Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


Oqilona qulayliklar yo‘qligi


Download 1.23 Mb.
bet12/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Indivial loyha

Oqilona qulayliklar yo‘qligi

BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga muvofiq, nogironligi bor shaxslar uchun oqilona qulayliklarni ta’minlamaslik nogironlik asosida kamsitishning bir shakli hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish jarayonida nogironligi bor talabalarni oqilona qulayliklar bilan ta’minlash alohida ahamiyatga ega.

Eshitish qobiliyati cheklangan talaba uchun seminarlar va ma’ruzalar vaqtida imo-ishora tilida tarjima bilan ta’minlash ular uchun oqilona qulaylikni yaratadi. Bu yerda muammo shundaki, surdo tarjimasiz, kar va zaif eshituvchi talabalar o‘quv materiallarni o‘rganishda, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shunday qilib, o‘quv rejasi murakkablashsa, sensor nuqsonli talabalar boshqa talabalarga nisbatan orqada qoladilar va bu ularning o‘zlashtirish va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida ishlatiladigan professional surdo tarjima va kundalik jarayonida ishlatiladigan imo-ishora tili o‘rtasida katta farq bor. Masalan, chiziqli algebra bo‘yicha ma’ruzani tarjima qilish uchun surdo tarjimon nafaqat tegishli bilimlar bazasiga ega bo‘lishi kerak, balki imo-ishora tilida kasbga oid terminlar yoki ta’riflarni qanday yetkazish kerakligini oldindan bilishi lozim. Yana bir muammo — imo-ishora tilni yaxshi biladigan tarjimonlar va surdopedagoglarni munosib ish haqi bilan ta’minlash. Oliy ta’lim muassasalarida surdo tarjimani tashkil qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni o‘z zimmasiga kim olishi kerak — eshitish qobiliyati cheklangan talabami, oliy ta’lim muassasasimi yoki davlatmi?



Bundan tashqari, zaif eshituvchi va koxlear implantlardan foydalanadigan talabalar uchun auditoriyalarni induksion ilgak (induction/hearing loop) — induksiya katushkasi rejimida ishlaydigan quloq eshitish apparatlariga uzatish antennasi bilan jihozlash zarur. Oddiy so‘z bilan aytganda, ushbu qurilma ovozli signallarni elektromagnit signaliga aylantirib quloq eshitish apparatiga shovqinsiz yetkazib beradi agarda eshitish apparatida «telekatushka» rejimi yoki «T» (T setting) yoqilgan bo‘lsa. Bunday imkoniyat quloq eshitish apparatlarining deyarli hammasida mavjud. Biroq, ko‘p hollarda, hatto eshitish qobiliyati cheklangan kishilar ham, ko‘plab davlat muassasalarida induksion ilgak yo‘qligi tufayli, eshitish apparatlarining bunday foydali funksiyasi haqida yaxshi bilishmaydi.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling