Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


-rasm. Ko'rish imkoniyati cheklanganlar uchun yangi mobil telefon yangi mobil telefondan foydalanish sxema ko'rinishi


Download 1.23 Mb.
bet9/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Indivial loyha

2-rasm. Ko'rish imkoniyati cheklanganlar uchun yangi mobil telefon yangi mobil telefondan foydalanish sxema ko'rinishi

Imkoniyati cheklangan yoshlarning ta’lim olishi uchun qanday sharoitlar yaratilgan


O‘zbekistonda oliy ta’lim hali ham kirish imtihonlarida qattiq raqobatga dosh bera oladigan tanlangan imtiyozli kamchilik qatlami uchun mavjud. Ushbu vaziyat oliy ta’lim muassasalarining soni kamligi va oliy ta’limga bo‘lgan yuqori talab sababli saqlanib qolmoqda, O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan aholi soni 60%ni tashkil etadi. O‘tgan yili O‘zbekistonning 60ta milliy universitetlari va ularning 19ta filiallari uchun hujjat qabul qilish haqida e’lon berildi. Shu bilan bir vaqtda hukumat 80,965 talaba kvotasini qabul qildi. Bu yili bir talaba o‘rni uchun o‘rtacha 8 kishi raqobatlashgan, ba’zi viloyatlarda esa tanlov 1 joyga 20 kishidan ham ziyodroq bo‘lgan. Masalan, Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tgan yili rekord natija qayd qilindi, bir o‘ringa 23,2ta da’vogar.

2017 yili 1 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Prezidentining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida nogironligi bor shaxslar uchun imtiyozlar taqdim etilishi chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan. Ya’ni davlat hammaga teng sharoitlar yaratilishi qoidasidan chetga chiqib pozitiv diskriminatsiya chorasini qo‘llamoqda, ya’ni nogironlik, irq, jins faktorlari bo‘yicha kamchilikni tashkil etuvchi qatlamga maxsus imtiyozlar taqdim etmoqda. 2018−2019 o‘quv yilidan boshlab I va II guruh nogironligi bor shaxslarga abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining ikki foizli qo‘shimcha kvotasi kiritildi. Kirish imtihonlarida nogironligi bor abituriyentlar uchun o‘tish ballari 56,7 ballgacha (maksimal ballning 30 foizi — 189 ball) kamaytirildi va tegishli ballni qo‘lga kiritganlar davlat grantlari asosida byudjet joylariga o‘qishga qabul qilindilar.

Berilgan imtiyozlarga qaramay, faqatgina 996 nafar nogironligi bor abituriyent qo‘shimcha kvotalarga o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi, bu 2018 yildagi tasdiqlangan umumiy qabul kvotasining 1,4 foizini tashkil etadi. Kirish imtihonlariga kiritilgan nogironligi bor shaxslarning umumiy soni bo‘yicha ma’lumotlar yetishmasligi tufayli kvota bo‘yicha ajratilgan joylar nogironligi bor abituriyentlar soni kamligi sababli to‘liq to‘lmagan deb taxmin qilish mumkin.

Ehtimol, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishni istaganlar ko‘pchilikni tashkil etadi, ammo ularning hammasi ham kirish imtihonlarida kerakli ballar sonini to‘play olmaganlar, bu ularning imtihonlarga tayyorlanish darajalari past ekanligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nogironligi bor shaxslarni oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish tartibiga ko‘ra, o‘rta ta’lim (11-sinf asosida), akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini bitirganlik haqidagi hujjatga ega bo‘lish yetarli. Amalda esa, shahodatnoma yoki diplom mavjudligi har doim ham yuqori darajadagi bilim va o‘rta ta’lim sifatini kafolatlamaydi. Joriy yilning 10-iyul kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2019-yil o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirgan ishlari va istiqboldagi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita tomonidan mamlakatda imkoniyati cheklangan yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati o‘rganilib, ushbu yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborildi. O‘rganish jarayonida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan talabi yuqoriligi sababli ayrim maktab-internatlarda belgilangan me’yordan ortiq o‘quvchilar qabul qilinayotganligi kuzatildi. Birgina, Toshkent shahridagi ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatini misol keltiradigan bo‘lsak, ushbu muassasa 220 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bugungi kunda 350 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda.

Ko‘zi ojiz yoshlarni yozish moslamasi bilan ta’minlash ishlari ham tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Bunday moslamalar homiylik asosida chet eldan (asosan, Janubiy Koreya, Germaniya va Rossiya) keltirilishi sababli muassasani tamomlagan o‘quvchi ushbu moslamalarni qoldirib ketishga majbur bo‘lmoqda. Oliy ta’lim muassasasida bunday moslamalar bilan talabalarni ta’minlash ishlari e’tiborga olinmaganligi oqibatida, o‘qishga qabul qilingan talaba bunday muammo bilan takroran to‘qnash kelmoqda. Aksariyat o‘quv binolarida va talabalar turar joylarida imkoniyati cheklangan talabalarning erkin harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagan.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling