan «Oliy ta’lim muassasalarining bakalav­riatiga talabalarni qabul qilish tartibi tо’g’risida»gi nizom tasdiqlangan. Unda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat hamda magistratura bosqichlariga kо’zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish tartibi belgilangan bо’lib, unga kо’ra kirish im­tihonlarini о’tkazuvchi komissiya tarkibiga kо’zi ojizlar yoki nogironlar jamiyatining vakili kiritiladi. Qabul komissiyalari kо’zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari fanlari­ bо’yicha maxsus tuzilgan jad­valga binoan maslahatlar tashkil etadi. Qabul komissiyalari tomonidan kirish imtihonlari 26 iyulga qadar о’tkaziladi. Sinovlardan muvaffaqiyatli о’tgan abituriyentlar davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda qabul komissiyasi majlisining bayoni va rektorning buyrug’i bilan tanlovsiz davlat grantlari asosida о’qishga qabul qilinadilar.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi «Oliy о’quv yurtlarida tо’lov-kontrakt asosida о’qish uchun ta’lim kreditlari berish tо’g’risida»gi qaroriga asosan bank muassasalari tо’lov-kontrakt asosida о’qiyotgan talabalarga­ berayotgan «ta’lim kredit»­lari judayam qulay va samarali hisoblanadi.

«Oliy ta’lim muassasalari talabalarining stipendiyalari miqdori tо’g’risida»gi tartibga muvofiq kar-soqov va kо’r talabalarga о’rnatilgan miqdordan 50 foiz kо’p stipendiya berish kо’zda tutilgan.

Imkoniyati cheklanganlar huquqlarini himoya qilish, xizmat kо’rsatish uchun kо’maklashadigan “Surdo online Uzbekistan” dasturi amaliyotda sinab kо’rilmoqda. Mazkur dastur hozircha faqat rus tilida ishlaydi. Bunda murojaat qiluvchi planshet orqali о’z istagini bildiradi. Onlayn tarjimon uning xohish-istaklarini tarjima qilib beradi. 2019 yil davomida mazkur dasturning о’zbekcha va inglizcha shaklini ham joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Kо’zi ojiz yoshlarning о’quv faoliyatiga maxsus axborot texnologiyalarini tatbiq etish davr talabi, hozirgi vaqtda mamlakatimizda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan kо’zi ojiz yoshlarning о’quv jarayoni va ish faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish borasida tahsinga loyiq tadbirlar amalga oshirilayotgani alohida ahamiyatga molikdir. Bu yо’nalishga doir xayrli ishlarning Fredom Scientific kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Jaws for Windows dasturi asosida olib borilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etishimiz joiz. Chunki mazkur ovozli dasturiy ta’minot kо’zi ojiz va zaif kо’ruvchilarning Windows operatsion sistemasi imkoniyatlaridan foydalanishlarida qulayligi bilan ajralib turadi.

Bu turdagi dasturiy ta’minotdan nafaqat kо’zi ojiz о’quvchi va talabalar, balki eshitish imkoniyatiga ega bо’lgan barcha shaxslar samarali foydalanishi mumkin.

Endilikda maxsus ta’lim muassasalarida kо’zi ojiz о’quvchilarga informatika asoslaridan bilim berish ishi ham tubdan jonlanmoqda. Lotin yozuviga asoslangan bо’rtma nuqtali о’zbek alifbosi kо’zi ojiz bolalar internat-maktablarida о’zining tо’la tatbig’ini topdi. Biroq mazkur sohada isloh etilishi lozim bо’lgan qator masalalar kо’zga tashlanmoqda.

Kо’rish nuqsoni bо’lgan kishilarning kompyuter texnologiyalari bilan muloqotidagi texnik imkoniyatlar uchun qulay dasturiy ta’minotlar yaratish borasida olib borilayotgan sо’nggi izlanishlar natijasida, о’tgan asrning 90-yillarida dunyo kо’zi ojizlari kompyuter mо’jizasidan Javs ovozli dasturi yordamida bahramand bо’la boshlagan. 2000 yilga kelib uning takomillashgan yangi versiyalari yaratildi.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling