Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


Download 1.23 Mb.
bet5/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Indivial loyha

Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bulgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

2. Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalarining (keyingi o‘rinlarda qo‘shimcha kvota deb ataladi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti oliy ta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilib, bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar orqali har yili. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi tegishli qarori qabul qilinganidan so‘ng ikki haxta muddatda. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda davlat komissiyasi deb ataladi) taqdim etiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha kvotalarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti ikki hafta muddatda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.



3. Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida o‘qishga qabul qilish toifasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatga hamda I va II guruh nogironligi to‘g‘risida belgilangan tartibda berilgan shakldagi ma’lumotnomaga ega I va II guruh nogironlari, shuningdek nogiron bolalar (keyingi o‘rinlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar deb ataladi) kiradi.

4. Oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan bino va auditoriyalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

5. Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida o‘qishga qabul qilish kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.

6. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar asosida qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan mazkur ta’lim yo‘nalishida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi.

7. Oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovada belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

8. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling