Telekommunikatsiya texnoloiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti


Universitetdagi nogironligi bor shaxslar uchun kerakli sharoitlar


Download 1.23 Mb.
bet11/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#210993
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Indivial loyha

Universitetdagi nogironligi bor shaxslar uchun kerakli sharoitlar

2018 yil 2 iyunda qabul qilingan nogironligi bor shaxslarni oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish tartibi bo‘yicha o‘z qoshida oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarga, shuningdek, to‘g‘ridan-to’g’ri oliy ta’lim muassasalariga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda «nogironligi bor shaxslar ta’lim oladigan va ular uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladigan sinflar va binolarda zarur shart-sharoitlar yaratish uchun choralar ko‘rish» zarur edi.

2011 yilda BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Hozirda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) bilan birgalikda Toshkent shahridagi bino va inshootlarni nogironligi bor shaxslar uchun qanchalik qulayligi to‘g‘risida qo‘llanma ishlab chiqdi. Qo‘llanma shahardagi 300dan ortiq bino va inshootlarning, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarning ham qulay sharoit yaratish bo‘yicha imkoniyatlarini namoyish etadi. Qo‘llanmada ostonasiz kirish, zinapoyalar, panduslar, liftlar, nogironligi bor shaxslar uchun maxsus jamoat xojatxonalari, shuningdek, eshiklar kengligi va boshqa qulayliklar mavjudligi hisobga olingan.

Qo‘llanmada 21 oliy o‘quv ta’lim muassasasi o‘rganilgan, ulardan uchtasi chet el oliy o‘quv yurtlari filiali, ikkita milliy tibbiyot akademiyasi va Toshkent islom universiteti to‘liq talabga javob berishi ko‘rsatilgan. Paradoks shundan iboratki, chet el oliy o‘quv yurtlari filiallari o‘zlarining ta’lim binolarida qulay sharoitlar bilan ajralib tursa ham, nogironligi bor shaxslar 2% kvota orqali ushbu muassasalarda tahsil ololmaydilar. O‘zbekistondagi chet el oliy o‘quv yurtlari filiallari abituriyentlar orasida o‘z tanlovlarini o‘tkazib kelishadi. Aytish mumkinki, sakkiz yildan keyin ham oliy o‘quv yurtlaridagi nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan qulay sharoitlar sezilarli darajada yaxshi tomonga o‘zgargani yo‘q. Shu bilan birga, «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun barcha davlat muassasa va tashkilotlarini nogironligi bor bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilmaga, transport, aloqa vositalari va axborotdan foydalanishga teng imkoniyatlarni ta’minlashga majbur qiladi. Ushbu talablar bajarilmagan holatlarda, qonunda ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Yuqorida keltirilgan vaziyatdan kelib chiqib oliy o‘quv yurtlari rahbariyati nogironligi bor talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etishni taklif qiladi, masalan, yotoqxonalarning birinchi qavatlaridagi xonalarni o‘qish uchun moslashtiradi. Natijada, jismoniy nogironligi bor talabalar asosiy o‘quv binosida barcha talabalar bilan emas, balki yotoqxonada ham yashashga, ham o‘qishga majbur bo’lishmoqda. Bundan tashqari, rahbariyat taklifiga rozi bo’lmagan va hamma bilan birga o‘qish huquqini himoya qilgan talabalar ham bor, ularning jismoniy nogironligi biroz yengil shaklda bo‘lsada, masalan, qo‘ltiqtayoqdan foydalanadigan yoki serebral paralichi bor talabalar. Ammo jismoniy nogironlikning yanada jiddiy shakliga ega bo’lgan talabalar universitet binolari ularning ehtiyojlari uchun yaroqsizligi sababli o‘z salomatliklari xavfsizligini hisobga olgan holda rahbariyat taklifiga rozi bo’lmaslikdan boshqa ilojlari yo‘q. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pchilik hollarda oliy o‘quv yurtlar rahbariyati liftlarni ta’mirlashni, panduslarni o‘rnatishni rad etishmoqda yoki ortga surishmoqda.

Ko’rinib turibdiki, oliy o‘quv yurtlari nogironligi bor talabalarga qo‘shimcha kvotalar va imtiyozlar beradi, lekin ular oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganlaridan so‘ng, nogironlik asosida asosiy akademik binolarga to‘siqsiz kirishni ta’minlamasdan alohida ta’lim bermoqdalar. Bu nafaqat inklyuziv ta’lim emas, balki talabalarni nogironlik asosida ajratishga kiradi. Oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud to‘siqlar turli xil nogironligi bo’lgan talabalarni kamsitilishiga olib keladi. Barcha sa’y-harakatlar, birinchi navbatda, nogironligi bor talabalarning ayrim guruhlari uchun maxsus sharoitlarni yaratishga emas, balki asosiy binolar va inshootlarga to‘siqsiz kirishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi zarur.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling